Qirgʻizistonda aholining uchdan biri qashshoqlikda kun kechirmoqda

96
0

Qirgʻizistonda aholining uchdan biri qashshoqlikda kun kechirmoqda

Jahon banki maʼlumotiga koʻra, qariyb 2,2 million qirgʻizistonlik kuniga 96 somga kun kechirmoqda. 2020-yilda Qirgʻizistonda qashshoqlik darajasi 25 foizdan oshgan. Aholining yana sakkiz foizi qashshoqlik yoqasida turibdi.
BMTJahon oziq-ovqat dasturi ning eksperti Elizabetta D’Amiko koronavirus pandemiyasi tufayli koʻplab oilalar ish va daromad manbaidan ayrilganini qayd etdi. Uning soʻzlariga koʻra, pandemiya tufayli nafaqat qashshoqlikda yashayotganlari soni koʻpaygan, balki oʻrtadagi farq ham kengaygan. Boshqacha aytganda, avval qashshoqlikda yashagan boʻlsa, hozir batamom qiyinchiliklarga duchor boʻlgan. Shuningdek, kambagʻallar va boylar oʻrtasidagi tafovut kengaydi. Shu sababli, pandemiyadan keyin Qirgʻiziston kabi davlatlar yuki uch barobar koʻpaygan. Birinchidan, qashshoqlik darajasi oshdi, oziq-ovqat xavfsizligi yomonlashmoqda, uchinchidan, toʻgʻri ovqatlanishga eʼtibor berilmayati.
Bunga qadar Statistika qoʻmitasi 2016-2019 yillarda kambagʻal oilalar daromadining 60 foizdan ortiq qismini oziq-ovqatga sarflagan boʻlsa, joriy yilda ularning barcha daromadlari oziq-ovqatdan oshmayotganini maʼlum qilgan edi.
Hozir Qirgʻizistonda ham kapitalistik tuzum tatbiq qilinayotgan sababli kapitalistlar bunday qiyin vaziyatdan imkon qadar koʻproq daromad olishga harakat qilishmoqda. Maʼlumki, mamlakatimizdagi barcha boy kapitalistlar hukumat bilan bogʻliq. Savdo kabi daromadli sohalar mansabdor shaxslarga tegishli yoki ularning qarindoshlari yo yaqin odamlariga qarashli. Ular bu bizneslarini hukumatdagi taʼsirlari bilan himoya qilib kelishadi. Shu sababli oziq-ovqat sohasining har bir tarmogʻi kapitalistlar qoʻlida, boshqacha aytganda, monopoliya qilib olingan. Ular narxlarni oʻzlari xohlagancha belgilashadi va vaziyat ogʻirlashganda koʻproq pul topish uchun narxlarni yanada oshirishmoqda.
Qirgʻiziston “uchinchi dunyo” davlatlaridan biri boʻlgani sababli BMT talablariga muvofiq agrar siyosati olib borishi shart. 2019-yili qishloq xoʻjaligi mamlakat Yalpi ichki mahsulotining 11,7%ni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich yildan-yilga pasayib bormoqda. Masalan, 2013-yilga nisbatan 2,9%g pastlagan. Ammo, qishloq xoʻjaligi ogʻir sanoatsiz rivojlanishi mumkin emas. Buni ogʻir sanoatda yetakchi boʻlgan davlatlarning qishloq xoʻjalik sohasida ham oldinda ekanligidan koʻrishimiz mumkin. Bu davlatlar qurol-yaroq va ogʻir texnikalar ishlab chiqarish bilan birga qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan kombayn, traktor kabi zamonaviy texnikalar ham ishlab chiqaradi. Natijada bunday davlatlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha oldingi safga chiqqan. Ularga nisbatan, “uchinchi dunyo” davlatlari qishloq xoʻjalagi uchun zarur boʻlgan stanok va texnikalarni ishlab chiqara olmagani sababli qishloq xoʻjaligida ham ortda qolgan. Hatto, Qirgʻiziston kabi oʻz fuqarolarini ham asosiy oziq-ovqat bilan taʼminlay olmaydigan holatda. Bundan tashqari, ogʻir sanoatga asoslangan davlatlar qishloq xoʻjaligi sohasiga yiliga milliardlab dollar subsidiyalar ajratadi. Uchinchi dunyo davlatlariga import mollari kirib turishi uchun Jahon savdo tashkiloti tomonidan subsidiyalar ajratishga cheklov qoʻyilgan va oziq-ovqat mahsulotlari uchun bojxona toʻlovlari kamaytirilishi va cheklovlar olib tashlanishi shart. Qirgʻiziston kabi korruptsiyaga botgan hukumatlar bu talablarni ortigʻi bilan bajarishadi. Masalan, JST talablariga muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining stavkasi 12,2% boʻlishi kerak edi, ammo Qirgʻiziston bu stavkani 8,1%ga qadar tushirib berdi. Natijada qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini import qilish yil sayin oʻsib bormoqda.
Shuningdek, mustamlakachilik siyosati sababli bugun biz Rossiya taʼsiri ostidamiz. Iqtisodiy va siyosiy qarorlarimiz Rossiyaga bogʻliq. Rossiya oʻz hukmronligini mustahkamlash uchun turli siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohasidagi tashkilotlar orqali kishanlab olgan. Hozir benzin va dizel yoqilgʻisi narxini oshirish orqali bosim oʻtkazib, oziq-ovqat mahsulotlari narxi yanada oshishi arafasida turipti. Bu zoʻravon mustamlakachilik tufayli hatto, qoʻshni musulmon davlatlari bilan ham ochiq va erkin aloqalar oʻrnata olmaymiz. Oziq-ovqat tanqisligi yoki narxlar koʻtarilishining asl sababchisi bu ustimizda tatbiq qilinayotgan mustamlakachilik siyosati va ularga ittifoqdosh boʻlgan mahalliy amaldor va kapitalistlardir.
Demak, dunyo xuddi Qirgʻiziston kabi kapitalizmning adolatsizligidan azob chekmoqda. Insoniyatni bunday zulmdan faqat olamlar yaratuvchisi Alloh tomonidan nozil qilingan Islom tuzumigina qutqaradi. Chunki, faqat Alloh taologina odamlarning haq-huquqlarini toʻgʻri belgilaydi va bu huquqlar Uning shariati bilan himoya qilinadi. Shariat insonga kapitalizmdagidek “soliq toʻlovchi”, “saylovchi” yoki “ishchi kuchi” sifatida emas, balki inson sifatida qaraydi. Islom nazarida har bir tirik jon aziz. Davlatning asosiy vazifasi uning farovon yashashini taʼminlashdan iborat. Shuningdek, Islom mulk va boyliklarni har bir fuqarosiga taqsimlamaslikni muammo deb eʼtibor qiladi. Muammo davlatning qashshoqligida emas, odamlarning qashshoqligida. Kambagʻal, miskin va musofir xususida kelgan oyat va hadislar talay va xilma-xil. Ularda aynan mana shu muammodir, uni albatta hal etish shart, deya diqqatni qaratgan.
Alloh taolo aytadi:
﴿وَمَا تُنفِقُوا مِنْ خَيْرٍ يُوَفَّ إِلَيْكُمْ وَأَنتُمْ لاَ تُظْلَمُونَ * لِلْفُقَرَاءِ الَّذِينَ أُحْصِرُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ﴾
“Infoq qilgan har bir yaxshiligingiz sizlarga zulm qilinmagan holida oʻzingizga toʻla-toʻkis qaytariladi. (Sadaqa-ehsonlar) Allohning yoʻlida toʻsilgan kambagʻallarga beriladi” [Baqara 272-273]
Hadislarga kelsak, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bu haqda quyidagicha marhamat qildilar:
“Oralarida och-nahor kishi boʻla turib, toʻq holda tong ottirgan mahalla egalaridan Allohning zimmasi koʻtarilgan boʻladi”.
Xalifalik davlatini butun tarixi mobaynida, hatto ogʻir davrlarida ham koʻchalarida tilanchilik qilgan gadoylar boʻlmaganini, u oʻz fuqarolarini oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, taʼlim, davolanish va xavfsizlik kabi barcha asosiy ehtiyojlarini taʼminlab qoʻyganini guvoh boʻlamiz. Bu Ummatning haqiqatda soliqchi davlat emas, gʻamxoʻr davlat boʻlgan Xalifalik soyasida yashagan zamonlarda boʻlgan.
Bugun butun dunyo soliqchi emas, gʻamxoʻr davlatga muhtoj. Tinch, xotirjam, sokin, farovon va koʻngillar toʻq bir hayot beruvchi davlatga muhtoj. Bu esa, Allohga qasamki, Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati tomonidan tatbiq etiluvchi Islom tuzumidagina boʻladi.

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.