Qirgʻiziston 2022-yilda tashqi qarzni toʻlash uchun 26,6 milliard som ajratadi

160
0

Qirgʻiziston 2022-yilda tashqi qarzni toʻlash uchun 26,6 milliard som ajratadi

Moliya vaziri Almaz Baketayev Jogorku Keneshning Byudjet va moliya boʻyicha qoʻmitasi yigʻilishida maʼlum qilishicha, Qirgʻiziston 2022-yili tashqi qarzni toʻlash uchun 26,6 milliard som ajratishi zarur.
“2023-yilda tashqi qarzni toʻlash uchun 34 milliard, 2024-yilda 38,8 milliard som ajratish rejalashtirilgan”, – dedi Baketayev.
Uning soʻzlariga koʻra, 2022-yilda ichki qarzni toʻlash uchun 12,7 milliard som, 2023-yilda 13,5 milliard, 2024-yilda 18,8 milliard som yoʻnaltiriladi.
2022-yilgi respublika byudjeti taqchilligi 9,1 milliard somni tashkil etadi. Bu ichki va tashqi manbalar hisobidan qoplanishi aytildi.
Oxirgi rasmiy maʼlumotlarga koʻra, joriy yil oʻrtalarida Qirgʻizistonning davlat qarzi 416 milliard som (4 mlrd. 921 mln.dollar)dan oshgan. Shundan 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz.

Izoh: Kuchli davlat zaif davlatlarni ezib qul qilish, ribo utiga qurilgan iqtisodiy munosabatlar qashshoq davlatni yanada qashshoqlashtirib, qarz botqogʻiga botirish asosiga qurilgan xalqaro kapitalistik tuzumda iqtisodi qishloq xoʻjaligiga asoslangan Qirgʻiziston kabi davlatlar hech qachon erkin nafas olmaydi. Xalqaro tuzum bu kabi davlatlarni qarzdan toʻliq ozod boʻlishiga, iqtisodiy taraqqiyot asosi boʻlgan ogʻir sanoatini rivojlantirishga yoʻl qoʻymaydi. Bu kabi davlatlar uzoq yillar mobaynida olingan qarzlar foizini toʻlab berishga, tanini qaytaradigan vaqtda toʻlashdan ojiz qolib yana yangi qarz olishga va boʻgʻzigacha qarzga botib oxir-oqibat qazlarini yer va qazilma boyliklar hisobidan toʻlashga majbur boʻladi.
Qirgʻizistonning qarz botqogʻiga botib borishining asosi xalqaro olamiy global boshqaruv sistemasi tomonidan atayin paydo qilinadi. Bu jarayonda qirgʻiz siyosiy doirasining roli korruptsiyaga botib qolganidadir. Shu korruptsiyalashgan sxema ham, tashqi mustamlaka davlatlar tomonidan rivojlantirib boriladi. Ularga Qirgʻiziston tobora koʻproq qarzga botib qolishi uchun mazkur qarzlarning bir qismini oʻzlashtirib olish haqida fikrlaydigan korruptsiya botqogʻiga botgan amaldorlar kerak. Xalqaro siyosat vakillari aynan shu haromtomoq siyosiy guruhdan foydalanadi. Chunki bu guruh mamlakat uchun qarz olayotganida “ogʻir sanoatni rivojlantirish uchun, hatto shu kunga kelib sotib yoʻq qilib yuborishgan yirik korxonalarni qayta ishlatish uchun” deb biror marta qarz olgan emas.
Qirgʻiziston muammosi xalqaro kapitalistik sistemaning ustimizda turgani va shu sistema tuzgan xalqaro global olamiy siyosatning mavjud ekaniga bogʻliqdir. Moddiy manfaatdan boshqasini hisobga olmaydigan kapitalistik tuzum ustimizda tatbiq qilinar ekan Qirgʻiziston hech qachon qarz yukidan qutula olmaydi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.