Gʻoyalar urushida kuchli raqib boʻlgan Hizb ut-Tahrir “Kapitalistik Gʻarb mafkurasini sindirish” nomli kitob nashr qildi

100
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Gʻoyalar urushida kuchli raqib boʻlgan Hizb ut-Tahrir “Kapitalistik Gʻarb mafkurasini sindirish” nomli kitob nashr qildi

Islom davlati yuz yil oldin Britaniya boshchiligidagi kofir Gʻarb qoʻli bilan agʻdarilganiga hamda Islom dunyodagi boshqaruv va qaror markazidan chiqarib tashlanib, Gʻarb va uning siyosatchilari Ummat va xalqlar taqdiri bilan oʻynashish uchun maydon boʻshab qolganiga qaramay, Gʻarb Islom va musulmonlarga qarshi kurashini hanuzgacha toʻxtatgani yoʻq. U oʻz nayzasini Ummat aqidasi va shariatiga sanchishda davom etmoqda… Ummatning shuncha boylik va resurslarini talasada, lekin toʻymayapti… Hanuz dunyo boyliklarini oʻzining nazorati va hukmronligi ostiga olishga urinmoqda. Bu esa, odamlarni kapitalistik tuzum ostida yoʻqsillik va sarson-sargardonlikda yashashga majbur qilmoqda. Zero, kapitalizm odamlar qashshoqlik, xorlik va muhtojlikdan aziyat chekayotgan bir paytda, kuch va hokimiyat egalarining choʻntagini toʻldirishni oʻylaydigan tuzumdir. Garchi Islom boshqaruvdan majburan surib chiqarilgan esa-da, biroq u Gʻarb uchun eng katta toʻsiqligicha qolmoqda. Zero, Islom Gʻarb halovatini buzishda, hukmronligi va zoʻravonligini yoʻq qilish bilan tahdid qilishda davom etmoqda. Chunki Islom aqidasi uni qabul qilganlarni xorlik, itoatkorlik va xoinlikka rozi boʻlmaslikka undaydi, aziz va kuchli boʻlishga chaqiradi. Shuning uchun ham Islom shunday sistema boʻlib qolajakki, bu sistema egalari to Gʻarb hazoratini yiqitib – garchi kapitalistik tuzum egalari istamasalar ham – Islom sistemasini gʻolib qilmagunlaricha Gʻarb hazoratiga qarshi hazoriy kurashni tinimsiz davom ettiradilar.
Ming afsuski, biz koʻplab islomiy harakatlarning Gʻarb hamda uning hazorat va saqofatiga qarshi kurashdan sugʻurilib olganiga guvoh boʻlyapmiz. Bu ham kamlik qilganidek, baʼzilarini Gʻarb eshigi oldida undan Ummat muammolarini yechib berishni soʻrab yalinayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Goʻyo Ummatga qarshi til biriktirib, uning davlatini agʻdargan mana shu Gʻarb ekanini unutishgandek. Haqiqatdan, Gʻarb haligacha Ummatga qarshi fitnalar toʻqishda, uning farzandlarini qirgʻin qilishda va qochqinga aylantirishda davom etmoqda. Bularni bevosita qilyapti yoki yurtlarimizdagi diktatorlarni qoʻllab-quvvatlash orqali bilvosita amalga oshiryapti. Biroq bu harakatlar Gʻarbdan Falastin masalasini yechim berishni soʻrab yotishibdi. Undan musulmonlarning Birma, Kashmir, Sharqiy Turkiston, Misr, Suriya, Yaman va Liviyadagi masalalarini hal qilib berishni iltimos qilishyapti. Hamma dardu baloning boshi mana shu Gʻarb ekanini bilmaydilarmi… Qanday hukm chiqarmoqdalar-a?!
Koʻplab islomiy harakatlar orqaga tisarilib, Gʻarbga qarshi fikriy va hazoriy kurash olib borishdan chekingan bir paytda, Hizb ut-Tahrir oʻz ahlini hargiz aldamaydigan yetakchi sifatida oʻzini namoyon etdi. Shuningdek, Gʻarbning Islom va musulmonlar ustidan hukmron boʻlish va oʻz taʼsirini oʻtkazish umidlarini parchalaydigan ulkan qoya sifatida oʻzini koʻrsatdi. Darhaqiqat, Hizb “Kapitalistik Gʻarb mafkurasini sindirish” nomli gʻoyat muhim kitob nashr qildi. Hizbning barcha adabiyotlarida guvoh boʻlganimizdek, bu kitob ham oʻzining teran, keng qamrovli va aniq fikrlari bilan ajralib turadi. Toʻgʻri, ushbu kitob Hizb saqofatiga yangilik kiritgani yoʻq. Chunki yangi kitobdagi koʻplab mavzular boshqa kitoblarda ham kelgan. Masalan: “Islom nizomi”, “Iqtisod nizomi”, “Demokratiya kufr nizomi” va “Islomda ijtimo nizomi” kitoblarida. Biroq, biz bu yangi kitob har tarafga sochilgan mazkur gulu chechaklarni bitta boʻstonga yigʻdi, deb ayta olamiz. Zero, shu orqali oʻquvchini bitta burchakdan turib anglab yetishini istadi. Haqiqatdan, oʻquvchi ushbu “Kapitalistik Gʻarb mafkurasini sindirish” kitobidan Gʻarb mafkurasining ildiz va shohlaridagi, aqida va nizomidagi zalolatni anglaydi hamda Islomning buyukligini va ushbu mafkuraga batamom zidligini tushunib yetadi. Hatto Ummat oʻz uygʻonishining toʻgʻri yoʻli Islomdan oʻzga yoʻl emasligini va Islom birdan-bir toʻgʻri sistema ekanini anglaydi.
Gʻarb yetakchiligida Islom fikrlariga qarshi olib borilayotgan fikrlar urushida Hizb ut-Tahrirning kuchli mudofaachi ekaniga aslo shubha yoʻq. Ilmoniylar chaqirayotgan kurashda bellashayotgan ham, ularning fikrlarini qoralab, sharmandali ahvollarini fosh etayotgan ham Hizbdir. Chunki ular dinni davlatdan ajratishni, dindan hayit tabriklari va diniy munosabatlardan boshqa narsa qolmasligini istashyapti. Bu esa, gʻirt munofiqlikning oʻzidir. Bunga nasroniylik ishonayotgan, nasroniylar aldanayotgan boʻlsa-da, ammo Islom ishonmaydi, Ummatning haqiqiy farzandlari aldanmaydi. Alloh va Rosuliga imon keltirgan shaxsning dinidan ajralishi joiz boʻlmagani kabi, oʻz amallarini shariat ahkomlariga bogʻlashda ham ozod emas. Oʻzini islomiy, deya daʼvo qilgan davlat aslo oʻzidan dinni ajratishi, uning hukmdori va Ummat majlisi aʼzolari istaganlarini qilib, Allohning amru nahisiga cheklanishdan bosh tortishi mumkin emas. Chunki Islom sistema-mabdadir. Yaʼni tuzum balqib chiqadigan aqliy aqida boʻlib, dinni hayotdan, davlatdan va siyosatdan ajratish mumkin emas. Adiy ibn Hotim rivoyat qiladi: men Rosululloh ﷺning baroat surasini oʻqiyotganlarini eshitdim. Suraning
﴿اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللهِ﴾
“Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining donishmandlarini va rohiblarini Parvardigor deb bildilar”, degan oyatini oʻqigach, men “yo Rosululloh, ular donishmand va rohiblariga sigʻinmaganlar-ku! dedim. Shunda ul zot marhamat qildilar:
“صَدَقْتَ، وَلَكِنْ كَانُوا يُحِلُّونَ لَهُمْ مَا حَرَّمَ اللهُ فَيَسْتَحِلُّونَهُ، وَيُحَرِّمُونَ مَا أَحَلَّ اللهُ لَهُمْ فَيُحَرِّمُونَهُ”
“Ha, toʻgʻri. Lekin rohiblar Alloh harom qilgan narsani halol qilib berganda, uni halol deb bilishar, Alloh halol qilgan narsani harom qilib berganda, uni harom deb bilishar edi (mana shu donishmand va rohiblarini iloh qilib olganliklaridir)”.
Shundan kelib chiqqan holda, Hizb ut-Tahrir faqat bugungi hukmdorlarga qarshi siyosiy kurash bilangina mashgʻul boʻlib qolmadi, balki bir vaqtning oʻzida, Gʻarb va uning sistemasiga va uning yurtlarimizdagi ilmoniy malaylariga ham qarshi kurashga shoʻngʻidi. Hizb Ummat orasida va Ummat bilan birgalikda zolim-zoʻravon podshohlik zamoniga yakun yasashga harakat qilmoqda. Chunki hozirgi zamonda Islom boshqaruvdan chetlatilgan boʻlib, din hayot va davlatdan ajratilgan. Shuningdek, islomiy yurtlarimizga ilmoniylik mutlaq hukmron boʻlib, ilmoniylar Ummat miyasini zaharlashmoqda. Ular oʻzlarining bir asrdan koʻproq vaqt mobaynida qilgan saʼy-harakatlari havoga uchib-yoʻq boʻlib ketayotganini koʻrib, nima qilishni bilmay qolishdi. Shuning uchun Hizb ut-Tahrir va uning aʼzolarining Gʻarb gʻoyalariga qarshi kurashayotgani ularni hayratda qoldirdi… Hizb aʼzolarining gʻarbcha fikr-gʻoyalarning naqadar soxtaligini ochib tashlayotganlaridan dahshatga tushishdi.
Xullas, aziz oʻquvchiga nasihatim ushbu kitobni oʻqisin. Chunki u benazir fikriy boylik boʻlib, undagi fikrlar boshqa yerda topilmaydi. Alloh Azza va Jalladan bizga ilmi nofe berib, uni ziyoda qilishini va diniga nusrat beruvchi askarlaridan aylashini soʻrab qolamiz. Chunki U bu ishning egasi va bunga qodir zotdir.

Roya gazetasining 2021 yil 3 noyabr chorshanba kungi 363-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.