Xalifalik Pokistonda kuchaygan inflyatsiyaga barham berish uchun majburiy qogʻoz pullarni bekor qilib, oltin va kumushga asoslangan valyutani joriy qiladi

94
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Xalifalik Pokistonda kuchaygan inflyatsiyaga barham berish uchun majburiy qogʻoz pullarni bekor qilib, oltin va kumushga asoslangan valyutani joriy qiladi

Pokiston rupisi dollarga nisbatan qadrsizlanib, 175 rupiga tushib ketishi bilan Pokiston ahlining belini sindirgan katta inflyatsiyaga olib keldi. Bunga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot boʻlimi 2021 yil 9 noyabr seshanba kuni bayonot chiqarib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Inflyatsiya kapitalistik iqtisodiyotning doimiy xususiyatidir. Islomdagi oltin va kumush valyutasining aksi oʻlaroq, majburiy qogʻoz pullar oʻzining xarid qobiliyatini yoʻqotadi. Chunki hukumatlar bu pullarni tobora ortib ketayotgan protsentli qarzlarini toʻlash uchun qayta-qayta bosib chiqarishmoqda”.
Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati tomonidan nashr qilingan matbuot bayonotida “Islom valyutasi oʻsib boruvchi inflyatsiyani yoʻq qiladi. Chunki u qimmatli va noyob metall boʻlmish oltin va kumushga asoslangan boʻlib, narx-navoning barqarorligini taʼminlaydi”, deya qoʻshimcha qilindi. Soʻng musulmonlarni Alloh Subhanahu va Taoloni rozi qilish uchun harakat qilishga daʼvat qildi hamda ulardan Rosululloh ﷺ koʻrsatgan oltin va kumush valyuta muomalasiga qaytishni talab qilib, bunday dedi:
“Biz sizni insoniyatni qashshoqlashishga olib kelgan AQShning bunday sudxoʻrlik tuzumiga yakun yasashga va Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda Xalifalik davlatini barpo etish uchun harakat qilishga daʼvat qilamiz. Xalifalik oltin va kumush valyutasi bilan bogʻliq sharʼiy ahkomlarni tatbiq qilib, sudxoʻrlik va bank tizimini taqiqlaydi. Shuning uchun Pokiston qurolli kuchlari safidagi yaqinlaringizdan Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishi uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat berishni talab qiling”.

Roya gazetasining 2021 yil 17 noyabr chorshanba kungi 365-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.