Yamandagi urush sababli 10 ming bola halok boʻldi yoki nogiron boʻlib qoldi

106
0

Matbuot bayonoti
Yamandagi urush sababli 10 ming bola halok boʻldi yoki nogiron boʻlib qoldi

Yaman bolalari qachongacha statistikalardagi shunchaki bir raqam boʻlib qolaveradi!?
YuNISEF oʻz hisobotida Yamanda 2015 yil mart oyida urush eʼlon qilinganidan beri 10 ming nafar bolaning oʻldirilgani yoki majruh qilinganini maʼlum qildi. Uning qoʻshimcha qilishicha, qotillik va majruh qilish operatsiyalari koʻpincha qayd etilmagan. YuNISEF 11 milliondan ortiq bola gumanitar yordamga muhtojligini, 400 ming bola ogʻir toʻyib ovqatlanmasligini, 2 milliondan ortiq bola taʼlimdan voz kechganini maʼlum qildi.
Yaman urushidagi oʻlimlar soni va statistik maʼlumotlar bu ketishda tugamaydi. U yerdagi urush dunyoning turli burchaklarida musulmonlar boshdan kechirayotgan urush va fojialarga oʻxshaydi. Insoniy fojialarga toʻla bunday statistik maʼlumotlarga qaramay, butun dunyo bu gumanitar falokatni tugatish uchun hech narsa qilmayapti. Olti yildan beri davom etayotgan ushbu urushning badalini bolalar toʻlamoqda. Havo hujumlari, minalar, maktab va aholi punktlarining nishonga olinishi tufayli yuzlab bolalar abadiy nogiron boʻlib qoldi.
Yamanda insoniy fojia va falokatlar olti yildan beri davom etmoqda. Shu paytga qadar, musulmonlar hukmdorlari, ularning qoʻshinlari yoki biror davlat yoki xalqaro tashkilot Yamandagi butun avlodga tahdid solayotgan bu urushni tugatish uchun hech qanday siyosiy iroda koʻrsatmadi. Koʻplab mamlakat va tashkilotlar butunjahon bolalar kunini nishonlashga, oʻzlarining bu sohadagi yutuqlarini taqdim etishga hozirlanayotgan bir paytda, Yamanda bolalar haq-huquqi toptalib, ularga nisbatan xalqaro, insoniy, axloqiy meʼyorlarga hamda mahalliy qonunlarga ham zid boʻlgan eng dahshatli jinoyatlar sodir etilmoqda. Butun dunyoning bundan ham ortiq munofiqligi boʻladimi, bu hayʼat va tashkilotlarning bundan ham ortiq ikkiyuzlamachiligi boʻladimi?!
Yamandagi bolalarning baxtsizligi va butunjahon bolalar kuni oʻrtasidagi bunday paradoks bugungi davlat va tashkilotlarning naqadar xoinligi, malayligi, ahmoqligi, eʼtiborsizligi va befarqligini koʻrsatmoqda. Ammo biz kapitalistik tuzum oʻzining boshchilari, hukumatlari va tashkilotlari bilan bu toʻqnashuvda asosiy oʻyinchi ekanini yaxshi bilamiz. Ular koalitsiya davlatlari, Eronning Husiy jangarilari, Abdurobbih Mansur hukumati va badbaxt oʻtish davri hukumatidan iborat oʻzlarining qoʻgʻirchoqlarini Yaman bolalarining qonini toʻkish uchun safarbar qilishmoqda… Yaman bolalarining bugungi ayanchli qismati xalqaro tizim tomonidan Yaman xalqiga qilingan jirkanch vahshiylikning yorqin namunasidir.
Shubhasiz, Allohning shariatini yer yuzida hokim qilib, U zotning izni ila yaqinlashib kelayotgan roshid Xalifalik davlati soyasida Islom boshqaruvi barpo etilmas ekan, bunday qora kunlarning qora sahifalari hargiz oqarmaydi. Bu kapitalistik tuzumning vahshiyligiga faqat Islomning odil tuzumi barham bera oladi, Yaman bolalari boshdan kechirayotgan bu musibatni faqat Islomiy hayot bartaraf etadi. Chunki islomiy tuzum va islomiy hayotgina ochlarni toʻydirib, qoʻrquvni yoʻqotadi hamda barcha baxtsizliklarni quvonchga aylantiradi.
﴿الَّذِي أَطْعَمَهُمْ مِنْ جُوعٍ وَآمَنَهُمْ مِنْ خَوْفٍ﴾
“U zot ularni ochlikdan (qutqarib) taomlantirdi va xavfu xatardan tinch qildi” [Quraysh 4]

Hizb ut-Tahrirning Yamandagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.