Matbuot bayonoti
Sanʼoda konferentsiya oʻtkazayotgan ulamolarga
2021 yil 28 oktyabrda Sanʼoda Yaman Ulamolar Uyushmasi Vaqflar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “Islomiy birlik… imkoniyat va muammolar” nomli konferentsiya oʻtkazdi. Konferentsiya onlayn tarzda oʻtkazilib, unda Falastin, Iroq, Livan, Jazoir va Erondan ishtirokchilar qatnashdi. Alloh Subhanahu bunday degan:
﴿إِنَّمَا يَخْشَى اللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ الْعُلَمَاءُ﴾
“Allohdan bandalari orasidagi ulamolargina qoʻrqurlar” [Fotir 28]
Rosululloh ﷺ bunday marhamat qilganlar:
“الْعُلَمَاءُ وَرَثَةُ الأَنْبِيَاءِ”
“Ulamolar anbiyolar merosxoʻrlaridir”. (Abu Dovud va Termiziy Abu Dardo roziyallohu anhu orqali rivoyat qilgan).
Biz ilmi nofega erishgan va xolis amal qiladigan olimning darajoti bayonini mazkur oyati karima va hadisi sharif bilan boshlamoqni istadik. Alloh Taolo yana bunday degan:
﴿قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَالَّذِينَ لاَ يَعْلَمُونَ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُولُو الْأَلْبَابِ﴾
“Ayting: Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar boʻlurmi?! Darhaqiqat faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar” [Zumar 9]
Maʼlumki, Rosululloh ﷺ Qurʼoni karimni faqat qiroat uchun emas, balki yer yuzidagi odamlarga tatbiq etish uchun ham keltirganlar. Shuning uchun Qurʼon hadlarini qoim qiladigan, hukmlarini amalda tatbiq qiladigan, jihodni toʻgʻri amalga oshiradigan, adolatga amal qiladigan, butun dunyoga yaxshilikni targʻib qiluvchi davlat boʻlishi kerak. Buni Rosululloh ﷺning siyratlarida aniq koʻrish mumkin. Darhaqiqat, ul zot Makkai Mukarramada Allohga daʼvat qildilar, soʻng kuch-qudrat ahlidan oʻn martalab nusrat talab qilganlar… Va nihoyat Alloh ul zotga Madinai Munavvara ansorlari bilan nusrat berdi. Ana shunda hijrat amalga oshib, davlat barpo etildi, soʻng fathlar boʻldi hamda daʼvat va jihod orqali Islom dunyoga yoyildi.
Ushbu konferentsiyangizning nomi “Islomiy birlik… imkoniyat va muammolar”, deb atalgani uchun biz sizga musulmonlarning birligini bayon qilmoqni lozim topdik. Musulmonlarning birligi faqatgina bitta xalifa hukmronligi ostidagi bitta davlat soyasida amalga oshadi. Ushbu davlatni qanday barpo etishning sharʼiy tariqati bor boʻlib, buni sayyidimiz Muhammad mustafo ﷺ amalda koʻrsatib berganlar.
Musulmonlar azizligining hamda kuch-qudratining manbai boʻlgan Xalifalik davlatini qoim qilish orqali Islom ummatini birlashtirish uchun faoliyat qilish musulmonlarning taqdiriy masalasi boʻlishdan tashqari, farz va farzlarning toji hamdir. Zero, Xalifalik davlati Islomni tatbiq qiladigan davlatdir. Alloh Taolo Rosuli ﷺga xitoban bunday degan:
﴿فَاحْكُم بَيْنَهُمْ بِمَا أَنزَلَ اللهُ وَلَا تَـتَّـبِعْ أَهْوَاءَهُمْ عَمَّا جَاءَكَ مِنَ الْحَقِّ﴾
“Bas, odamlar oʻrtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling va Sizga kelgan Haqdan yuz oʻgirib, ularning havoyi nafslariga ergashmang!” [Moida 48]
Yana bunday dedi:
﴿وَأَنِ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ وَلا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَنْ يَفْتِنُوكَ عَنْ بَعْضِ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ﴾
“Ular oʻrtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qoʻyishlaridan ehtiyot boʻling!” [Moida 49]
Islom bilan ilmoniylikni, Islom boshqaruvi bilan kapitalistik demokratik respublika boshqaruvini, Islomdagi iqtisod nizomi bilan richaglari Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon banki boʻlgan kapitalistik iqtisod nizomini, vatanparvarlik rishtalariga asoslangan va mustamlakachi kofir chizib bergan chegaralarga amal qiladigan davlat bilan Islom aqidasiga asoslangan, vatanparvarlik sarhadlariga amal qilmaydigan va islomiy yurtlarni birlashtirish uchun harakat qiladigan davlatni, konstitutsiyasi ilmoniy boʻlgan va Frantsiyadan olingan davlat bilan konstitutsiyasining manbasi Allohning Kitobi va Rosulining sunnati boʻlgan davlatni oʻzaro aralashtirib yuborgan davlat soyasida Islom boshqaruvi amalga oshmaydi.
Islomni davlatsiz toʻliq tatbiq etib boʻlmaydi. Chunki xalifasiz uning hukmlarini amalga oshirib boʻlmaydi. Hadlar faqat imom bilan, yaʼni xalifa bilan amalga oshiriladi, fathlar faqat xalifa bilan boʻlishi mumkin, Islom daxlsizligi faqat xalifa bilan qoʻriqlanadi. Rosululloh ﷺ
“وَإِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ”
“Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi, u bilan himoyalaniladi”, deya haq soʻzni aytganlar. (Muttafaqun alayhi).
Darhaqiqat, Islom davlatining na qadar muhimligi har doim sahoba roziyallohu anhularning koʻz oʻngidan ketmagan. Moʻminlar amiri Umar roziyallohu anhu sahobalarni toʻplab, qaysi muhim voqea hijriy sananing boshlanishi boʻlishi kerakligini ular bilan muhokama qiladilar. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺning tavalludlari, paygʻambar boʻlgan kun hamda hijrat buyuk voqealar edi. Shunda Ali roziyallohu anhu hijratni tarixning boshlanishi sifatida qabul qilish kerak, chunki hijrat bilan davlat barpo etildi va musulmonlar qadr topdi, deb aytdi… Sahobalar bu fikrni qabul qildilar. Holbuki, Paygʻambarimiz ﷺning tavallud va paygʻambar boʻlgan kunlari ham tarixiy voqea edi. Biroq sahobalar hijriy taqvim boshlanishi uchun hijratni va Islom davlatining barpo etilishini tanladilar.
1953 yilda Quddusda tashkil topgan Hizb ut-Tahrir Xalifalik musulmonlarning taqdiriy masalasi ekanini, uni barpo etish farzligini anglab yetdi. Shuning uchun ham u Xalifalikni barpo etish yoʻlida yarim asrdan beri faoliyat qilib kelmoqda. Bu davrda Hizb aʼzolari hibsga olindi, qamaldi va qiynoqlarga yuz tutdi. Ayrim islomiy yurtlarda qiynoqlar tufayli koʻplab Hizb aʼzolari shahid boʻldi… Shunga qaramay, ular Alloh uchun malomatchining malomatidan qoʻrqmay, haq ustida sobit turdilar, Alloh va Rosuliga imon keltirib, xolis va rostgoʻy boʻldilar. Nihoyat, barcha kofir va ularning malaylari turli xil chalgʻituv va tuzoqlar qoʻyishiga qaramay, Xalifalikni xalq talabiga aylantirishga muvaffaq boʻldilar.
﴿وَقَدْ مَكَرُوا مَكْرَهُمْ وَعِنْدَ اللهِ مَكْرُهُمْ وَإِنْ كَانَ مَكْرُهُمْ لِتَزُولَ مِنْهُ الْجِبَالُ﴾
“Darhaqiqat, ular oʻzlarining makr-hiylalarini qildilar. (Lekin) agar ularning makrlari sababli togʻlar yemirilib ketadigan boʻlsa-da, ularning (bu) makr-hiylalari Alloh huzurida (maʼlumdir)” [Ibrohim 46]
Bas, ushbu konferentsiyani oʻtmishdagi boshqa konferentsiyalar kabi qilmang. Konferentsiyada “Muqaddas dargohlar hur moʻminlarning qoʻli bilan ozod etilishiga juda yaqin qoldi”, “Konferentsiyamiz Islom bayrogʻi ostida Islom Ummatining birligini taʼminlash maqsadida oʻtkazildi” kabi jarangdor shiorlar yangradi. Bu shiorlarda, yaʼni konferentsiya sarlavhasida ham, Islom Ummatining birligini taʼminlash rejasida ham Islomning sharʼiy minhojiga hatto ishora qilib qoʻyilmagan. Konferentsiya sarlavhasida ishtirokchilar qoʻllashlari mumkin boʻlgan imkoniyatlar hamda ular chetlab oʻtishlari kerak boʻlgan muammolar haqida gapiriladi, xolos. Xoʻsh, Islom va musulmonlarga qarshi urush ochgan, 2001 yildan beri “terrorizm” nomi bilan Islomga qarshi ochiqdan-ochiq kurash olib borayotgan Amerikaning malaylari hamda AQSh boshchiligida kapitalistik tuzumni tatbiq qilayotganlar musulmonlarni birlashtirishi va Islomni tatbiq qilishi mumkinmi?
Musulmonlarni birlashtirishga daʼvat qilayotganlar barcha saʼy-harakatlarini musulmon Ummati farzandlari oʻrtasidagi jangda oʻzaro qon toʻkilishini toʻxtatish uchun sarflashlari hamda haqiqiy kofir dushmanlariga qarshi kurashishi uchun Ummatga barcha imkoniyatlarni qilib berishlari lozim. Shuningdek, la ilaha illalloh bayrogʻini boshlari uzra baland koʻtarib, respublika boshqaruviga ham, uning shiorlariga ham ergashmasliklari, kofirlar va ularning tashkilotlari qoʻliga bolta urib, Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Bankini mamlakatdan quvib chiqarishlari, ular tomondan berilgan sudxoʻrlik kreditlarini rad etishlari hamda Yaman masalasida BMT, Xalqaro tizim va AQSh konsulligini emas, balki Islomni hakam qilishlari shartdir.
Rosululloh ﷺning Islom davlatini barpo etish va Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritishdagi tariqati aniq-ravshan boʻlib, zamon va makon oʻzgarishi bilan oʻzgarmaydi. Ushbu tariqat Islomga daʼvat qilish bilan boshlanib, Madinada davlat barpo etish bilan tugagan. U uch bosqichdan iborat boʻlib, birinchisi, Islom aqidasini fikriy qoida va yetakchilik sifatida qabul qilgan, Islom va uning ahkomlarini ongli ravishda tushunadigan, Islom davlatini barpo qilishda Islomdan boshqa tariqatni qoʻllamaydigan bir uyushmani taʼsis etishdan iborat. Rosululloh ﷺ ashoblarini Makkada Arqam ibn Abu Arqam roziyallohu anhuning hovlisida xuddi shu shaklda tarbiya qilib, ulardan islomiy shaxsiyalarni yetishtirib chiqargan. Ikkinchisi esa, bugungi kunda bizga kiritilgan barcha kapitalistik fikrlarga qarshi chiqish, ularning botilligini fosh qilish, iflosliklarini tushuntirish va ularning oʻrniga Islom fikrlarini kiritish hamda bugun ham xuddi kechagidek, Islom va musulmonlarga qarshi til biriktirayotgan kofir Gʻarbning fitnalarini ochib berish uchun siyosiy toʻqnashuvga kirishish va kuch-qudrat ahlidan nusrat talab qilish bosqichidir. Uchinchisi, Islom davlatini barpo etish va Islom bilan hukm yuritish uchun boshqaruvni qoʻlga olish, keyin esa, barcha musulmon yurtlarini Muhammad ﷺning bayroqlari boʻlmish Uqob bayrogʻi ostiga kiritish bosqichidir.
Ey ulamolar, shuni yaxshi bilingki, Alloh Subhanahu va Taolo moʻʼtadillik nomi bilan Gʻarb tariqati boʻyicha Islomni tatbiq ilishga chaqirayotganlarning hamda haq va toʻgʻrilikdan chetga chiqqan holda Islomni hakam qilish va musulmon yurtlarini birlashtirishni daʼvo qilayotgan kimsalarning asl yuzini ochib tashlaydi.
To Alloh Taolo haqning gʻalaba qozonishini taʼminlab, rostgoʻy musulmonlarga Oʻz nusrati va qoʻllovini nozil qilgunga qadar kapitalistik Gʻarb, ayniqsa, jinoyatchi AQSh va makkor Britaniya haqiqatning oshkor boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun turli oʻyinlarni oʻynashda davom etadi.
Oʻz ahlini aslo aldamaydigan Hizb ut-Tahrir sizlarni Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishga daʼvat qiladi. Rosululloh ﷺ marhamat qilganlar:
“ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ”
“Keyin Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʻladi”. (Imom Ahmad Noʻmon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan). Alloh Taolo bunday degan:
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ﴾
“Ey moʻminlar, Alloh va Uning Paygʻambari sizni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar” [Anfol 24]
Hizb ut-Tahrirning Yamandagi matbuot boʻlimi