Dushanbeda “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi vazirlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

117
0

Dushanbeda “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi vazirlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Xabar: Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining 17-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Dushanbedagi Kohi Somon qarorgohida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari vazirlarining 17-uchrashuvi yopiq eshiklar ortida oʻtmoqda. Manbalarga koʻra, Afgʻonistondagi toliblar hokimiyat tepasiga kelganidan keyingi vaziyat yigʻilishning asosiy mavzusiga aylangan. Yigʻilish yakunlari boʻyicha qoʻshma bayonot qabul qilinadi.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Josep Borrel boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining Tojikistonga tashrifi 24 noyabrgacha davom etadi.
Maʼlumot oʻrnida, bir oy oldin YeI komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen blok “Afgʻoniston uchun global birdamlik tashabbusi” doirasida bir milliard yevro (1,2 milliard dollar) yordam paketini taqdim etishini eʼlon qildi va aʼzo davlatlarni uni oʻz hissasi bilan toʻldirishga chaqirdi.

Izoh: Har bir mustamlakachi davlat yoki ittifoqlar Afgʻonistondagi vaziyatdan foydalanib mintaqa davlatlarida oʻz nufuzlarini mustahkamlab olishga harakat qilishmoqda.
Rossiya “afgʻon tahdidi”dan foydalangan holda mintaqa davlatlari ustidan harbiy taʼsirini kengaytirishga intilayotgan boʻlsa, AQSh garchi afgʻon zaminidan bir eshikdan chiqib ketgan boʻlsada, orqa eshikdan qaytib kirish rejasidan voz kechgani yoʻq. AQSh Afgʻonistondan chiqib ketar ekan trillion dollardan ortiq mablagʻidan osonlikcha voz kechib mintaqani tashlab chiqib ketmasligi aniq. Shu sababli ham mintaqa davlatlari bilan harbiy baza boʻyicha olib borayotgan muzokaralarini davom ettiradi. Bu orqali esa mintaqada oʻz harbiy ishtirokni saqlab qolishga intiladi.
Yevropa ittifoqiga aʼzo mustamlakachi davlatlar ham Afgʻonistondagi bosqinchilik urushida oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishdi. Ular ham bu urushga milliardlab dollar sarflashdi va tabiiyki, Markaziy Osiyo respublikalarini osonlikcha boshqa mustamlaachi davlat taʼsiri ostida qoldirib ketishni istamaydi. Ammo, YeIning hozircha mintaqa davlatlariga nisbatan siyosiy yoki harbiy taʼsiri sezilarli darjada emas. Shu sababli ham YeI asosiy eʼtiborini turli xil iqtisodiy loyihalar va taʼlim dasturlariga qaratmoqda.
5-noyabr kuni Bishkekda “Evroittifoq-Markaziy Osiyo” birinchi iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Forumga Qozogʻiston, Oʻzbekiston bosh vazirlari, Tojikiston va Turkmaniston bosh vazir oʻrinbosarlari tashrif buyurdi. Yevropa Ittifoqi nomidan tashkilot vitse-prezidenti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari va biznes vakillari ishtirok etadi.
2021 yilning 15 noyabr kuni esa Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Bryussel shahrida Yevropa ittifoqining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Tomas Niklasson bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa ittifoqining afgʻon inqirozini tinch yoʻl bilan hal etish, shuningdek, mamlakatga tez fursatda insonparvarlik va boshqa yordam koʻrsatish borasidagi saʼy-harakatlari muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida Termiz shahrida gumanitar xab tashkil etishda Oʻzbekiston bilan faol hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirgan edi…
Demak, Markaziy Osiyo mintaqasi ustida mustamlakachilik kurashi tobora kuchayib boradi. Afsuski, ustimizdagi malay va qaram hokimlar arzimagan moddiy manfaatlarni qoʻlga kiritish yoki oʻz kursini saqlab qolish ilinjida kuch kim tomonda boʻlsa oʻshani ortidan ergashib ketaverishadi. Ular uchun ummat manfaati va kelajagini hech qanday ahamiyati yoʻq.
Biz musulmonlar farzandlarimiz ham shu mustamlakachilarga qaram boʻlib, oʻz boyliklariga ega chiqolmay, bir burda non topish ilinjida sarson-sargardon boʻlib yurishlarini istamasak bu kabi mustamlakachilar va ularning yuvindixoʻr malaylari boʻlgan mahalliy hokimlarni ustimizdan qoʻporib tashlaydigan Xalifalik davlatini barpo qilish yoʻlida tinimsiz harakat qilishimiz shart. Xalifalik davlatigina nafaqat musulmonlarni, balki butun insoniyatni mustamlakachi kapitlistik tuzum zulmidan xalos etadi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.