YeOIIga aʼzo davlatlar orasida oziq-ovqat narxlari eng koʼp Qirgʼizistonda oshdi

130
0

YeOIIga aʼzo davlatlar orasida oziq-ovqat narxlari eng koʼp Qirgʼizistonda oshdi

Milliy statistika qoʼmitasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridagi 2021- yilgi iqtisodiy vaziyatning qiyosiy tahliliy maʼlumotlarini eʼlon qildi. Unga koʼra, oktyabr oyida Qirgʼizistonda YeOIIga aʼzo davlatlar orasida isteʼmol sektorida eng yuqori inflyatsiya darajasi qayd etilgan. Oktyabr oyida Qirgʼizistonda 2020-yilning dekabriga nisbatan inflyatsiya 7,9 %ni tashkil etib, eng yuqori darajaga chiqdi. Tovarlar, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari nirxlarini hisobga olganda 9,4 %ga oshgan.

Аrmanistonda inflyatsiya darajasi 4,2 %, Rossiyada 6,5 %, Qozogʼistonda 7 %ni tashkil etgan. Belorussiyada esa oziq-ovqat narxining oshishi hisobiga 9,3 %ga yetgan.

Qirgʼizistonda iyun oyida oziq-ovqat narxlari may oyiga nisbatan 19,5 %ga qimmatlagan. Qirgʼizistonda yoqilgʼi mahsulotlarining narxi ham oshishi kutilmoqda. Bu oʼz navbatida oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlarining narxiga taʼsir qilishi aniq. Rasmiy hisobotda umumiy inflyatsiya 7,9%ni tashkil etdi deyilgani bilan ayrim tovarlar 50%ga qadar qimmatladi.

Statistika qoʼmitasi 2016-2019-yillarda kam taʼminlangan oilalar daromadlarining 60 %ni oziq-ovqatga sarflagan boʼlsa, bu yil ularning barcha daromadlari oziq-ovqatdan oshmayotganini maʼlum qildi. Shu bilan birga qashshoqlik darajasi 25,3 foizga yetib, 8 foiz aholi ularning safiga qoʼshilish xavfi ostida turipti. Taqqoslash shuni koʼrsatadiki, daromadlarning kamayishi nafaqat oziq-ovqatga boʼlgan talabni kamaytiradi, balki odamlarning turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishiga toʼsqinlik qiladi. Sodda qilib aytganda, ular meva-sabzavot va goʼsht kabi vitaminlarga boy mahsulotlar sotib olishga emas, balki non va shakarga eʼtibor qaratadilar. Bunday inqiroz ishsizlar sonini ham oshirdi.

Hozir Qirgʼizistonda ham kapitalistik tuzum tatbiq qilinayotgan sababli kapitalistlar bunday qiyin vaziyatdan imkon qadar koʼproq daromad olishga harakat qilishmoqda. Maʼlumki, mamlakatimizdagi barcha boy kapitalistlar hukumat bilan bogʼliq. Savdo kabi daromadli sohalar mansabdor shaxslarga tegishli yoki ularning qarindoshlari yo yaqin odamlariga qarashli. Ular bu bizneslarini hukumatdagi taʼsirlari bilan himoya qilib kelishadi. Shu sababli oziq-ovqat sohasining har bir tarmogʼi kapitalistlar qoʼlida, boshqacha aytganda, monopoliya (ehtikor) qilib olingan. Ular narxlarni oʼzlari xohlagancha belgilashadi va vaziyat ogʼirlashganda koʼproq pul topish uchun narxlarni yanada oshirishmoqda.

Qirgʼiziston “uchinchi dunyo” davlatlaridan biri boʼlgani sababli BMT talablariga muvofiq agrar siyosati olib borishi shart. 2019-yili qishloq xoʼjaligi mamlakat Yalpi ichki mahsulotining 11,7%ni tashkil etgan. Bu koʼrsatkich yildan-yilga pasayib bormoqda. Masalan, 2013-yilga nisbatan 2,9%g pastlagan. Аmmo, qishloq xoʼjaligi ogʼir sanoatsiz rivojlanishi mumkin emas. Buni ogʼir sanoatda yetakchi boʼlgan davlatlarning qishloq xoʼjalik sohasida ham oldinda ekanligidan koʼrishimiz mumkin. Bu davlatlar qurol-yaroq va ogʼir texnikalar ishlab chiqarish bilan birga qishloq xoʼjaligi uchun zarur boʼlgan kombayn, traktor kabi zamonaviy texnikalar ham ishlab chiqaradi. Natijada bunday davlatlar qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini eksport qilish boʼyicha oldingi safga chiqqan. Ularga nisbatan, “uchinchi dunyo” davlatlari qishloq xoʼjalagi uchun zarur boʼlgan stanok va texnikalarni ishlab chiqara olmagani sababli qishloq xoʼjaligida ham ortda qolgan. Hatto, Qirgʼiziston kabi oʼz fuqarolarini ham asosiy oziq-ovqat bilan taʼminlay olmaydigan holatda. Bundan tashqari, ogʼir sanoatga asoslangan davlatlar qishloq xoʼjaligi sohasiga yiliga milliardlab dollar subsidiyalar ajratadi. Uchinchi dunyo davlatlariga import mollari kirib turishi uchun Jahon savdo tashkiloti tomonidan subsidiyalar ajratishga cheklov qoʼyilgan va oziq-ovqat mahsulotlari uchun bojxona toʼlovlari kamaytirilishi va cheklovlar olib tashlanishi shart. Qirgʼiziston kabi korruptsiyaga botgan hukumatlar bu talablarni ortigʼi bilan bajarishadi. Masalan, JST talablariga muvofiq qishloq xoʼjaligi mahsulotlarining stavkasi 12,2% boʼlishi kerak edi, ammo Qirgʼiziston bu stavkani 8,1%ga qadar tushirib berdi. Natijada qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini import qilish yil sayin oʼsib bormoqda.

Shuningdek, mustamlakachilik siyosati sababli bugun biz Rossiya taʼsiri ostidamiz. Iqtisodiy va siyosiy qarorlarimiz Rossiyaga bogʼliq. Rossiya oʼz hukmronligini mustahkamlash uchun turli siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohasidagi tashkilotlar orqali kishanlab olgan. Hozir benzin va dizel yoqilgʼisi narxini oshirish orqali bosim oʼtkazib, oziq-ovqat mahsulotlari narxi yanada oshishi arafasida turipti. Bu zoʼravon mustamlakachilik tufayli hatto, qoʼshni musulmon davlatlari bilan ham ochiq va erkin aloqalar oʼrnata olmaymiz. Oziq-ovqat tanqisligi yoki narxlar koʼtarilishining asl sababchisi bu ustimizda tatbiq qilinayotgan mustamlakachilik siyosati va ularga ittifoqdosh boʼlgan mahalliy amaldor va kapitalistlardir.

Demak, dunyo xuddi Qirgʼiziston kabi kapitalizmning adolatsizligidan azob chekmoqda. Insoniyatni bunday zulmdan faqat olamlar yaratuvchisi Аlloh tomonidan nozil qilingan Islom tuzumigina qutqaradi. Chunki, faqat Аlloh taologina odamlarning haq-huquqlarini toʼgʼri belgilaydi va bu huquqlar Uning shariati bilan himoya qilinadi. Shariat insonga kapitalizmdagidek “soliq toʼlovchi”, “saylovchi” yoki “ishchi kuchi” sifatida emas, balki inson sifatida qaraydi. Islom nazarida har bir tirik jon aziz. Davlatning asosiy vazifasi uning farovon yashashini taʼminlashdan iborat. Shuningdek, Islom mulk va boyliklarni har bir fuqarosiga taqsimlamaslikni muammo deb eʼtibor qiladi. Muammo davlatning qashshoqligida emas, odamlarning qashshoqligida. Kambagʼal, miskin va musofir xususida kelgan oyat va hadislar talay va xilma-xil. Ularda aynan mana shu muammodir, uni albatta hal etish shart, deya diqqatni qaratgan.

Аlloh taolo aytadi:

﴿وَمَا تُنفِقُوا مِنْ خَيْرٍ يُوَفَّ إِلَيْكُمْ وَأَنتُمْ لاَ تُظْلَمُونَ * لِلْفُقَرَاءِ الَّذِينَ أُحْصِرُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ﴾
“Infoq qilgan har bir yaxshiligingiz sizlarga zulm qilinmagan holida oʼzingizga toʼla-toʼkis qaytariladi. (Sadaqa-ehsonlar) Аllohning yoʼlida toʼsilgan kambagʼallarga beriladi” [Baqara 272-273]
Hadislarga kelsak, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bu haqda quyidagicha marhamat qildilar:

“Oralarida och-nahor kishi boʼla turib, toʼq holda tong ottirgan mahalla egalaridan Аllohning zimmasi koʼtarilgan boʼladi”.

Xalifalik davlatini butun tarixi mobaynida, hatto ogʼir davrlarida ham koʼchalarida tilanchilik qilgan gadoylar boʼlmaganini, u oʼz fuqarolarini oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, taʼlim, davolanish va xavfsizlik kabi barcha asosiy ehtiyojlarini taʼminlab qoʼyganini guvoh boʼlamiz. Bu Ummatning haqiqatda soliqchi davlat emas, gʼamxoʼr davlat boʼlgan Xalifalik soyasida yashagan zamonlarda boʼlgan.

Bugun butun dunyo soliqchi emas, gʼamxoʼr davlatga muhtoj. Tinch, xotirjam, sokin, farovon va koʼngillar toʼq bir hayot beruvchi davlatga muhtoj. Bu esa, Аllohga qasamki, Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati tomonidan tatbiq etiluvchi Islom tuzumidagina boʼladi.

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.