Xitoy Qirg‘izistonga ming tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsuloti jo‘natdi

137
0

Xitoy Qirg‘izistonga ming tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsuloti jo‘natdi

 Xabar: Xitoy hukumati Qirg‘izistonga 1150 tonna bug‘doy uni, 75 tonna shakar va 50 tonna soya yog‘idan iborat gumanitar yordamni etkazib berdi. Bu haqda 4 noyabr kuni Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

 58 ta konteynerda olib kelingan gumanitar yordam 5-25 oktyabr kunlari Bishkekdagi Davlat zaxiralari jamg‘armasi omborxonasiga joylashtirilgan. Mahsulotlar qirg‘iz hukumatining maxsus qarori chiqarilguniga qadar bu erda saqlanadi.

 Izoh: Shu yilning iyun oyida ham Xitoy Qirg‘istonga yordam tariqasida 40 ming tonna un, 20 ming tonna shakar, 20 ming tonna o‘simlik yog‘i va grant shaklida 350 million yuan (54 million AQSh dollari) bergan edi. Shuningdek, Xitoy yana insonparvarlik yordami sifatida koronavirusga qarshi “Sinopharm” vaktsinasidan 150 ming doza taqdim etgandi.

 Xitoy Qirg‘izistonga ko‘rsatayogan yordamlar bilan bir qatorda to‘xtab qolgan loyihalarini qayta tiklash masalasini ham hal etib kelmoqda. Masalan, Xitoy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtrilgan “Xavfsiz shahar” loyihasi kelasi yilning bahor oyidan ishga tushiriladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, bir vaqtlar aholining keskin qarshiligi ortidan to‘xtab qolgan Batken viloyati Qadamjoy tumanidagi Shambesoy oltin koni, Norindagi Solton-Sari oltin konida, undan keyin Jetim-Too temir konida xitoylik kompaniyalar faoliyatini qayta tiklash masalasi ham kun tartibida turibdi. Demak odatdagidek, Xitoy hukumati go‘yoki Qirg‘izistonga yordam berayotgandek ko‘rinib, er va tabiiy boyliklarni qo‘lga kiritishga urinmoqda. Buni un, shakar va o‘simlik yog‘i bilan yordam berish pardasi ortiga yashirmoqda. Bu xudosiz kommunistlarning “oshqozonni tuzoq qilib” xalqni boshqarish usuli bo‘lib, shu orqali iqtisodiy qiyinchiliklar iskanjasiga tushib qolgan xalqni aldash va o‘tgan yillar mobaynida o‘ziga qarshi shakllangan nafratni yo‘q qilishga urinishdan iborat.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.