Islomiy hayotni qayta boshlashning shar’iy tariqati

156
0

Islomiy hayotni qayta boshlashning shar’iy tariqati (5-qism).

“Xalifa” deb atalmish musulmonlar amiri bo‘lsin, hizb amiri bo‘lsin yoki safar amiri bo‘lsin, inson o‘ziga buyurilgan ishda o‘z amiriga itoat etishi vojibdir. Chunki, ma’siyatdan boshqasida amirga itoat etish dalillari omm bo‘lib kelgan. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – aytadilar;

السَّمْعُ والطَّاعَةُ علَى المَرْءِ المُسْلِمِ فِيما أحَبَّ وكَرِهَ، ما لَمْ يُؤْمَرْ بمَعْصِيَةٍ، فإذا أُمِرَ بمَعْصِيَةٍ فلا سَمْعَ ولا طاعَةَ.

 “Musulmon kishi modomiki ma’siyatga buyurilmas ekan, o‘zi yaxshi ko‘rgan narsada ham, yomon ko‘rgan narsada ham amirga quloq solishi va itoat etishi vojibdir. Agar ma’siyatga buyurilsa, quloq ham solmaydi, itoat ham etmaydi”. Buxoriy va Muslim rivoyati. Hadisi sharifdan ko‘zlangan ma’no shuki, ma’siyat qilishda siz amiringizga itoat etmaysiz. Biroq, ma’siyatdan boshqa ishlarda unga itoat etish vojibligacha qoladi. Negaki, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – aytadilar;

ألا مَن وليَ علَيهِ والٍ فرآهُ يأتي شَيئًا مِن معصيةِ اللَّهِ فليَكْرَهْ ما يَأتي مِن معصيةِ اللَّهِ ولا ينزِعَنَّ يدًا مِن طاعةٍ

“Ogoh bo‘linki, kimning ustiga bir voliy kelsa, bas uni Allohga ma’siyat bo‘lgan ishni qilayotganini ko‘rsa, uning qilayotgan ma’siyatini yomon ko‘rsin, biroq hech qachon unga itoat qilishdan bosh tortmasin”. Muslim, Ahmad va Dorumiy rivoyati. Ibn Yazid Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – dan so‘raydi; Yo Nabiyyalloh, nima deb o‘ylaysiz, agar bizlarga amirlar kelsalar, ular bizlardan o‘z haqlarini talab qilib olsalar, o‘zlari esa, bizlarning haqlarimizni bermasalar, shunda bizni nima qilishga buyurasiz?. Shunda Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – u kishidan yuzlarini burib oldi. So‘ngra xaligi kishi yana so‘radi. Oxiri  Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – dedilar;

اسمعوا وأطيعوا، فإنما عليهم ما حُمِّلُوا، وعليكم ما حُمِّلْتُم

“Quloq solib, itoat etinglar. Ular o‘zlariga yuklatilgan narsadan javob beradilar. Sizlar ham o‘zingizga yuklatilgan narsadan javob berasizlar”. Muslim va Termiziy rivoyati. Demak, amir ma’siyatga buyursa ham, ma’siyatni o‘zi qilsa ham ma’murlarining modomiki, ular uning amirligi soyasi ostida bo‘lar ekanlar, ma’siyatdan boshqa o‘rinlarda unga itoat etishlari vojibligicha qoladi. Bu hol umumiy amir bo‘lmish xalifagagina xos deb bo‘lmaydi, bu to‘g‘ri emas. Negaki, dalillarning lafzlari barcha amirlarni o‘z ichiga oladigan tarzda umumiy bo‘lib kelgan. Masalan, “Kim amiridan ma’siyat ishni ko‘rsa…”, “Kim amiriga itoat etsa…”, “Agar ortingga urilsa ham, moling tortib olinsa ham, amiringa quloq solasan va unga itoat etasan….” Mana shu oxirgi so‘z quyidagi hadisi sharifning bir bo‘lagidir, Huzayfa ibn Yamomiydan rivoyat qilinadi, u kishi aytadi;

قُلتُ: يا رَسولَ اللهِ، إنَّا كُنَّا بشَرٍّ، فَجَاءَ اللَّهُ بخَيْرٍ، فَنَحْنُ فِيهِ، فَهلْ مِن وَرَاءِ هذا الخَيْرِ شَرٌّ؟ قالَ: نَعَمْ، قُلتُ: هلْ وَرَاءَ ذلكَ الشَّرِّ خَيْرٌ؟ قالَ: نَعَمْ، قُلتُ: فَهلْ وَرَاءَ ذلكَ الخَيْرِ شَرٌّ؟ قالَ: نَعَمْ، قُلتُ: كيفَ؟ قالَ: يَكونُ بَعْدِي أَئِمَّةٌ لا يَهْتَدُونَ بهُدَايَ، وَلَا يَسْتَنُّونَ بسُنَّتِي، وَسَيَقُومُ فيهم رِجَالٌ قُلُوبُهُمْ قُلُوبُ الشَّيَاطِينِ في جُثْمَانِ إنْسٍ، قالَ: قُلتُ: كيفَ أَصْنَعُ يا رَسولَ اللهِ، إنْ أَدْرَكْتُ ذلكَ؟ قالَ: تَسْمَعُ وَتُطِيعُ لِلأَمِيرِ، وإنْ ضُرِبَ ظَهْرُكَ، وَأُخِذَ مَالُكَ، فَاسْمَعْ وَأَطِعْ.

“ Yo Rasulalloh, sallollohu alayhi va sallam, dedim, albatta bizlar yomonlikda edik, bas Alloh ta’olo bizlarga yaxshilikni olib keldi. Bizlar xozir shu yaxshilikdadirmiz. Aytingchi yo Rasulalloh, ushbu yaxshilik ortidan yana yomonlik keladimi? Shunda u zot; “Ha”, – dedilar. Shu yomonlik ortidan yana yaxshilik keladimi, dedim. U zot; “Ha”, – dedilar. Ushbu yaxshilik ortidan yana yomonlik keladimi,  dedim. U zot yana; “Ha”, -dedilar. “Mendan keyin mening hidoyatim bilan hidoyatlanmaydigan, mening sunnatim bilan yurmaydigan, qalblari inson jismidagi shaytonning qalblari bo‘lib ketgan imomlar-amirlar keladi”. Yo Rasulalloh, agar shunaqa zamonga to‘g‘ri kelib qolsam, men nima ish qilaman,- dedim. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam; “Agar ortingga urilsa ham, moling tortib olinsa ham amiringga quloq solasan va itoat qilasan. Bas, quloq sol va itoat et”. Muslim rivoyati.

Ushbu hadisi sharif imomlar-hokimlar va voliylar xaqida ularga xos lafzlar bilan gapirgandan keyin xoslashlikdan chekinib, lafzda har bir zolim amirni o‘z ichiga olishini ifodalash uchun gapni umumiylashtirdi. Hadisi sharif,  “Agar orqanga urilsa ham, moling tortib olinsa ham, amirga quloq solasan va itoat qilasan”, demoqda. Hadisi sharifda talaffuz qilingan “orqaga urish” va “molini tortib olish” xasr(faqat shu ma’nolarga cheklanish)ni ifodalamaydi. Balki, u ma’nan mutloqo zulmga dalolat qiladi, hadisning mazmuni mana shu. Nassdan tushinilgan mafhum – talaffuz etilgan mantuq(aytilgan so‘z) bilan birgalikda – nass buyurgan yoki qaytargan narsalarning ostiga kiradi. Tushinilgan mafhum faqat talaffuz etilgan mantuqqa xos bo‘lmaydi. Shuning uchun ham nassda itoat etishga amr etilingan amirga – garchi, u amir qilingan ishda sizga zulm etsa ham – itoat etish vojibdir. Guyo xalifa – amir sifatida – orqangizga urishi va molingizni tortib olishi bilan sizga zulm qilganidek,  armiya amiri ham sizni hibsga olishi yoki sizni haqorat qilishi bilan sizga zulm qilishi mumkin. Hizb amiri muxolif bo‘lmasangiz ham sizni ta’qib qilishi bilan sizga zulm qilishi mumkin. Shunday holatlarning hammasida modomiki, amir  ma’siyatga buyurmas ekan, unga itoat qilish vojibligicha qoladi. Agar uning o‘zi osiylik qilsa yoki sizni ham ma’siyatga buyursa yoki sizga zulm qilsa, sizga Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning mana bu so‘zlariga binoan, uni muhosaba qilishingiz vojib bo‘ladi;

ولتَأْخُذُنَّ عَلَى يَدِ الظَّالِمِ، ولَتَأْطرُنَّهُ عَلَى الْحَقِّ أَطْرًا، ولَتَقْصُرُنَّهُ عَلَى الْحَقِّ قَصْرًا

“… va albatta zolimning qo‘lidan tutasizlar va albatta uni haqiqat qolipiga solasizlar va uni albatta haqiqatga cheklab qo‘yasizlar”. Abu dovud rivoyati.  Bu bir tomondan.

Ikkinchi tomondan Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning “amirga quloq solasan va itoat qilasan”( تسمعُ و تطيعُ للأمير) degan so‘zlari jazm-sukun holatida emas,  marfu’ siyg‘asida rivoyat qilingan. Demak  bu jumla “jumlai shartiya” emas, talabga dalolat qiladigan “jumlai xabariya”dir. Bu jumla: “Amir senga zulm qilsa ham sen unga quloq solib, itoat qilasan”, degan ma’noni anglatadi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning mana bu so‘zi ham shu ma’noda;

السمع و الطاعة علي المرئ المسام فيما احب و كره

“Musulmon kishiga o‘zi yaxshi ko‘rgan narsada ham, yomon ko‘rgan narsada ham quloq solishi va itoat qilishi vojibdir”. Buxoriy va Muslim rivoyati. Shar’iy dalillarda taxsis-xoslashdan keyin ta’mim-umumiylashtirish keladi. Masalan, Alloh ta’olo aytadi;

وَكَتَبْنَا عَلَيْهِمْ فِيهَا أَنَّ النَّفْسَ بِالنَّفْسِ

“Va Biz ularga bu xaqda, albatta, jon evaziga jon deb yozib qo‘ydik”. (Qasosni vojib qildik).[5:45]. Alloh ta’olo Tavrotda Banu Isroilga uqubot berilishini xos shaklda bayon qilgandan keyin barcha insonlarga umumiy xitob qilib mana bunday dedi;

 فَمَن تَصَدَّقَ بِهِ فَهُوَ كَفَّارَةٌ لَّهُ ۚ وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ

“Bas, kim buni sadaqa qilsa, bu uning uchun kafforotdir. Kim Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritmasa, bas ular zolimdirlar”. [5:45].

Amirga itoat etishga buyuradigan dalillarning aksariyati bir amir qolib boshqa amirga cheklanmagan holda mutloq bo‘lib kelgan. Bu esa, agar amir zolim bo‘lsa ham, uni amir etguvchilarga yoqmaydigan sifatlarga ega bo‘lsa ham, shar’iy ahkomlar doirasida unga itoat etishning vojib ekanligiga dalolat qiladi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – aytadilar;

أوصيكم بتقوى الله، و السمع والطاعة، وإن تأمَّر عليكم عبد حبشي

“Sizlarni Allohdan taqvo qilishga va agar sizlarga habashlik qul amir bo‘lsa ham, unga quloq solib, itoat etishga vasiyat qilaman”. Termiziy rivoyati.

مَن رَأَى من أمِيرِهِ شيئًا يَكْرَهُهُ فلْيَصْبِرْ عليه

“Kim amiridan o‘zi yomon ko‘radigan narsani ko‘rsa, bunga sabr qilsin”. Buxoriy rivoyati.

Yoki amir butun manfa’atlarni o‘zlashtirib olsa va ularni o‘zi hamda jamoasi uchun ihtikor-monopoliya qilib olsa, shunda ham unga itoat etish vojib. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – aytadilar;

إِنَّكمْ سترونَ بعدي ، أثَرَةً وأمورًا تُنكِرونَها قالوا: يا رَسولَ اللهِ، كيفَ تَأْمُرُ مَن أدْرَكَ مِنَّا ذلكَ؟ قالَ: تُؤَدُّونَ الحَقَّ الذي علَيْكُم، وتَسْأَلُونَ اللَّهَ الذي لَكُمْ

“Albatta sizlar mendan keyin xudbinliklarni va sizlar yoqtirmaydigan ishlarni ko‘rasizlar. Shunda sahobalar, yo Rasulalloh, bizlardan kimimiz shu kunlarga etsak, siz bizlarni nimaga buyurasiz, dedilar. Shunda Rasululloh aytdilar; ustilaringizda vojib bo‘lgan haqlarini ado qilasizlar va o‘zlaringizni haqlaringizni esa, Allohdan so‘raysizlar”. Buxoriy va muslim rivoyati.

Biroq, quyidagi ikki holat amirga itoat etishni mutloqo chegaralaydi, ya’ni bu ikki holatda amirga umuman itoat etilmaydi; Birinchisi: amirning qo‘l ostida – kufrni tabanniy qilish yoki kufrga buyurish kabi – ochiq kufrning zohir bo‘lishi. Ubboda ibn Somitdan rivoyat qilinadi, aytadiki;

دَعانا النَّبيُّ صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ فَبايَعْناهُ، فقالَ فِيما أخَذَ عَلَيْنا: أنْ بايَعَنا علَى السَّمْعِ والطَّاعَةِ، في مَنْشَطِنا ومَكْرَهِنا، وعُسْرِنا ويُسْرِنا، وأَثَرَةً عَلَيْنا، وأَنْ لا نُنازِعَ الأمْرَ أهْلَهُ، إلَّا أنْ تَرَوْا كُفْرًا بَواحًا، عِنْدَكُمْ مِنَ اللَّهِ فيه بُرْهانٌ.

“Bizlarni Nabiy sallollohu alayhi va sallam chaqirdilar. Shunda, biz u zotga bay’at berdik. Bay’at chog‘ida bizlarga aytgan so‘zlari orasida mana bular ham bor edi; bizlar hursand bo‘ladigan o‘rnimizda ham, xafa bo‘ladigan o‘rnimizda ham, qiyinchilikda ham, engilchilikda ham quloq solib, itoat etishga, u zotni o‘zimizdan ustun tutishga, ish egalari bilan Alloh tomonidan ochiq kufrligiga hujjatimiz bo‘lmagan joyda ular bilan tortishmaslikka bay’at berdik”. Buxoriy rivoyati.

Amir – xoh omm, xoh xoss amir bo‘lsin – agar uning tomonidan yoki uning qo‘l ostidagilardan – ochiq kuft zohir bo‘lsa, unga itoat etish harom bo‘ladi. Uning amirligidan chiqib ketish yoki unga qarshi bosh ko‘tarish vojib bo‘ladi. Chunki “ish egalari bilan tortishmaslik”, degani xalifalik, da’vatni etkazish, safar qilish va shu kabi har qanday ishni o‘z ichiga oladi. Tortishish, degani amirga itoat etmaslik va unga qarshi chiqishni o‘z ichiga olgani kabi amirga til bilan qarshilik qilish va kurashishni o‘z ichiga oladi. Biroq, shuni yoddan chiqarmaslik lozimki, ochiq kufr, degani kufrligiga qat’iy dalil kelgan ochiq-aniq kufrdir. Negaki, hadisi sharifda; “Oldingizda Alloh tamonidan hujjatingiz bo‘lgan…”, deyiladi. Shunga ko‘ra, agar amir bir ishni tabanniy qilsa va uning kufr emasligiga shubha dalili bo‘lsa yoki uning kufrligiga keltirilgan dalil zonniy bo‘lsa, bu holda amirga qarshi chiqish yoki buyurilgan ishda amir bilan tortishish halol bo‘lmay qoladi. Bunday holda uning amirligi ostidagi kishilarga, unga itoat etishlari vojibligicha qoladi.

Ikkinchisi; agar amir  ma’siyatligida shubha bo‘lmagan ma’siyatga buyursa, bu holda unga itoat etish vojib bo‘lmaydi. Balki, ma’siyatda unga itoat  etish harom bo‘ladi. Negaki, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – marhamat qilganlar;

فَإذا أُمِرَ بِمَعْصِيَةٍ فَلا سَمْعَ وَلا طاعَةَ

“…Agar ma’siyatga buyurilsa, quloq ham solmaydi, itoat ham qilmaydi”. muttafaqun alayh.

Mana shu ikki holatdan boshqasida amirning amirlik vakolatlari doirasida, amir etib saylagan kishilar tomonidan amirga itoat qilish vojibligicha qoladi. Agar u umumiy amir bo‘lsa, unga qarshi chiqish yoki uning amirligidan chiqib ketish joiz bo‘lmaydi. Chunki xalifa bir zamonda bitta bo‘ladi, bir vaqtning o‘zida uning bir necha bo‘lishi mumkin emas. Kim xalifalikda isyon ko‘tarsa yoki musulmonlar jamoatini firqalamoqchi bo‘lsa, to u itoatga, jamoatga qaytmagunicha unga qarshi kurash qilinadi. Shunda ham o‘z bilganidan qolmasa, u qatl etiladi. Rasululloh – sallolhu alayhi va sallam – marhamat qiladilar;

من أتاكم وأمرُكُم جَمِيْعٌ على رجل واحد، يُريد أن يَشُقَّ عَصَاكُم، أو يُفَرِّقَ جَمَاَعَتَكُم، فاقتُلُوهُ

“Sizlar bir kishining qo‘l ostida birlashib jam’ bo‘lib turganingizda sizlarni isyon ko‘tarishingizni xohlab yoki jamoatingizni firqalarga bo‘lib yuborishni ko‘zlab, kim kelsa ham, uni qatl etinglar”.  Muslim rivoyati.

Ammo amir hizb amiri, safar amiri yoki delegatsiya amiri kabi xoss amir bo‘lsa, albatta unga itoat etish ham uning amirlik vakolati doirasida, ma’siyat va kufrdan boshqa o‘rinda vojibligicha qoladi. Negaki, bunday xoss amirga osiylik qilish ham harom sanaladi. Rasululloh – sallolohu alayhi va sallam – marhamat qiladilar;

ومَن يُطِعِ الأمِيرَ فقَدْ أطَاعَنِي، ومَن يَعْصِ الأمِيرَ فقَدْ عَصَانِي

“Kim amiriga itoat etsa, bas menga itoat etganidir. Kim amriga osiy bo‘lsa, bas menga osiy bo‘lganidir”. Buxoriy rivoyati.

Da’vat yukini ko‘tarish yuklatilgan mukallaf musulmonning – modomiki, hizb uning zimmasini(ya’ni zimmasidagi vojibni ado qilayotganini) oqlar ekan – bunday hizbdan chiqib ketishi joiz emas. Agar hizbdan chiqib ketishni xohlagan kishining gumoniga aynan mana shu hizbda faoliyat ko‘rsatish “mening zimmamni oqlamayapti, bu hizbda men din oldidagi o‘z burchimni to‘la ado eta olmayapman” degan o‘y g‘olib kelsa, ayni o‘sha g‘oyaga etkazadigan, shar’iy shartlari mukammal bo‘lgan boshqa hizbda Islom hayotini qaytadan boshlash uchun harakat qilishini maqsad qilgan holda o‘z faoliyatini davom ettirishi sharti bilan u hizbdan chiqishi mumkin. Yoki u ayni mana shu g‘oya-xalifalik davlatini tiklash orqali Islom hayotiini qayta boshlash g‘oyasini amalga oshirish uchun boshqa hizb tashkil etishga harakat qilishi lozim. Chunki, Islom aqidasi asosiga qurilgan hizblarning bir necha bo‘lishi Allohning quyidagi oyati karimasi ko‘ra joizdir;

وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ ۚ

“Sizlardan yaxshilikka da’vat qiladigan, ma’rufga buyuradigan va munkardan qaytaradigan bir ummat-jamoat bo‘lsin….”. [3:104]. Oyati karimadagi “Ummat” lafzi talab mazmunidagi “nakra” ismdir. Bunday nakra ism “Yagona Ummat” misolidagi “Yagona” kabi qandaydir bir qayd bilan cheklanmasa, u jinsni ifodalaydi. Shuning uchun oyati karimadagi “ummat” xech qanday qayd bilan qaydlanmay, mutlaq kelagani uchun undan  bitta ummat(jamoat)ni emas, balki ummat(jamoat)ning jinsi iroda qilinadi. Rasululloh – sallolohu alayhi va sallam – ning mana bu so‘zi ham shunga o‘xshaydi;

من رأى منكم منكراً فليغيره

“ Sizlardan kim munkarni ko‘rsa, bas uni o‘zgartirsin”.

Hadisi sharifdagi “munkar” lafzidan ham bitta munkar emas, balki munkar jinsi ko‘zda tutilgandir.

(«Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati» kitobidan).

(davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.