Falastindagi barcha guruhlar etakchilariga: asirlar, Isro maskani, Falastin va uning ahliga qilingan jinoyatlar sizning bo‘yningizda

0
258

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastindagi barcha guruhlar etakchilariga: asirlar, Isro maskani, Falastin va uning ahliga qilingan jinoyatlar sizning bo‘yningizda

Ey Falastindagi barcha guruhlar, harakat va partiyalar etakchilari!

Asirlar, Isro maskani, Falastin va uning ahliga qilingan jinoyatlar sizning bo‘yningizda, ularning taqdiri ham sizning qarorlaringizga bog‘liq. Siz bu yo‘lda juda katta sa’y-harakat va energiya sarflab, ular uchun barcha uslub-vositalarni sinab ko‘rdingiz, biz bunga guvohmiz.

Biroq, siz eng buyuk, eng foydali bir uslub-vositani sinab ko‘rmadingiz. Ehtimol u haqda fikrlab ko‘rgandirsiz, ammo tajribadan o‘tkazmadingiz. Ogoh bo‘lingkim, bu uslub musulmon armiyalardan nusrat va yordam talab qilish uslubidir. Shunday ekan, mana shu uslubni ham bir sinab ko‘ring, zero bu bilan hech narsani yo‘qotmaysizlar.

Ularga bunday deng:

Ey musulmon armiyalari: biz barcha kuchimizni sarflab, energiyamizni tugatib bo‘ldik. Ammo Falastin, mahbuslar hamda Payg‘ambarimizning Isro maskani hanuz asirlikda qolmoqda. Ular uchun Alloh Subhanahu va Taolodan keyin faqat va faqat siz qoldingiz. Bas, harakatga keling, erga shuncha yopishib olganingiz etar, istasangiz ham, istamasangiz ham qo‘zg‘aling, qurol-yarog‘u asbob-uskunalaringiz bilan chiqing, takbiru tahlillar bilan hamda yahudiylar arkonini titratgan holda muborak zamin tomon safarbar bo‘ling. Asirlarni ozod etmoq, Rosululloh ﷺning «فُكُّوا الْعَانِيَ asirni ozod etinglar», degan so‘zlariga muvofiq farzdir. Demakki, Falastin va uning ahlini ozod etmoq, Alloh Taoloning quyidagi kalomiga ko‘ra, sizning zimmangizdagi burchdir:

وَإِنِ اسْتَنصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ

«Agar ular din yo‘lida sizdan nusrat-yordam so‘rasalar, nusrat-yordam berish zimmangizdadir» [Anfol 72]

Biz sizga muntazirmiz.

Ey Falastindagi barcha guruhlar, harakat va partiyalar etakchilari:

Ushbu aytganlarimizni o‘z tajribangizda uslub sifatida bir sinab ko‘ring, zero, bu bilan hech narsani yutqazmaysizlar. Bu vazifani Ummat armiyalari zimmasiga yuklab qo‘yingki, insha Alloh ular sizlarni yordamsiz tashlab qo‘ymas. Biroq, ko‘p eshiklarni qoqqaningiz kabi, avvalo ularning ham eshigini bir qoqib ko‘ring.

Roya gazetasining 2021 yil 22 sentyabr chorshanba kungi 357-sonidan

Izohlar yo'q