Ey Rossiya uchun Falastinda rolь berilishini talab qilayotgan guruhlar, quyidagi xabarga bir boqing, shoyad saboq chiqarsangiz!

163
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Rossiya uchun Falastinda rolь berilishini talab qilayotgan guruhlar, quyidagi xabarga bir boqing, shoyad saboq chiqarsangiz!

«Maan» axborot agentligi (hijriy 1443 yil 16 safar, milodiy 2021 yil 9 sentyabr payshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi: Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvaning «Isroil» xavfsizligini ta’minlashda sodiqligini bildirdi. Lavrov «Bu erda ham xuddi «Isroil»ning xavfsizlik manfaatlari kabi qonuniy manfaatlar bor. Bu narsa biz uchun Suriya masalasi va boshqa nizolarda ham eng muhim ustuvor vazifalardan biri ekanini doim ta’kidlab kelganmiz…», deya qo‘shimcha qildi.

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi buni quyidagicha izohladi:

«Rossiya tashqi ishlar vaziri hech uyalmay, gapni o‘ramay va xushomad ham qilmay Rossiyaning yahudiy vujudi xavfsizligini ta’minlashini ochiq gapiryapti. Chunki u Falastin guruhlarini sariq chaqaga olmaydi. Bu guruhlar bo‘lsa, Moskvaga chopib borib, uni muborak Falastin zamini masalasida xolis, sherik va vositachi, deb bilishyapti. Holbuki, Rossiya uchun yahudiylar xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lib, ularning yurtimizni bosib olib turishlari Rossiya uchun birinchi bosqichdagi ishdir.

Bas, o‘zlarining bosh maqsadlari muborak Falastin zaminini to‘liq ozod etish ekanini iddao qilayotgan bu guruh va etakchilar Rossiyaning shunday ochiq bayonotidan keyin ham bu davlatning qonxo‘r qo‘llariga qo‘llarini berib ko‘rishishlariga nimani bahona qilisharkin?!

Falastin masalasining Ummat aqidasidan balqib chiqqan yagona echimi bor. Bu echim na Moskvadan, na Vashingtondan va na BMTning zulmatli yo‘laklaridan keladi. Bu echim bo‘yicha, xuddi Salohiddin Ayyubiy salibchilarni, Qutz esa mo‘g‘ullarni qo‘porib tashlagani kabi Ummat qo‘shinlari bosqinchi yahudiylarni bir harakatda va toabad ildizi bilan qo‘porib tashlash uchun harakatga keladi.

Roya gazetasining 2021 yil 15 sentyabr chorshanba kungi 356-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.