Hasina rejimi o‘zining sog‘liqni saqlash sohasidagi poraxo‘rligini yashirish maqsadida karantin siyosatiga o‘tmoqda

268
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hasina rejimi o‘zining sog‘liqni saqlash sohasidagi poraxo‘rligini yashirish maqsadida karantin siyosatiga o‘tmoqda

Bangladeshda koronavirus yuqtirganlardan yuzlabi kislorod jihozi va reanimatsiya bo‘limlarining etishmasligi oqibatida vafot etmoqda. Chunki insonlarni sariq chaqaga olmaydigan Hasina rejimi o‘tgan bir, bir yarim yil ichida sog‘liqni saqlash sohasida kerakli chora-tadbirlar qabul qilmadi. Buning o‘rniga, rejim tepasidagi darg‘alar tibbiy uskunalar va vaktsinalar sotib olish, degan hujjat bilan milliardlab mablag‘ni o‘zlashtirib olishdi. Sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘z muvaffaqiyatsizligini boshqaga yuklash uchun hukumat barcha ayblov toshini sistematik ravishda odamlarga otmoqda. O‘zining ularga majburan joriy qilayotgan toqat qilib bo‘lmaydigan karantinini oqlash niyatida axborot vositalari orqali go‘yo odamlarning sog‘liqni saqlash qonun-qoidalariga amal qilmayotganlari haqida xabarlar tarqatyapti.

Bu xususda Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Tinimsiz karantin choralari sababli yurt iqtisodi vayron bo‘ldi. Odamlar kunlik emish topish uchun katta qiyinchiliklarni boshda kechirmoqdalar. Hatto bolalariga ovqat topib edirolmayotgani yoki to‘lolmaydigan darajada qarzga botgani sababli ayrimlari o‘z joniga qasd qilmoqda. Bu hukumat esa, odamlarni bostirishda karantin siyosatini qo‘llash uslubidan foydalanyapti. Toki, odamlar karantinga olinib, asosiy ehtiyojlari bo‘yicha o‘z huquqlarini talab qilib namoyishga chiqisholmasin».

Matbuot bayonotida Bangladeshdagi quvvat ahliga murojaat qilinib, bunday deyildi:

«Ey armiya va xavfsizlik xizmatidagi xolis zobitlar! O‘z hayotlarini qutqarib qolish uchun ko‘chalarda namoyish qilayotgan och-nahor va ishsiz insonlar yo qamoqqa olinmoqdalar yoki jarimaga tortilmoqdalar. Bu Hasina rejimining tog‘utligidan boshqa narsa emas. Bas, bunday g‘ayriinsoniy qonun-qoidalarga amal qilish bilan sizlar ham rejim istibdodiga sherik bo‘lib qolmang. Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

«مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَراً فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيمَانِ»

«Kimda-kim bir munkarni ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin. Bunga qodir bo‘lmasa, tili bilan o‘zgartirsin. Bunga ham qodir bo‘lmasa, qalbi bilan o‘zgartirsin. Bu esa, imonning zaifidir». (Sahihi Muslim).

Roya gazetasining 2021 yil 25 avgust chorshanba kungi 353-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.