Saudiya-Amirliklar munosabatlari

282
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Saudiya-Amirliklar munosabatlari

Ustoz Hasan Hamdon qalamiga mansub

Fors Ko‘rfazi mintaqasi uzoq vaqt mobaynida, ayniqsa Usmoniy Xalifalik davlati tugatilgandan so‘ng inglizlar bosqinchiligi va siyosiy nufuzi ostida qoldi. Britaniya mintaqadan chiqib ketishga majbur bo‘lgan paytda u erda, xususan, neftь va gaz kabi katta boyliklari bo‘lgan, qabilaviy va mazhabparastlik nizolari bo‘lib turadigan hamda dengiz portlari joylashgan hududlarda chegara va demarkatsiyaga oid ulkan muammolarni qoldirib ketdi. Ya’ni, Britaniya istagan paytda bu muammolarni qo‘zg‘ata oladi. Jumladan, Kuvayt bilan Iroq o‘rtasida, Saudiya bilan Amirliklar o‘rtasida, Qatar bilan Bahrayn o‘rtasida, Saudiya bilan ko‘plab qo‘shni mamlakatlar o‘rtasida ayni muammolarni qo‘zg‘ashi mumkin.

Bu mustamlakachi davlat odatda shunday muammolarni qasddan qoldirib, kerak bo‘lgan paytda undan o‘zining siyosiy va harbiy aralashuviga bahona sifatida foydalanadi. U bu muammolarni o‘z aralashuvini oqlash uchun qo‘zg‘aydi. Bizga bu hol Shayba neft-gaz konida, Buraymiy vohasida va Saudiya-Amirliklar o‘rtasidagi ko‘plab masalalarda yaqqol ko‘zga tashlangan. Masalan, Buraymiy vohasi yoki Shayba konida yuz bergan narsa Britaniya kompaniyalari bilan AQSh kompaniyalari o‘rtasidagi kelishmovchilikdan kelib chiqqan. Biroq, Fors ko‘rfazidagi bunday muammolar ko‘p hollarda jamoatchilikka ko‘rsatilmagan hamda harbiy xarakterga ega bo‘lmagan. Faqat tarixdagi ayrim holatlardagina bunday tus olgan. Masalan, Saudiya 1974 yil Amirliklarni tan olmadi, qachon o‘zi qo‘ygan shartlarini qabul qilganidan keyingina tan oldi. Bu ishning sababi va muammolarning ulkan darajada rivojlanmaganligi boisi ayni davlatchalarning jilovi bitta tarafga, ya’ni Britaniyaga bog‘langaniga borib taqaladi. Muammolar qanchalik murakkablashmasin, murojaat qilinadigan joy bitta edi.

Lekin Saudiyada yangi davr boshlangach, tobelik va qaramlikda o‘zgarish yuz berdi. Bu o‘zgarish real manfaatlar va ulkan strategiyalardagi ziddiyat ortidan kelib chiqdi. Ayni ziddiyatlar sababli muammolar oshkor bo‘ldi, sababi yuzaga chiqdi va harbiy tahdidlar mavjudligi ko‘rindi. Masalan, Qatar bilan Saudiya o‘rtasida bo‘lgani kabi. Chunki Saudiyadagi yangi davr Amerikaning siyosatiga mos, eski mustamlakachining nufuziga zid ravishda mintaqaga etakchilik qilish davri bo‘ldi.

So‘nggi paytlarda Amirliklar bilan Saudiya o‘rtasida inqiroz yuzaga keldi va u iqtisodiy krizis sifatida targ‘ibot qilinmoqda. Biroq, aslida u iqtisodiy krizisdan kattaroqdir. Garchi nizoning bir tomoni neftь esa-da, ammo mavzu faqat bu emas. Shuningdek, garchi Yaman neftning nufuzli nuqtalardan biri bo‘lsa ham mavzu faqat Yaman ham emas. Balki ikki davlat o‘rtasidagi bu muammolar va krizislarning asl mohiyati siyosiy krizisdir. Ya’ni, mintaqada eski mustamlakachi bilan yangisi o‘rtasidagi kurash oqibatida yuzaga kelgan krizisdir. Lo‘nda qilib aytganda, Amerika Fors Ko‘rfazi davlatlarining yangi etakchiga, ya’ni Saudiyaga bo‘ysunishlarini xohlayapti. Zero, Ko‘rfazda bosh rolni Saudiyaga topshirdi. Butun Ko‘rfaz davlatlari Saudiyaning etagini tutishlari kerak. Bu narsa Saudiya etakchiligi borasida ayni davlatlarga hech qanday rolь berilmasligini taqozo qiladi. Boshqacha ibora bilan aytganda, hammalari Amerika istagan ishlarda Saudiyaga tobe bo‘lishlari kerak. Bu esa, Britaniya mutlaqo rozi bo‘lmaydigan ish. Ayniqsa, aksar davlatlar Britaniyaga tobe bo‘lgani uchun. Bunda ayni davlatlar Saudiyadan zaif bo‘lishining yoki Britaniya xalqaro sahnda zaiflashib qolganining farqi yo‘q.

Gap shundaki, Fors ko‘rfazi davlatlari Britaniyaning mintaqadagi manfaat va nufuzi uchun katta rolь bajarishar edi. Misol uchun, Qatar ma’lum rolni bajarar, Amirliklar, Kuvayt… ham boshqa alohida bir vazifalarni bajarardilar. Ular o‘rtasida ayrim masalalarda bir turli hamkorlik mavjud edi. O‘sha davrda Saudiya inglizlar nufuzi ostida bo‘lgan. Ummon ham ma’lum rolni ado etgan. Biroq, hozirda bu davlatlarning barchasi uchun yangi davr boshlandi, barchasi Saudiyaga va yangi nufuzga tobe bo‘lishlari va u istagan ishni bajarishlari shart qilinyapti. Chunki Saudiya hal qiluvchi rolni, mintaqaning etakchisi rolini o‘ynashi, boshqa davlatlar esa bajaruvchilik rolini o‘ynashlari kerak bo‘lyapti. Bunda Amerikadan boshqa hech bir davlatning sherikligi yoki manfaati bo‘lmaydi, faqat Amerika ruxsat bergan darajadagina bo‘lishi mumkin. Kim Saudiyaning etakchiligiga va yangi roliga rozi bo‘lmasa, u Qatar duch kelgan real tahdid va qattiq bosimga uchrashga tayyorlanaversin. Bu ish faqat Saudiya bilan Amirliklar o‘rtasidagina bo‘lmaydi, balki aylanib turibdi… Birinchi Qatar bo‘ldi, keyin Amirliklar bo‘lyapti, endi Kuvayt bo‘ladi va ishlar murakkablashishi kutilmoqda. Vaziyat bir oz tinchisa-da, ammo hammalariga mujda yuborilib bo‘ldi, hammalariga imkoniyat-fursat berildi.

Amerika siyosatini va Saudiya rolini obdan o‘rganish uchun bunday deymiz:

Fors ko‘rfazida yirik mablag‘ bor, neftь va gaz natijasida u erdagi davlatlar qo‘liga katta pul tushgan va ularni juda boy davlatlarga aylantirgan. Bu pullar ilgari Britaniyaga xizmat qilar edi. Boshqacha aytganda, agar davlat Britaniyaga tobe bo‘lsa, Britaniya manfaatiga, Amerikaga tobe bo‘lsa, Amerikaning manfaatiga xizmat qiladi. Qatar qo‘lidagi mollarning ham Britaniya yoki britaniyaliklarning mintaqadagi manfaatlariga xizmat qilganligiga aslo shubha yo‘q. Amirliklar ham shunday. Shuning uchun Amerika Qatar qo‘liga oqib kelgani kabi, Amirliklar qo‘liga oqib kelayotgan juda katta daromadni jilovlashni hamda Britaniya tomonidan ekspluatatsiya qilinishi to‘xtatishni istayapti. Demak, masala shaklan iqtisodiy bo‘lib ko‘rinsa ham, iqtisodiy emas, siyosiydir. Jilovlash jarayoni bir necha shakllarga ega bo‘ldi, jumladan, koronavirus sababli havo qatnovini to‘xtatish hamda Amirliklarga xuddi Efiopiya va Vьetnamga qilinganidek muomala qilinishi kabi. Fikrimcha, koronavirus bitta bahona bo‘ldi, xolos. Zero, havo qatnovining to‘xtatilishi katta iqtisodiy oqibatlarga olib keladi va bundan Amirliklar juda katta mablag‘ yo‘qotadi. Albatta, Saudiya ham bundan ziyon ko‘radi, ammo ikki davlat ko‘radigan ziyonda Amirliklarniki ancha ko‘p. Yana bir narsa, Saudiya mintaqadagi kompaniyalarga o‘z shtab-kvartiralarini Riyozga ko‘chirishga zimdan buyruq berib, bunga rozi bo‘lmagan kompaniyalar Saudiya imtiyozlaridan mahrum bo‘lishi bilan tahdid qildi. Binobarin, yirik kompaniyalar xavfli qarorga duch kelishyapti, oqibat esa aniq. Bu xuddi Amerikaning boshqa kompaniyalarga Eron bilan muomala qilmaslikni buyurib, aks holda AQSh bozorini qo‘ldan boy berasizlar, deya tahdid qilishiga o‘xshaydi. Ma’lumki, kompaniyalar Amirliklarning zaif bozorini deb, Saudiyaning yirik bozorini qurbon qilmaydilar, albatta. Bu ishning Amirliklarga ulkan xavf ekanligi ochiq ko‘rinib turibdi. Chunki uning iqtisodiy va moliyaviy oqibatlari bor bo‘lib, bu narsa Amirliklarning Ko‘rfaz mintaqasidagi muhim savdo markazi sifatidagi ta’siriga zarba beradi.

Shubhasiz, Amirliklarning bu kabi chora-tadbirlari Amerika manfaatlariga ochiqdan-ochiq zid. U koalitsiya bandiga binoan Amerika bilan ittifoqchi sifatida muomala qilayotgan esa-da, bu zohirda shunday. Aslida, Amirliklar Britaniyaning ko‘zi va qulog‘idir. U istagan ishlarni amalga oshiradi.

Demak, bugungi kundagi ayni krizis bir oz sokinlashsa-da yoki ommaviy axborot vositalarida u haqda ozroq gapirilayotgan esa-da, biroq kelgusida undan ham kattaroq krizislar bo‘lishidan va aslo tugamasligidan ogohlantirmoqda. Bu krizislar faqat quyidagi ikki holatdagina tugashi mumkin: yo mustamlakachilardan biri ikkinchisi ustidan o‘z manfaatiga erishadi yoki Alloh Islom Ummatiga ne’mat ato etadi. Bu esa, Ummatning o‘z roli va makonini qayta egallashi, mustamlakachilik va malaylarni yo‘q qilishi ne’matidir. Bu Allohga hargiz mushkul emas.

Roya gazetasining 2021 yil 11 avgust chorshanba kungi 351-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.