Afg‘oniston imperiyalar qabristoni bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi

0
411

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Afg‘oniston imperiyalar qabristoni bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi

Jarida veb-saytida (hijriy 1443 yil 5 muharram, milodiy 2021 yil 13 avgust juma kuni) quyidagi xabar nashr qilindi:

«Bugun juma kuni Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Afg‘onistondagi vaziyatni harbiy va jangovar yo‘l bilan hal etishning iloji yo‘qligini, chunki so‘nggi voqea-hodisalar va yurt boshdan kechirgan yomon xavfsizlik vaziyati shuni ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Boris Jonson Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun o‘z raisligida bo‘lib o‘tgan Favqulodda Milliy Qo‘mita (COBRA) yig‘ilishi ortidan bergan matbuot konferentsiyasida «Biz Buyuk Britaniya yoki boshqa kuchlarning Afg‘onistonda harbiy yoki jangovar echimni ishga solish imkoniyatlariga real qarashimiz kerak», dedi.

U bunday qo‘shimcha qildi: «Qilishimiz mumkin bo‘lgan ish Afg‘onistonni yana terrorizm o‘chog‘iga aylanishini oldini olish uchun mintaqadagi va butun dunyodagi biz bilan manfaatdor bo‘lgan sheriklarimiz bilan hamkorlik qilishdan iboratdir». Jonsonning ta’kidlashicha, uning mamlakati «So‘nggi yigirma yil ichida Afg‘onistonda o‘z askarlarini qurbon berish orqali erishgan, xususan, Al-Qoidaning G‘arbga qarshi hujumlarini to‘xtatishda qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan faxrlanadi».

Jonsonning ta’kidlashicha, kelgusi bir necha kuch ichida Qobuldagi elchixonadan britaniyalik diplomatlarni olib chiqib ketish va o‘tgan yigirma yil ichida xalqaro kuchlar bilan hamkorlik qilgan afg‘onistonlik xodimlarni Britaniyaga ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi.

Ilgari Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Afg‘onistonning «muvaffaqiyatsiz» davlatga aylanishi xavfi borligidan, bu holat Al-Qoidaning bu yurtda qayta paydo bo‘lishiga imkon berishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Kecha payshanba kuni Britaniya o‘zining Afg‘onistondagi diplomatik idorasidan britaniyalik va afg‘onistonlik xodimlarni Britaniyaga ko‘chirish amaliyoti xavfsizligini ta’minlashga yordam berish uchun o‘zining 600 nafar askarini Afg‘onistonga yuborgan edi».

Roya:

Ehtimol, Afg‘onistonning imperiyalar qabristoni bo‘lganini salibchi Britaniya va uning siyosatchilari boshqalardan ko‘ra ko‘proq bilsa kerak. Zero, o‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi asrlarda inglizlar kibri ayni shu zaminda sindirilgan edi. O‘tgan asrning saksoninchi yillarida ruslarning burni shu zaminda erga ishqaldi. AQSh va uning ittifoqchilari Tolibonning siyosiy ongga ega bo‘lmagan sanoqli rahbarlari bilan muzokara olib borilganidan keyin, shu kunlarda u erdan chiqib ketishmoqda. Afg‘onistondagi voqea-hodisalarni kuzatib boruvchilarga AQSh va uning ittifoqchilarining ayanchli mag‘lubiyati ochiq ma’lum bo‘lsa-da, agar Tolibon rahbarlari ular bilan muzokara stoliga o‘tirishmaganida, bu mag‘lubiyat yanada ochiq ko‘ringan bo‘lar edi.

Britaniya bosh vazirining bu bayonoti zimnida, undan oldin AQSh prezidenti Jo Baydenning bayonoti zimnida ularning Afg‘onistondagi omadsizlik va mag‘lubiyatlari yashiringan. Bu tabiiy, albatta. Chunki ular har qancha kuchli bo‘lishmasin, musulmonlarga, ayniqsa Afg‘onistondagi musulmonlarga qarshi kurashishga dosh berisholmaydi. Zero, sayyoh Ibn Battuta  Qobul va boshqa shaharlarga qilgan ziyorati chog‘ida afg‘onistonliklarga g‘oyat kuchli va zabardast, deya baho bergan. Bundan tashqari, kapitalistik sistemani yoyish uchun olib borilgan mustamlakachilik uslubi ham ularning muvaffaqiyatsizliklarini isbotlagan. Qaysi yurtni mustamlaka qilishmasin, u erga vayronagarchilik olib kelishadi… odamlarni qul qilishadi, boylik va resurslarini talon-toroj etishadi. Buning ziddi o‘laroq, buyuk Islom sistemasi fath etilgan o‘lkalarga hidoyat va adolat ulashgan va buning natijasida u erdagi aholi Islomni qanoat va aniq ishonch bilan qabul qilganlar. Mana, afg‘onlarga qarang, o‘z dinlari va yurtlarini mudofaa qilishda jonlarini bermoqdalar. Islom Afg‘onistonga hijratning birinchi yili kirib kelgandan beri u erdan chiqqani yo‘q va insha Alloh, hargiz chiqmaydi ham.

Ey Jonson, bu erdagi asosiy muammo senlar ko‘tarib kelgan kapitalistik sistemadir. Garchi Xalifalik davlatimizni ag‘darishganingdan xursand bo‘lsalaring-da hamda uning qayta barpo bo‘lishini oldini olishga harakat qilayotgan bo‘lishsang-da, biroq senlar mag‘lubiyat ortidan mag‘lubiyat zahrini totishda davom etajaksanlar, insha Alloh. Va nihoyat, Alloh Taolo o‘z izni ila, Islom Ummatiga albatta Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish orqali nusrat va g‘oliblik berajak. O‘shanda Xalifalikni o‘z ko‘zlaring bilan ko‘rib, uni daf qilolmaysanlar. Chunki Xalifalikdan qo‘rquv, hali u barpo bo‘lmasidanoq senlarni halok qilmoqda. Ammo u ertaga barpo bo‘lsa va senlarni o‘ldirish, xalqlaringni kapitalizmning zulmu zulmatidan Islom adolati va nuriga olib chiqish uchun diyorlaringga kirib borsa, qay ahvolga tushasanlar?!! Bu Allohga osondir.

Roya gazetasining 2021 yil 18 avgust chorshanba kungi 352-sonidan

Izohlar yo'q