Japarov ham o‘tmishdoshlari izidan bormoqda

344
0

Japarov ham o‘tmishdoshlari izidan bormoqda

 Chuy viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Chuy viloyati Alamudin tumanida Jalolobod viloyatida tug‘ilgan, Hizb ut-Tahrir tashkiloti ayollar qanotining faol a’zosi qo‘lga olingan. Qo‘lga olingan 41 yoshdagi A.B avval ham ikki marta sudlangan. A.B ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tganligi va ekstremistik mazmundagi materiallar tarqatgani aniqlangan. Mazkur fakt bo‘yicha Alamudin tuman IIBning jinoyat va huquqbuzarliklar yagona reestrida ro‘yxatga olinib, Qirg‘iziston jinoyat kodeksining 315-moddasi (ekstremistik materiallarni tayyorlash va tarqatish) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Alamudin tuman sudi A.Bga nisbatan ikki oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tayinladi.

 Amaldagi prezident Japarovga qadar hokimiyat tepasiga kelgan prezidentlar ham o‘zlarini boshqaruvdagi omadsizligi va mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy inqirozlardan xalqni chalg‘itishda “ekstremizm” va “terrorizm”ga qarshi kurashni qurol qilishgan edi. Masalan, Atambaev 2014-yili Rossiya bosimi ostida mamlakatni oddiy xalq uchun hech qanday manfaati bo‘lmagan EOIIga olib kirishi oldidan ayni usulni qo‘llagan va ojiza muslimalarga nisbatan “ov” boshlab yuborgan edi. 2014 yil 10 sentyabrda bo‘lib o‘tgan sud majlisida 1960 yil 16 noyabrida tug‘ilgan, ikkinchi guruh nogironi Qipchakboeva Sayraxon Kenjetaevna Bishkek shahar Birinchi may tuman sud tomonidan sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Mazkur sud ishida Qipchaqboeva bilan” 1986 yilning 17 martida Norin viloyatida tug‘ilgan, oilali, ikki yosh farzandni onasi O‘rozbekova Gulzina Qochqinovnaning ham ishi ko‘rib chiqilgan va uch yil muddatga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanib, bir yillik sinov muddati tayinlandi. Bulardan tashqari ayni shu yili Omonova Zulfiya ikki oylik qamoqdan so‘ng 50 ming somlik jarimaga tortilgan bo‘lsa, To‘xtaboeva Jumaziyo Suyutbekovna 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, 2014 yil 30 sentyabr kuni Jalolobod viloyatining Toshko‘mir shahrida “antiterror” amaliyoti doirasida bir nechta xonadonlarda tintuv ishlarini o‘tkazildi. Bu amaliyotlar natijasida 20 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 7 nafar ayol Hizb ut-Tahrir tashkilotiga a’zolikda gumonlanib qo‘lga olindi va ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 2014 yil 18 noyabr kuni Bishkek shahri va Chuy viloyatida Hizb ut-Tahrir tashkilotiga a’zolikda gumon qilingan bir nechta ojiza ayollar uyida tintuv o‘tkazildi.bularga qo‘shimcha, O‘sh viloyati Aravon tumanining Mang‘it qishlog‘ida tug‘ilgan, ayni vaqtda Bishkek shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan K.B, 1988 yili Norin viloyatining Ak-Talin tumanida tug‘ilgan va Bishkek shahrida yashab, maktab-gimnaziyada o‘qituvchilik qiluvchi J.A, Chuy viloyati Issiqota tumanida yashovchi, 1987 yili Issiqko‘l viloyati Tup tumanining Ichke-Suu qishlog‘ida tug‘ilgan J.Z hamda Bishkek shahar Jal kichik tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan K.Jlarning uyidan ham ekstremistik mazmundagi adabiyotlar topildi va ularga nisbatan turli jazolar tayinlandi…

 Atambaevdan hokimiyatni meros qilib olgan Jeenbekov ham Rossiya bosimi va xalqaro tashkilotlar ajratadigan yordamlarni qo‘lga kiritish uchun Islom va musulmonlarga, jumladan ayollarga qarshi kurash olib bordi. Jumladan 2017-yili O‘sh viloyati Qorasuv shahrida Qorasuv shahrida ziyofatga yig‘ilgan ayollar o‘tirgan uyga kuch organlarining qurollangan maxsus bo‘linmasi bostirib kirib, qonunga xilof ravishda ayollar olib ketildi. Ayollarga nisbatan jinoyat ishi ochilib, ayrimlari jarimaga tortildi…

 Islom va musulmonlarga qarshi kurash olib borgan Atambaev va Jeenbekovlar qanday oqibatlarga duchor bo‘lishganidan ibrat olmagan Japarov ham o‘tmishdoshlari izidan borib ayni kurashni davom ettirmoqda. Hokimiyat tepasiga kelishidan oldin “bir yilda mamlakat iqtisodini oyoqqa turg‘izaman, besh yilda Qirg‘izistonni qarz oluvchi davlatdan qarz beruvchi davlatga aylantiraman” deb katta va’dalar bergan Japarov iqtidorga kelganidan beri birorta va’dasini bajarmadi. Aksincha, u hokimiyatga kelganidan beri narx-navolar to‘xtovsiz oshib, oddiy xalqning turmush darajasi tushib, ishsizlik o‘sib, iqtisodiyot falaj holatiga tushib qoldi, xalqning hokimiyatga nisbatan ishonchi yo‘qolib bormoqda. Bundan tashqari, Japarov oldida xali Xitoy talab qilgan “aholining 70 foizini emlash” majburiyati ham turipti. Japarov ham bunday vaziyatdan xalq e’tiborini “ekstremizm” va “terrorizm” tahdidiga burish, Islomga qarshi kurashish uchun ajratiladigan moliyaviy yordamlarni qo‘lga kiritish orqali og‘ir iqtisodiy vaziyatdan chiqib ketishga intilmoqda.

Japarov rejimi mamlakatga millionlab va hatto milliardlab zarar etkazgan amaldorlarni “qustirish” evaziga ozodlikka chiqarayotgan ib yuboryapti. Bu “qustirilgan” mablag‘lar qaerga sarflanayotgani borasida aholiga biror ma’lumot berilgani yo‘q. Ammo, Robbim Alloh degandan, payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga nisbatan muhabbatdan boshqa aybi bo‘lmagan ojiza ayollarga qarshi turli xil bo‘htonlar bilan jinoyat ishi ochib, ta’qib qilishdan to‘xtamayapti.

 Ey Sadir Japarov, senga o‘tmishdoshlaring taqdiri ibrat bo‘lsin. Ojiza, mazluma muslimalarning duosidan ehtiyot bo‘l, zero mazlumning duosi bilan Allohning o‘rtasida parda yo‘q, pokiza muslimalardan qo‘lingni tort!

Turkiston

Alloh taolo aytadi:

وَالَّذِينَ يُؤْذُونَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ بِغَيْرِ مَا اكْتَسَبُوا فَقَدِ احْتَمَلُوا بُهْتَانًا وَإِثْمًا مُّبِينًا

“Mo‘min va mo‘minalarga, ular biror narsa qilmasalar ham ozor beradiganlar, batahqiq, o‘z ustilariga ochiq bo‘hton va gunohni olibdilar”. [33:58]

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.