HAR QANDAY VOQEʹLIKNING O‘Z EChIMI BOR

431
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

HAR QANDAY VOQEʹLIKNING O‘Z EChIMI BOR

Mo‘min hayotda duch kelayotgan muammo qarshisida hayron bo‘lib qolmaydi. Chunki Alloh Taolo har qanday insonning hayoti mobaynida to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ishlar va muammmolarning echimini bayon qilgan. Mo‘min shunga ishonadi, hamda har qanday holatda ham echimsiz qolmaydi. Dovdirab qolish, echim tapo olmaslik bu kofirlarning ishidir. Alloh Taolo aytadi:

وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ

“Biz sizga Kitob-Qur’onni barcha narsani bayon qilib beruvchi qilib nozil qildik”. [16:89]

To‘g‘ri, zohirda mo‘min bo‘la turib, ba’zi ishlarda nima qilishni bilmay qolishi ham mumkin. Unday kishilar johil (bilmaydigan) kimsalardir. Insonlar avvalambor o‘zlari duch kelgan ishning hukmini bilishlari kerak, keyin bilgan hollarida amal qilsalar taqvodor bo‘ladilar. Aksincha fosiq yoki munofiq hisoblanadilar. Chunki Alloh insonlardan ongli ravishda, bilib ibodat qilishlarini talab qildi.

وَاتَّقُوا اللَّهَ وَيُعَلِّمُكُمُ اللَّهُ

– „Allohdan qo‘rqingiz! Alloh sizlarga (haq-hidoyat yo‘lini) bildiradi“, [2:282]

ya’ni Alloh har qanday holatda bildiradi, sizlar esa undan taqvo qilinglar (qo‘rqinglar). Taqvodan avval ilm hosil bo‘lishi zarur. Chunki aqlga ayonki, halol haromni bilish asosida taqvoga buyuriladi. Bu esa amaldan avval uni bilish zarurligini ko‘rsatadi. Go‘yo Olloh:

وَاتَّقُوا اللَّهَ

– „Allohdan qo‘rqinglar! (ya’ni taqvodor bo‘linglar, fosiq bo‘lmanglar)“ [2:282]

degan paytda insonning xayoliga «Qanday qo‘rqamiz?» degan savol kelganu, unga javoban: «Alloh sizlarga bildiradi, shundan so‘ng taqvodor bo‘lasizlar», deganday. Xullas, amaldan avval ilm bo‘lishi zarur. Shuning uchun musulmon kishi avval bajarmoqchi bo‘lgan ishning hukmini bilishi va keyin unga kirishishi kerak. Ya’ni, bajarishdan avval uning shar’iy hukmini bilmog‘i farz. Chunki shar’iy hukmni bilmay turib unga amal qilib bo‘lmaydi. Mujtahid har bir ish-amalning hukmini Qur’on va hadislardan izlashi farz, Alloh Taolo aytadi:

فَإِنْ تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللَّهِ وَالرَّسُولِ

“Agar biror narsada talashib qolsangiz, uni Alloh va Rasuliga qaytaringlar”. [4:59]

Alloh aytadi:

وَمَا اخْتَلَفْتُمْ فِيهِ مِنْ شَيْءٍ فَحُكْمُهُ إِلَى اللَّهِ

“Nimada ixtilof qilsangiz uning hukmi Allohga (qaytadi)”. [42:10]

Dorqutniy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh(s.a.v) shunday deydi:

«كُلُّ أَمْرٍ لَيْسَ عَلَيْهِ أَمْرُنَا فَهُوَ رَدٌّ»

“Bizning unga amrimiz bo‘lmagan xar bir ish rad etilgandir”.

Shulardan, asos – shariatga ergashish va u bilan bog‘lanish ekanligi ma’lum bo‘ladi. Mujtahid bo‘lmagan kishi shar’iy hukmni bilish uchun u haqida so‘rashi kerak, chunki muqallid Allohning hukmlari-haqiqatlarni mujtahidlardan bilib oladi. Shar’iy hukmni so‘rab-bilish hamda unga amal qilish bilan taqvodor bo‘ladi. Alloh Taolo aytadi:

فَاسْأَلُوا أَهْلَ الذِّكْرِ إِنْ كُنْتُمْ لاَ تَعْلَمُونَ

– „Agar bilmasangiz, zikr ahllari (Qur’on va hadisni yaxshi bilgan)dan so‘ranglar“. [16:43]

Bu barchaga qaratilgan Alloh Taoloning umumiy xitobidir. Rasululloh(s.a.v) boshi jarohatlangan kishi haqidagi voqeada aytgan edilarki: «Agar (hukmini) bilmasalar, so‘ramaydilarmi?! Axir ojizlikning davosi so‘rashlik-ku!».

Demak, har bir ishning hukmi, echimi bor. Taqvodorlar o‘sha hukm-echimlar asosida har qanday holatda haq yo‘lni topib ketadilar, shariat talabini bajarib, taqvodor bo‘lishadi. Ammo ba’zi mo‘minlar borki, bilib turib, unga amal qilmaydilar. Bu qilmishlaridan Alloh Taolodan qo‘rqmaydilar. Ular ham Xitoydan kelgan hansular emas, dindosh brodalarimiz, aka-ukalarimiz. Lekin Allohning „Allohdan qo‘rqinglar! (ya’ni taqvodor bo‘linglar, fosiq bo‘lmanglar)“ [2:282] degan ogohlantirishiga e’tibor berishmaydilar. Ular brodarlarining yordamiga muhtoj kimsalar. Ularni shariatda fosiq yoki fojir deyiladi. Allohga, U Zot har bir narsaning hukmini, echimini bayon qilganini inkor qilganlar, unga ishonmaganlar kofirlardir.

Oramizda shunday kimsalar borki, ular o‘zlarini zohirda ishonganlardan, amal qilganlardan qilib ko‘rsatadilaru, lekin aslida haqni qabul qilmaydilar, ular munofiq (ichi kofir, tashqi ko‘rinishi musulmon) kimsalarir. O‘zlarini haqqa bo‘ysunivchilardan, musulmonlardan qilib ko‘rsatishadilar, hatto ba’zilari o‘zlarini musulmonlarning etakchisi qilib ko‘rsatadilar, hamda insoniyatga yaxshilik olib keluvchilardan deb hisoblashadi. Aslida ular, hatto o‘z yo‘llarini topa olmaydigan eng tuban kimsalardir. Alloh Taolo aytadi:

وَمِنْ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ آمَنَّا بِاللَّهِ وَبِالْيَوْمِ الْآخِرِ وَمَا هُمْ بِمُؤْمِنِينَ * يُخَادِعُونَ اللَّهَ وَالَّذِينَ آمَنُوا وَمَا يَخْدَعُونَ إِلَّا أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ * فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ فَزَادَهُمْ اللَّهُ مَرَضًا وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ بِمَا كَانُوا يَكْذِبُونَ * وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ لَا تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ قَالُوا إِنَّمَا نَحْنُ مُصْلِحُونَ * أَلَا إِنَّهُمْ هُمْ الْمُفْسِدُونَ وَلَكِنْ لَا يَشْعُرُونَ * وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ آمِنُوا كَمَا آمَنَ النَّاسُ قَالُوا أَنُؤْمِنُ كَمَا آمَنَ السُّفَهَاءُ أَلَا إِنَّهُمْ هُمْ السُّفَهَاءُ وَلَكِنْ لَا يَعْلَمُونَ * وَإِذَا لَقُوا الَّذِينَ آمَنُوا قَالُوا آمَنَّا وَإِذَا خَلَوْا إِلَى شَيَاطِينِهِمْ قَالُوا إِنَّا مَعَكُمْ إِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِئُونَ * اللَّهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ وَيَمُدُّهُمْ فِي طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ * أُوْلَئِكَ الَّذِينَ اشْتَرَوْا الضَّلَالَةَ بِالْهُدَى فَمَا رَبِحَتْ تِجَارَتُهُمْ وَمَا كَانُوا مُهْتَدِينَ

Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, o‘zlari mo‘min bo‘lmaganlari holda «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik», deydilar. Ular Allohni va iymonli kishilarni aldamoqchi bo‘ladilar va o‘zlari sezmaganlari holda faqat o‘zlarinigina aldaydilar. Ularning dillarida maraz bor edi, bas Alloh marazlarini yanada ziyoda qildi. Ular uchun qilgan yolg‘onlari sabab alamli azob bordir. Ularga: «Er yuzida buzg‘unchilik qilmanglar», deyilsa, «Biz isloh qiluvchilarmiz», deydilar. Ogoh bo‘lingizkim, ular albatta buzg‘unchilardir, lekin o‘zlari buni sezmaydilar. Ularga: «Mana bu kishilardek iymon keltiringlar», deyilsa, «Shu pastkashlarga o‘xshab mo‘min bo‘lamizmi?» — deydilar. Ogoh bo‘lingizkim, ularning o‘zlari tuban kimsalardir, lekin buni bilmaydilar. Iymon keltirgan zotlarga yo‘liqqanlarida: «Biz ham iymon keltirdik», deydilar. O‘zlarining shaytonlari (boshliqlari) bilan xoli qolganda esa: «Biz albatta sizlar bilan birgamiz, faqat (ularning ustidan) kulmoqdamiz, xolos», deyishadi. Alloh ularning ustidan kuladi va o‘z tug‘yonlarida adashib-uloqib yurishlarini davomli qiladi. Ular haq yo‘lning o‘rniga zalolatni sotib olgan kimsalar bo‘lib, bu savdolarida foyda qilmadilar va to‘g‘ri yo‘lga yuruvchilardan bo‘lmadilar [2:8-16]

Agar Allohga, U Zot har bir narsaning hukmini, echimini bayon qilganiga ishonsalaru, lekin echimni aqllaridan yoki o‘z xohish-istaklaridan olsalar fosiq bo‘ladilar. Har bir insonni shariat asosida kim ekanini bilib olish mumkin. Taqvodorlar shariatga to‘la rioya qiladilar. Unga rioya qilmayotganini eslatilsa, darhol Allohga tavba qiladilar. Bu borada fikrat (o‘zi uchun bo‘lgan) ahkomlari bilan tariqat (Islomni hayotda bor bo‘lishi uchun bo‘lgan) ahkomlarini o‘rtasida farq yo‘q, hatto tariqat ahkomlari bir necha barobar ustun turadi. Masalan: bir rahbar masjidlarda oldingi saflarda besh mahal namozni ado qilsa, oilasi uchun nafaqani oliy darajada ta’minlasa, yaxshi er yoki g‘amxo‘r ota bo‘lishi mumkin, lekin zimmasidagi musulmonlar ishini boshqarish, shariatni ularga tatbiq qilish borasidagi shariat talablarini bajarmasa, Ummat barbod bo‘ladi, hatto oilasi ham bu balodan omonda qolmaydi. Shuning uchun bunday fosiqlarning ziyoni nafaqat o‘ziga va oilasiga, balki butun Ummatga tegadi. Islom olimlar bilan amirlarning shariatga rioya qilmasliklarining ziyonini Ummatga juda qatta ta’siri bor deb biladi. Bu ma’noni Rosululloh (s.a.v) shunday ifodalaganlar: «Ikki toifa insonlar borki, agar ular tuzalib o‘nglansalar, insonlar ham o‘nglanadilar. Agar ular buzilsalar, insonlar ham buziladi. Ular ulamolar va amirlardir». Lekin munofiqlarni qalblar egasi bo‘lgan Allohdan boshqa hech kim bilolmaydi.

Kofirlarni to‘g‘ri echimga olib kelish uchun ular bilan aqida borasida, aniqrog‘i Alloh Taoloning borligi va har bir narsaga echim berganligi borasida aql asosida bahs qilish kerak. Ularda aql bo‘lgani uchun bu bahs o‘z samarasini beradi. Chunki inson tug‘ilib, voyaga etgunicha unda ta’sirlanish qobiliyati mavjud bo‘ladi. Ota-onasi yoki atrof-muhitidagi hukmron kufr fikrlari unga ta’sir qiladi. Ular shu fikrlarni yoshligidan yaxshi fikrlamay, ota-onasiga ishongani bois, “mana shugina haqiqat” deb qabul qilib olgan bo‘ladi. Shuning uchun u boshqa fikrlarni xato, noto‘g‘ri fikrlar, deb, faqatgina o‘zinikini to‘g‘ri fikrlar degan e’tiborda qaraydi.

Insonda ta’sirlanish bo‘lganidek, ta’sir qilishlik qobiliyati ham mavjudir. Lekin inson qachonki bir fikrga ega bo‘lib, o‘z fikrini boshqalarning fikrlaridan ustun qilishga harakat qilsagina bu qudratga ega bo‘la oladi. Shu o‘rinda bir fikrlab ko‘raylik: odamlar sizga nima sababdan ergashsinki?! sizga yoshlik chog‘idagi kabi tushunmasa ham ergashishi uchun siz ularning ota-onasi bo‘lmasangiz yoki sizga maymunlardek ergashishi uchun hayotda siyosiy, iqtisodiy jihatlarda ustunligingiz bo‘lmasa yoki kuch bilan ergashtiradigan armiyangiz bo‘lmasa, nimangizga ergashsin, menga aytingchi? Endi har qancha fikrlamasin to‘g‘riligi oshkor bo‘ladigan, Alloh Taolo tomonidan nozil bo‘lgan, kitoblarimizda hayotiy qilib ijtihod orqali o‘rganilgan fikrlarni halq tushunadigan tarzda yaxshilab o‘rganib, o‘zlashlashtirib olsangiz sizni qabul qilish uchun sizda kuchli asos mavjud bo‘ladi. Ana o‘shandagina siz ta’sir o‘tkazuvchi shaxsga aylanasiz. Kuchli fikr bu chuqur (har bir narsa haqida imkon qadar oxirigacha) fikrlash bo‘lib, u to‘g‘rilikka va odamlarni qanoatlantirishga eng yaqin bo‘lgan fikrdir. Lekin undan ham kuchliroq bo‘lgan va o‘zidan keyin hech qanday kuchli fikr bo‘lmagan, ya’ni ayni haqiqat bo‘lgan bir fikr borki, u yorqin fikr va to‘g‘ri fikrdir. Aynan shu fikrlar Qur’on va hadislarda bayon qilingan. Mana shunga ishongan, hamda chuqur va yorqin fikrga ega bo‘lgan kishi odamlarga ta’sir o‘tkaza oladi. Chunki xozircha bizda ularga ta’sir o‘tkazadigan fikrdan boshqa asos yo‘q. Kimiki insonlarga ta’sir o‘tkazishni maqsad qilsa, avvalo asosiy fikrdan boshlab, inson hayotida duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha fikrlarni bilishi zarur. Ya’ni insonlar o‘z hayotida asoslanayotgan fikrlar mavzularida chuqur va yorqin fikrlashi, so‘ng o‘sha mavzudagi odamlar ko‘tarib yurgan fikrlarning xatosini yaxshi bilishi, aslida bu borada insonlar qanday fikrni qabul qilishlari kerakligini, xullas bu sohadagi haqiqat nimadan iborat ekanini yaxshilab o‘rganishi kerak. Masalan: Rosululloh (s.a.v.) davrlarida butlarni aqida sifatida qabul qilishgan. Obro‘li kishilar qizlarini tiriklayin ko‘mish, ayollarni xo‘rlab, hayvonlardek muomilada bo‘lish, qullarga hayvonlardanda pastroq darajada ko‘rish kabi buzuq fikrlar mavjud edi. Qur’oni Karim o‘sha insonlarni shu haqida fikrlashga chorladi:

وَإِذَا الْمَوْءُودَةُ سُئِلَتْ * بِأَيِّ ذَنْبٍ قُتِلَتْ

–“Tiriklay ko‘milgan (har bir) qizdan qanday gunoh sababli o‘ldirilgani so‘ralganida”. [81:8-9]

يَاأَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ

“Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishinglar (do‘st-birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlilaringiz taqvodorrog‘ingizdir. Albatta Alloh bilguvchi va ogohdir”. [49:13]

Fikr – shunday narsaki, unga unamagan, uning asosidagi xulosalarga bo‘ysunmaganlar hayvonlar kabidir. Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ شَرَّ الدَّوَابِّ عِنْدَ اللَّهِ الصُّمُّ الْبُكْمُ الَّذِينَ لَا يَعْقِلُون

—“Albatta, aqlini ishlatmasdan kar va soqov bo‘lib olgan kimsalar Allohning nazdida eng yomon hayvonlardir”. [8:22]

Bilib turib haqqa unamaganlarni Qur’onda kitob ortilgan eshak deb sifatlagan. Alloh Taolo aytadi:

مَثَلُ الَّذِينَ حُمِّلُوا التَّوْرَاةَ ثُمَّ لَمْ يَحْمِلُوهَا كَمَثَلِ الْحِمَارِ يَحْمِلُ أَسْفَارًا

بِئْسَ مَثَلُ الْقَوْمِ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِ اللَّهِ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ

“Tavrot yuklangan – berilgan, so‘ngra uni ko‘tara olmagan (ya’ni uning ko‘rsatmalariga amal qilmagan) kimsalarning misoli xuddi kitoblarni ko‘tarib ketayotgan eshakka o‘xshaydi (ya’ni, uning vazminligidan charchab-toladilaru, ammo u Kitobning ichidagi narsalardan foydalanmaydilar). Allohning oyatlarini yolg‘on degan qavmning misoli naqadar yomondir. Alloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas!” [62:5]

O‘sha davrdagi insonlar, asosan o‘sha fikrlar asosida insonlarga rahbar bo‘lib olgan kaltabin qallob rahbarlar bu yangi fikrlardan o‘zlariga hatarni sezishib, unga qarshi kurashga otlandilar. Lekin chuqur yoki yorqin fikrga ega bo‘lmagan unday kimsalar yuzaki fikr yuritadigan bo‘lganliklari sababli odamlarga ta’sir o‘tkazish uchun va ularni o‘z irodasiga bo‘ysundirish hamda qabilachilik, qarindosh-urug‘chilik nizolarini qo‘zg‘ab, haqiqatlardan chalg‘itish uchun yolg‘onchilik, makru xiyla, aldamchilik, firibgarlik, vijdonni pulga sotish, kuch va zo‘ravonlik ishlatish kabi aldash uslublariga tayandilar. O‘zlarini nohaq ekanini yaxshi bilganliklari bois fikriy bahslardan qochardilar. Haqiqatlar yuzaga chiqib qolishidan qattiq qo‘rqardilar. Shuning uchun haqiqatlarni o‘rganishdan, ular arab bo‘lib, Qur’ondagi haqiqatlarni bevosita xabardor bo‘lishlariga imkoni borligi uchun hatto Qur’onga quloq solishdan ham man qilardilar. Maqsadlari haqiqatlardan imkon qadar to‘sish, o‘zlaridagi nohaqliklar asosidagi hukumronligini davom ettirish edi.

Hozir esa butlarga asoslanish deyarli yo‘q bo‘lish darajasida, Obro‘li kishilar qizlarini tiriklayin ko‘mish, ayollarni xo‘rlab, hayvonlardek muomilada bo‘lish kabi buzuq fikrlar mavjud emas. Rasmiy qullar yo‘q, qullik bekor qilingan. Lekin undanda battarroq jirkanch fikrlar mavjud: demokratiya, din hayotdan ajratilishi kerak yoki olamda tan olingan normativlar, zamonaviy iqtisodiy, ijtimoiy, ta’lim-tarbiya sistemalari kabi buzuq asosiy fikrlar borki, bu fikrlar insonlarni hayvonlar darajasidanda pastroq yashash tarziga tortib bormoqda. Ular ilmiy yutuqlarga erishganligi tufayli, hamda siyosiy maydonda etakchilik qilishayotgani bois bizga ergashish tugul, quloq solishlari ham amri mahol.

Shuning uchun kofirlarni va ularga ko‘r-ko‘rona ergashayotganlarni haqqa etalamoqchi bo‘lgan har qanday siyosatchi shu buzuq fikrlarni xatosini aql asosida ochib berish uchun ularning asoslarini o‘rganishi kerak. Keyin ularni aqliy dalillar asosida shu fikr egalariga ko‘tarib yurgan fikrlari buzuq fikrlar ekanini ochib berish, hamda aynan shu mavzu’dagi to‘g‘ri fikrlarni ularni aqli ko‘taradigan qilib bayon qilib berish bilangina kufrlaridan qaytarib, Islom tomon etaklashlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun demokratiyaning aqlga zid joyini yoki boshqaruv, iqtisod, ijtimo tuzumlarining asosi, siyosati xato ekanini ochib berish va Islomdagi boshqaruv, iqtisod, ijtimo tuzumlarining asosi ham, undagi har bir hukm ham — har bir narsani bilguvchi bo‘lgan — Haq Taolo tarafidan ekanini bayon qilish bilan ularga hujjat qoim bo‘ladi.

Haqiqatlarni boshqalarga etkazishdan avval o‘zimiz unga amal qilishimiz shart, ya’ni Ummatga Islominglarni o‘rganinglar, har bir ishinglarni shar’iy hukmlar asosida bajaringlar, uning uchun Islomdagi hukmlarni: iqtsodini, ijtimosini, boshqaruvini va hokazolarni yaxshilab o‘rganib, o‘sha hukmlar, yo‘llanmalar asosida hayotinglarni o‘tkazinglar deb xitob qilishdan avval o‘zimiz shularga amal qilishimiz kerak. Usoma ibn Zayd (r.a.) rivoyatida Payьambar (s.a.v) shunday deganlar:

«يُؤْتَى بِالرَّجُلِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ, فَيُلْقَى فِي النَّارِ, فَتَنْدَلِقُ أَقْتَابُ بَطْنِهِ, فَيَدُورُ بِهَا كَمَا يَدُورُ الْحِمَارُ بِرَحَاهُ, فَيَجْتَمِعُ إِلَيْهِ أَهْلُ النَّارِ, فَيَقُولُونَ: أَيْ فُلاَنُ مَا شَأْنُكَ؟ أَلَيْسَ كُنْتَ تَأْمُرُ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَى عَنْ الْمُنْكَرِ؟ فَيَقُولُ: بَلَى, قَدْ كُنْتُ آمُرُكُمْ بِالْمَعْرُوفِ وَلاَ آتِيهِ وَأَنْهَاكُمْ عَنْ الْمُنْكَرِ وَآتِيهِ»

«Qiyomat kunida bir kishi olib kelinib, do‘zaxga tashlanadi. «Qornining bukurlari chiqib qolib, o‘shalarning atrofida eshak tegirmon atrofida aylangandek aylanib yuradi. Uning yoniga do‘zaxiylar to‘planib kelishib: «Ey falonchi, senga nima bo‘ldi, sen yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarar eding-ku!», deyishadi. Shunda u: «Ha, shunday qilar edim, ammo men yaxshilikka buyurardim-u, o‘zim qilmasdim, yomonlikdan qaytarardim-u, o‘zim qilardim», deb javob beradi» (muttafaqun alayh).

Bular kofirlarga nisbatan qilinadigan ishlardir. Ammo mo‘minlarning hammasi ham taqvodor emaslar, ya’ni hozirda Allohning hukmlarini bilib unga buysunuvchilar juda oz. Ulardan bilib turib unga amal qilmaydiganlari ham talaygina. Lekin ko‘pchiligi bilmaydigan kimsalar-johillardir. Ular ham ikkiga bo‘linadi:

Bilmasligini biladigan johillar. Bu turdagi insonlar asli toza insonlar bo‘lib, ularga haq etkazishi bilan taqvodorlardan bo‘lishlariga umid katta. Ular bilmalinliklari uchun gunohkor ham bo‘lmaydilar. Alloh Taolo aytadi:

وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّى نَبْعَثَ رَسُولًا

“Payg‘ambar yubormagunimizcha azoblovchi bo‘lmadik”. [17:15]

Ularning bilmasligiga bizlar javobgarmiz, biz ularga etkazmaganimiz uchun javob beramiz. Alloh Taolo aytadi:

لِئلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَى اللَّهِ حُجَّةٌ بَعْدَ الرُّسُلِ

“Rosullardan keyin odamlarga Alloh ustidan xujjat bo‘lib qolmasligi uchun”. [4:165]. Ammo har bir narsani Alloh Taolo bayon qilgan va inson Alloning amru-nahiylari asosida hayot kechirishlari kerakligini aqliy va naqliy dalillar bilan etkazganimizdan keyin bilmasliklari uchun o‘zlari javobgar bo‘ladilar. Bizdan javobgarlik ko‘tariladi, chunki Alloh ta’olo aytadi:

فَاسْأَلُوا أَهْلَ الذِّكْرِ إِنْ كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

“Agar bilmasanglar zikr ahlidan ya’ni Qur’on va hadisni bilganlardan so‘ranglar”. [16:43] [21:7]. Rasululloh (s.a.v) Abu Dovudning Jobirdan rivoyat qilgan tayammum xaqidagi hadisida shunday dedi:

«أَلاَ سَـأَلُوا إِذْ لَمْ يَعْلَمُوا فَإِنَّمَا شِفَاءُ الْعِيِّ السُّؤَالُ»

“Bilmasalar, so‘ramabdilarda. Chunki, johillik(bilmaslik)ning davosi so‘rashdir”. 2. Bilmasligini bilmaydigan johillar. Ularga avvalo bilmasliklarini tushuntirish kerak. Agar qalbi toza bo‘lsa bilmasligini tan oladida, haq tomon yuzlanadi. U ham birinchi toifadagi bilmasligini bilganlar qatorida bo‘ladi. Ammo bilmasligini etarlicha tushuntirilgandan keyin ham bilmasligini tan olmaydigan, qalbida marazi bor johillar haqqa yurishlari qiyin bo‘ladi. Ularni haqqa etaklash ancha mushkul. Ularni haqqa etaklash uchun bir mavzu’da Alloh Taolo tomonidan kelgan haqni tan olgunlaricha bahslashish, bahs tamomiga etmaguncha sabr qilish bilan undagi kibr (haqqa unamaslik) kirligini asta sekin tozalash bilan haqqa etaklash mumkin bo‘ladi.

Haqni bilib turib unga rioya qilmaydiganlar esa fosiqlardir. Undanda jirkanchlirog‘i haqqa qarshi tirg‘ibot ishlarini qiluvchilar bo‘lib, ular fojirlar deyiladi. Ulardan shar’iy hukm so‘rab bo‘lmaydi, ishlarga guvoh qilinishi ham noshar’iy bo‘lib qoladi. Bunday kimsalarning gaplariga ham ishonib bo‘lmaydi. Ularning gaplarini teshirib, haq ekanini bilgandan keyingina qabul qilish joiz. Allo Taolo aytadi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ جَاءَكُمْ فَاسِقٌ بِنَبَإٍ فَتَبَيَّنُوا

“Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar!” [49:6]

Endi fosiqlarni haqqa etaklash uchun bo‘lgan Islomning echimi ular bilan do‘stlik muomilalarini uzish bo‘ladi. Shunda ular Alloh Taolodan qo‘rqmasalar ham Ummat ichida yolg‘izlanib qolishdan qo‘rqqanliklari sababli shariat talablariga rioya qilishga majbur bo‘lishadi. Do‘stona munosabatlarni uzmasligimiz bilan biz ulardan farqsiz osiylardan bo‘lib qolamiz. Shariat talabini bajarmagan bo‘lamiz. Chunki dustlikni davom ettirishimiz, noshar’iy ishlarga rozi bo‘lib, shu holda davom etishimiz Alloh Taoloning la’natiga va g‘azabiga duchor bo‘lishimizga sabab bo‘ladi, Alloh saqlasin. Zotan, Rasululloh (s.a.v) Abu Mas’ud (r.a)dan rivoyat qilingan hadisda aytadilarki: «Bani Isroilga eng avvalo kirgan nuqson shu ediki, bir kishi boshqa kishiga yo‘liqqan paytda: «Ey falonchi, Allohdan qo‘rqqin va bu qilayotgan ishingni tashlagin, chunki bu narsani qilish sen uchun halol-durust emas», der edi. So‘ng ertasi kuni u bilan uchrashgan paytda uni yana o‘sha holatda ko‘rar edi. Lekin bu narsa u bilan birga eb-ichishdan, birga o‘tirishdan qaytarmas edi. Bas, ular shunday qilishgach, Alloh ularning ba’zilarining qalblarini ba’zilari bilan urdi». So‘ngra Rasululloh (s.a.v) ushbu oyatni tilovat qildilar:

„Bani Isroildan kofir bo‘lgan kimsalar Dovud va Iso binni Maryam tilida la’natlangandir. Ularning la’natlanishiga sabab qilgan isyonlari va tajovuzkor bo‘lishganidir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish! Ulardan ko‘plari kofir bo‘lgan kimsalarni do‘st tutganlarini ko‘rasiz. Ularga havoyi nafslari naqadar yomon narsani — Allohning g‘azabini keltirdi. Endi ular abadiy azobda qoluvchidirlar. Agar Allohga, Payg‘ambariga va unga nozil qilingan kitobga iymon keltirganlarida edi, ularni do‘st tutmagan bo‘lur edilar. Lekin ulardan ko‘plari itoatsiz kimsalardir“. [5:78-81]

So‘ngra shunday dedilar: «Yo‘q, aslo, Allohga qasamki, sizlar albatta yaxshilikka buyurasizlar va yomonlikdan qaytarasizlar. Sizlar albatta zolimning qo‘lidan ushlaysizlar va uni haqqa burilishga majbur qilasizlar va albatta uni haqqa mahkam bog‘lab qo‘yasizlar. Yoki albatta Alloh ba’zilaringizni ba’zilaringiz qalbi bilan uradi, so‘ngra ularni la’natlaganidek, sizlarni ham la’natlaydi». Hadisga e’tibor bersak, fosiqlarning eng zararlisi bo‘lgan zolimlarni ham haqqa majburlab qo‘yishni talab qilmoqda. Aks holda biz ham Allohning g‘azabiga duchor bo‘lamiz, la’natiga haqli bo‘lib qolamiz, Alloh saqlasin.

Demak, taqvodorlardan bo‘lishimiz uchun avvlo haqiqatlarni Alloh Taolo bayon qilgandek, Rosuli (s.a.v) etkazgandek o‘rganishimiz kerak. Aks holda nohaq narsani haq deb bilib olib, o‘zimizni ham boshqalarni ham adashtiramiz, bizga ishongan insonlarga xiyonat qilamiz. Insonlarni taqvodor bo‘lishlari uchun esa, avvalo ularga haqiqatlarni ro‘yi-rost, Qur’on va hadislardan sahih ijtihod bilan bayon qilinganidek etkazishimiz shart. Buni yo‘li avvalo Islomni yaxshi o‘rganishimiz. Albatta, bu o‘rganish Islomni yaxshi bilgan o‘rgatuvchi bilan bo‘lishi shart, aksincha “Islom (fikrat va tariqat)ni o‘rganish mustaqil ham bo‘ladi, lekin muallimsiz, o‘z holicha o‘rganish ham etarli” deb bilish Alloh Taoloning amriga xilofdir. Chunki Alloh Taolo “Qur’on”ni arab tilining ustalariga muammolarini echib beruvchi qilib, arab tilida nozil qilishi bilan birga Rosululloh (s.a.v)ni ularga Qur’onni ta’lim berishi va bayon qilib berishini zimmasiga yukladi va bu vazifa Rosululloh (s.a.v)dan keyin merosho‘rlariga qolgan:

وَأَنزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ

„Odamlarga nozil qilingan narsalarni bayon qilib berishingiz uchun Sizga bu eslatmani — Qur’onni nozil qildik“. [16:44]

Sahobalar – Alloh ulardan rozi bo‘lsin – arablar edi. Arab tili ularning ona tili edi. Ular arab tilini nozik, atroflicha tushunadigan olimlar edi. Qur’on nozil bo‘layotganda ular Rosululloh (s.a.v) bilan birga edilar, u kishidan ajramasdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v) hodisalar haqidagi Allohning hukmini ularning ko‘z o‘ngida bayon qilar edi. Ular shariatni atroflicha biluvchi ulamolar ham edilar. Islomni o‘rganishdagi ta’lim ishiga beparvo bo‘lib qolmasliklari uchun sahobalarga qarata Alloh Taolo ushbu oyatni nozil qilgan:

وَمَا كَانَ الْمُؤْمِنُونَ لِيَنفِرُوا كَافَّةً فَلَوْلَا نَفَرَ مِنْ كُلِّ فِرْقَةٍ مِنْهُمْ طَائِفَةٌ لِيَتَفَقَّهُوا فِي الدِّينِ

وَلِيُنذِرُوا قَوْمَهُمْ وَلِيُنذِرُوا قَوْمَهُمْ إِذَا رَجَعُوا إِلَيْهِمْ لَعَلَّهُمْ يَحْذَرُونَ

– “Mo‘minlarning barchasi birdaniga jihodga chiqishlari joiz emas. Ulardagi har bir guruhdan bir toifa jihodga chiqib, qolganlari dinni o‘rganib, jihodga ketganlar qaytganda o‘zlari o‘rgangan narsalarni ularga ham o‘rgatsalar bo‘lmaydimi? Shoyad ular ham Allohdan qo‘rqarlar”. [9:122]

Islomni kufr xohlagandek, ularni maqsadlariga muvofiq, Islom asoslariga zid bo‘lib qolmasligi uchun yoki har kim o‘z bilganicha o‘rganyapman deb, Islomni “buzmasligi” uchun Amirimiz, shar’iy hukmga muvofiq asosiy kitoblarni: — Halqaga mushriflik qilish faqat saqofiy va idoriy jihatdan mushriflik qilishga qodir bo‘lgan kishiga topshiriladi- deb ham saqofiy, ham idoriy tomondan qodir mushrif bilan o‘qib chiqishni amr qildi, ular o‘n uchta bo‘lib, bularni mushrif bilan o‘qib chiqmagan hizbiy gunohkor bo‘ladi, taqvodorlardan bo‘lolmaydi. Chunki bu qaror amirga itoat bo‘lib, unga xilof ish tutish fosiqlik-munofiqlikning alomatidir. Taqvodorlarga eslatma kifoya, unga aniq echim, hatto echimlar to‘la bayon qilinganligiga ishonadilar. Ular Allohga tavukkul qilib, Uning g‘azabidan qochib, rizosiga, zulmatdan yuz o‘girib, nurga intiladilar. Ammo munofiqlar esa, “o‘ylanib ko‘raychi, bundan qochish yo‘li bormikin” deb turib qoladi, chunki u Islomni da’vo qilib qo‘yganda. Mo‘minlar: «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat O‘zingga kaytajakmiz» deb, shar’iy hukmga taslim bo‘lishadi.

G‘arib Muslim

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.