O‘zbekiston ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish milliy strategiyasini tasdiqladi

0
639

O‘zbekiston ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish milliy strategiyasini tasdiqladi

 O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 1 iyuldagi farmoni bilan “2021−2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston respublikasi Milliy strategiyasi” tasdiqlandi.

 Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

 – ekstremizm va terrorizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish maqsadida vatanlarvarlik, an’anaviy qadriyatlar va bag‘rikenglik mafkurasini targ‘ib qilish;

 – voyaga etmaganlar va yoshlar orasida ekstremizm va terrorizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish;

 – ayollar huquqlarini himoya qilish hamda ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish;

 – uzoq muddat xorijda bulgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish;

 – internet jahon axborot tarmog‘idan ekstremistik va terrorchilik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish;

 – fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga keng jalb qilish;

 – ekstremistik va terrorchilik harakatlarini sodir etganlik hamda ularni moliyalashtirganlik uchun huquqiy ta’qib va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish;

 – ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

 – ushbu sohadagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish.

O‘zbekiston ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashning muhimligini hisobga olib, quyidagilarni vazifalarni amalga oshirishni muhim deb hisoblaydi:

– ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy asoslarini takomillashtirishga ko‘maklashish;

– diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, shuningdek, chet elga uzoq vaqtga ketayotgan hamda yashab kelayotgan fuqarolar bilan shug‘ullanuvchi boshqa idoralarning kadrlar salohiyati va resurslarini mustahkamlash;

– boshqa davlatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish.

 Izoh: Mulhid kommunistik tuzum 75 yil davomida olib borgan qatag‘on siyosatiga qaramay O‘zbekiston musulmonlarini Islom e’tiqodidan qaytara olmadi. Kommunistik tuzum so‘nggida hokimiyat tepasiga kelgan, O‘zbekiston “mustaqillikka erishgach” 25 yil mobaynida O‘zbekistonni zulm va qo‘rqitish bilan boshqargan Karimov ham Islom va musulmonlarag qarshi qatag‘on siyosatni davom ettirdi. Uning prezidentligi davrida qanchadan-qancha Islom olimlari jismonan va nomnishonsiz yo‘q qilindi, kamoqqa tashlandi, ayrimlari o‘z dini va hayotni saqlab qolish uchun chet elga qochib chiqib ketishga majbur bo‘lishdi. Ammo, qonxo‘r Karimov ularni xorijda ham tinch qo‘ymadi. Maxsus xizmatlar orqali ularning joniga suyiqasdlar uyushtirdi. Karimov boshqaruvi davrida Islom va musulmonlarga qarshi kurash yangi bosqichga chiqdi. Hatto xudosizlar tuzumi ham indamagan ayollarning ro‘moli, erkaklarning saqoli-yu oq do‘ppisigacha qarshi kurashdi. Har qanday islomiy ko‘rinish va qadriyatlarga qarshi ayovsiz kurash olib bordi. 

 Karimov harom o‘lgach hokimiyat tepasiga kelgan Mirziyoev tashabbusi bilan uyushtirilgan Qur’on musabaqasida O‘zbekiston bo‘ylab minglab murattab qorilarning ishtirok etishi Mirziyoev hamda Islom va musulmonlarga qarshi qatag‘on siyosat olib borishda yahudiy Karimovga elkadosh, uning qo‘l va ayoqlari bo‘lgan DXX (sobiq MXX) va kuch organlarini shoshtirib qo‘ydi. Karimovning 25 yillik qatag‘on siyosati ham o‘zbek musulmonlarining e’tiqodlaridan qaytara olmagani ularning esini og‘dirib qo‘ydi. Shu sababli ham Qur’on musobaqasi tugashi bilanoq qorilar taxsil olgan “noqonuniy hujralar” ovi boshlanib ketdi. Yuzlab “noqonuniy hujralar” topilib, ustoz qorilar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortildi. Hatto, Qur’on musobaqasida ishtirok etgan murattab qorilarga qarshi jinoiy ish ochilib, ayrimlari sohta ayblovlar bilan ozodlikdan mahrum etildi.

 O‘zbekiston muslmonlariga qarshi olib borilgan shuncha yillik shafqatsiz kurash ham ularni e’tiqodidan yuz o‘girishga majbur qila olmayotgani, musulmonlar o‘z hayoti, moli, sog‘lig‘i, ozodligi va xotirjamligini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsada, Islomni xuddi cho‘g‘ni ushlagandek ushlab kelayotganlari, Mirziyoevni bir vaqtlar o‘zi bekor qilgan “qora ro‘yxatni” qayta tiklashga majbur qildi.

 Mirziyoev 2019 yil 4 sentyabrь kuni 4437m soni bilan rasmiylashtirilgan maxfiy qarorni imzolab, maxsus xizmatlar va kuch organlariga butun mamlakat bo‘ylab yangi maxsus ro‘yxat tuzishga topshiriq berdi.

 Ushbu ro‘yxatga quyidagilar kiritildi:

 1. Xorijdagi urushlar davom etaëtgan nizoli hududlarda ekstremistik guruhlar tarkibida faoliyat yuritaëtgan shaxslar ro‘yxati;

 2. Professional sportchilar orasidan turli diniy mutaassiblik¸ beo‘xshov soqol qo‘yish¸ hijob kiyish¸ tatuirovka chizdirish kabi illatlarga moyilligi bor shaxslar ro‘yxati;

 3. Xorijga diniy ta’lim olish maqsadida chiqib ketgan voyaga etmaganlar¸ chet eldagi diniy ta’lim muassasalarini bitirib qaytgan shaxslar ro‘yxati;

 4. Diniy mutaassiblikka moyilligi bo‘lgan aëllar ro‘yxati;

 5. Xorijda ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxati;

 6. Xorijdan mamlakatga olib kirilaëtgan diniy mazmundagi ramz va belgili ashëlar ro‘yxati;

 7. Adliya idoralari ro‘yxatidan o‘tmagan va maqsadli foydalanilmaëtgan norasmiy masjidlar ro‘yxati;

 8.Terrorchilik va ekstremistik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilaëtgan veb-saytlar¸profillar va ijtimoiy tarmoqdagi kanallar ro‘yxati.

 Mirziyoev ham xuddi Karimov kabi Islom dini va mafkurasiga qarshi olib borayotgan kurashida mag‘lubiyatga uchrashiga hech bir shubha yo‘q. Shu sababli Mirziyoev ham xuddi o‘tmishdoshi kabi xalqni qo‘rquv ostida ushlab turish, ularni bosh ko‘tarishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun “terrorizm” va “ekstremizm” vahimasidan foydalanmoqda hamda kuzda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlaridan keyingi repressiyaga zamin tayyorlamoqda.

 Karimov “milliy mafkura yarataylik” deb o‘lib ketdi. Vatanparvarlik, millatchilik hech qachon nafaqat butun insoniyatni, hatto bir zaminda yashayotgan turli xil xalqlarni birlashtirishga yaramaydi. Vatanparvarlik mafkurasini oladigan bo‘lsak, bu mafkura bir vatandagi xalqlarni faqat urush holatidagina etaklashga qodir bo‘lishi mumkin. Insoning aksar hayoti urushlardan holi, tinch o‘tgani sababli bu mafkurani tinchlik holatida hech ahamiyati yo‘q. Qolaversa, bir vatan ravnaqi uchun boshqa vatanda yoshayotganlar hech qachon harakat qilmaydi. Masalan, O‘zbekiston xalqi “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat” deb qancha ayuxannos solishmasin, Qirg‘iziston yoki Tojikiston vatandoshlari uchun buni hech qanday qiymati bo‘lmaydi. Bu vatanda yashayotganlar O‘zbekiston kelajagi uchun hatto barmoqlarini ham qimirlatib qo‘yishmaydi. Milliy mafkura esa hatto vatanparvarlik mafkurasidan ham tuban bo‘lib, bir vatanda yashayotgan turli xil millat vakillarini ham birlashtirishga qodir emas. Chunki, hech bir millat o‘zining ustidan boshqa millat hukmron bo‘lishini xohlamaydi. Aksincha, bu mafkura bir vatanda yashayotgan turli millatlar o‘rtasidagi mojarolar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 Mirziyoevning Islom dini va mafkurasi qarshisida mag‘lub bo‘lganini Islom dinini mafkura sifatida ko‘tarib chiqayotgan Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasiga ochiqchasiga tuhmat qilishga o‘tib olganida ko‘rish mumkin. Hatto, Islom va musulmonlarga qarshi e’tiqodiy dushman bo‘lgan, musulmonlarga qarshi shafqatsizlarcha kurash olib borgan yahudiy Karimov boshqaruvi davrida ham Hizb ut-Tahrir terrorchi tashkilot deb atalmagan edi. Mirziyoev esa Rossiya izidan borib Hizb ut-Tahrirga terrorchi tashkilot tamg‘asini bosishga behuda urinmoqda.

 Xulosa qilib aytganda, malay hukmdorlar targ‘ib qilayotgan vatanlarvarlik, an’anaviy qadriyatlar va bag‘rikenglik mafkurasi kabi balandparvoz shiorlar o‘z hokimiyatlari mustahkamlash, taxtdagi umrini uzaytirishga bo‘lgan harakatdan boshqan narsa emas. Insonlarni millati, irqi va yashayotgan makonidan qat’iy nazar etaklash va birlashtirishga qodir yagona to‘g‘ri mafkura bu – Islom mafkurasidir. Faqat shu mafkuragina nafaqat musulmonlarga, balki butun insoniyatga xotirjamlik, faravonlik va taraqqiyotni kafolatlab berishga qodirdir.

 Abdurahmon Odilov

Izohlar yo'q