G‘arbdagi musulmon yoshlardan musulmonlar qo‘shinlariga uch turli savol

0
316

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

G‘arbdagi musulmon yoshlardan musulmonlar qo‘shinlariga uch turli savol

Ustoz Sayyid Fahd qalamiga mansub

Biz G‘arbdagi musulmon yoshlar bosqinchilikka qarshi kurashish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qildik. Yaqinda sizlar minglab yoshlarning bir qancha namoyishlar uyushtirishlariga, elektron ijtimoiy tarmoqdagi o‘z minbarlaridan foydalanishlariga, hatto mana shunday sharafli pozitsiyalari sababli o‘qishlardan ham haydalishlariga guvoh bo‘lasizlar.

Biz G‘arbdagi musulmon yoshlar to Falastin yahudiylardan ozod etilib, ularning iflosligidan tozalanmaguncha, 70 yildan ziyod vaqtdan beri muborak zaminni ishg‘ol qilib turgan yahudiy vujudi bilan Islom Ummati o‘rtasidagi har qanday sulhga qarshimiz. Ushbu muborak zaminni ozod etmoq Turkiya, Misr, Sudan, Tunis, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya kabi islomiy yurtlardagi musulmon qo‘shinlar zimmasiga tushmoqda.

Ey musulmon qo‘shinlar!

Biz sizning G‘arbdagi aka-uka va opa-singillaringiz sizga quyidagi oddiy uchta savolni yo‘llamoqchimiz:

Birinchi savol:

Nahotki, qalblaringiz toshdan bo‘lsa?!

Qornida bolasi bor singlingizni xarobalar ostida orzu-umidlari bilan birga ko‘milib ketganiga ichingiz og‘rimayaptimi?!

O‘g‘il-qizlarimizning o‘z onalari bag‘riga chopayotib, tanalari har tomonga sochilib ketganidan dillaringiz yaralanmayaptimi?!

Ey musulmon qo‘shinlar, nahotki sizda habibimiz va qoidimiz Rosululloh ﷺni qizg‘anish yo‘q bo‘lsa?!

Aqso masjidimiz Rosululloh ﷺning barcha anbiyolarga namozda imomlik qilgan dargoh emasmi?!

Bu anbiyolar xushu ila namozda turgan dargohda yahudiylarning kekkayib, faxrlanishidan qanday ko‘z yummoqdasiz?!

Rosulullohning tilovatini eshitib anbiyolar yuraklari zir-zir titragan bir zaminni shu yahudiylarga qanday qo‘yib beryapsiz?!

Nabiy ﷺning muborak yuzlari sajda qilgan pokiza makon yahudiylar tomonidan toptalishiga qanday qo‘yib beryapsiz?!

Nahotki, bu hodisalarning barchasi sizning ko‘z o‘ngingizda bo‘lyapti?! Qalbingiz toshdan ham qattiq bo‘lib ketdimi?!

ثُمَّ قَسَتْ قُلُوبُكُم مِّن بَعْدِ ذَلِكَ فَهِيَ كَالْحِجَارَةِ أَوْ أَشَدُّ قَسْوَةً

«Shundan keyin (shularni ko‘rganingizdan keyin ham) dillaringiz tosh kabi yoki undan-da qattiq bo‘ldi» [Baqara 74]

Ikkinchi savol:

Nahotki, Alloh Subhanahu va Taolo bilan qilgan ahd-paymoningizni buzdingiz?!

Ey musulmon qo‘shinlar! Siz ushbu buyuk Ummatning qo‘shini safiga qo‘shilganingizda, aslida, 1400 yildan beri davom etayotgan va qiyomatga qadar davo etadigan jihod karvoniga qo‘shilgansiz… Malay ruvaybiza hukmdorlaringizga bo‘ysunib, kofir mustamlakachilar chizib bergan milliy chegaralaringizni qo‘riqlashga ahd-paymon qilmagansiz, balki Allohga bo‘ysunib, xizmat qilishga ahd-paymon qilgansiz.

Ummatingizdan uyalmayapsizmi, axir, u sizga ishonib, umidini bog‘lagan edi, sizni yordamga chaqirmoqda, sizdan nusrat so‘ramoqda… Axir, Alloh Azza va Jalla

وَإِنِ اسْتَنصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ

«Agar ular din yo‘lida sizdan nusrat-yordam so‘rasalar, nusrat-yordam berish zimmangizdadir» [Anfol 72] demoqda.

Robbingiz o‘z diniga va bandalariga yordam berish uchun sizni jang qilishga buyurib, bunday degan bo‘lsa-yu, nahot U zotdan xijolat bo‘lmaysiz?!:

وَمَا لَكُمْ لاَ تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللّهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاء وَالْوِلْدَانِ الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْ هَـذِهِ الْقَرْيَةِ الظَّالِمِ أَهْلُهَا وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيّاً وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيراً

«(Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va «Parvardigoro, bizni egalari zolim bo‘lgan bu shahardan ozod qil va bizga o‘z huzuringdan bir do‘st bergin, bizga o‘z huzuringdan bir nusrat-yordam beruvchini chiqargin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bo‘lgan bechoralar(ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsizlar?!» [Niso 75]

Alloh yana bunday demoqda:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ مَا لَكُمْ إِذَا قِيلَ لَكُمُ انفِرُواْ فِي سَبِيلِ اللّهِ اثَّاقَلْتُمْ إِلَى الأَرْضِ أَرَضِيتُم بِالْحَيَاةِ الدُّنْيَا مِنَ الآخِرَةِ فَمَا مَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فِي الآخِرَةِ إِلاَّ قَلِيلٌ

«Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z eringizga yopishib oldingiz?! Oxirat (ne’matlari)dan yuz o‘girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo‘lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?!» [Tavba 38]

Mustamlakachi kofir tortib bergan chegaralarga shunchalar yopishib olasizlarmi?! Hatto masala aka-uka va opa-singillaringizni qirg‘in qilishga etib borganda ham bu chegaralarni bosib o‘tmaysizmi?! Sizning kelasi o‘g‘il-qizlaringizga qoldiradigan merosingiz shumi?!

Ey musulmon qo‘shinlar!

Agar oyoq-qo‘lingizdagi bu xorlik va orlik kishanlarini sindirmasangiz, Allohning qattiq azobiga uchraysiz. Alloh o‘rningizga sizdan afzal-munosibroq qo‘shinlarni chiqarib qo‘yadi:

إِلاَّ تَنفِرُواْ يُعَذِّبْكُمْ عَذَاباً أَلِيماً وَيَسْتَبْدِلْ قَوْماً غَيْرَكُمْ وَلاَ تَضُرُّوهُ شَيْئاً وَاللّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

«Agar (jihodga) chiqmasangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblar va o‘rningizga boshqa bir qavmni keltirur. Sizlar esa U zotga biron ziyon etkaza olmaysiz. Alloh hamma narsaga qodirdir» [Tavba 39]

Ey musulmon qo‘shinlar!

Alloh bilan qilgan ahd-paymoningizni buzib, yahudiylarga o‘xshab qolmang:

وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَاقَكُمْ وَرَفَعْنَا فَوْقَكُمُ الطُّورَ خُذُوا مَا آتَيْنَاكُمْ بِقُوَّةٍ وَاسْمَعُوا قَالُوا سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَأُشْرِبُوا فِي قُلُوبِهِمُ الْعِجْلَ بِكُفْرِهِمْ قُلْ بِئْسَمَا يَأْمُرُكُمْ بِهِ إِيمَانُكُمْ إِن كُنتُمْ مُؤْمِنِينَ

«Eslang (ey Banu Isroil), biz ahdu paymoningizni olgach, ustingizda Tur tog‘ini ko‘tarib turib: «Keltirgan narsamizni (dinimizni) mahkam ushlang va quloq soling», deganimizda, «Eshitdik va bo‘ysunmadik», dedilar. Kofirliklari sabab ko‘ngillari faqat buzoqqa ibodat qilish bilan to‘ladi. Ayting: «Agar siz mo‘min bo‘lsangiz, imoningiz sizlarni muncha yaramas narsalarga buyuradi?»» [Baqara 92]

Uchinchi savol:

Nega Alloh Taoloning va Rosuli ﷺning va’dasiga shak qilyapsiz?!

Sizu bizning dushmanimizga qarshi siz hech narsa otmayotgan bir paytda, ularga qarshi otilayotgan oddiy toshlar yaqinda sizni sharmanda qiladi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu aytadi: Men Rosululloh ﷺning bunday deganlarini eshitgandim:

«لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى يُقَاتِلَ الْمُسْلِمُونَ الْيَهُودَ، فَيَقْتُلُهُمْ الْمُسْلِمُونَ، حَتَّى يَخْتَبِئَ الْيَهُودِيُّ مِنْ وَرَاءِ الْحَجَرِ وَالشَّجَرِ، فَيَقُولُ الْحَجَرُ أَوْ الشَّجَرُ: يَا مُسْلِمُ يَا عَبْدَ اللَّهِ، هَذَا يَهُودِيٌّ خَلْفِي فَتَعَالَ فَاقْتُلْهُ»

«Musulmonlar to yahudiylarga qarshi jang qilib, ularni o‘ldirmagunlaricha qiyomat qoim bo‘lmaydi. O‘shanda yahudiy tog‘u tosh va dov-daraxtlar ortiga yashirinib olsa ham, tog‘u tosh yoki dov-daraxtlar (tilga kirib) ey Allohning bandasi, mana yahudiy, ortimda turibdi, kel uni o‘ldir, deydi».

Yaqinda bu yahudiy vujudi er tishlaydi va Quddus Xalifalik boshkenti bo‘ladi. Chunki Rosululloh ﷺ marhamat qilganlar:

«هَذَا الأَمْرُ كَائِنٌ بَعْدِي بِالْمَدِينَةِ، ثُمَّ بِالشَّامِ، ثُمَّ بِالْجَزِيرَةِ، ثُمَّ بِالْعِرَاقِ، ثُمَّ بِالْمَدِينَةِ، ثُمَّ بِبَيْتِ الْمَقْدِسِ، فَإِذَا كَانَ بِبَيْتِ الْمَقْدِسِ فَثَمَّ عُقْرُ دَارِهَا، وَلَنْ يُخْرِجَهَا قَوْمٌ فَتَعُودَ إِلَيْهِمْ أَبَدًا»

«Bu ish (ya’ni Xalifalik) mendan keyin Madinada bo‘ladi. So‘ng u Shomga, Arab yarim oroliga, Iroqqa, Madinaga, so‘ng Quddusga ko‘chadi. Agar Quddusda bo‘lsa, Quddus uning asli-markaziga aylanadi. Hech bir qavm uni chiqarmaydi, chunki ularga toabad qaytib kelgan bo‘ladi».

Ey musulmon qo‘shinlar!

Alloh Subhanahuning va’dasiga shak qiluvchi sizu bizning dushmanlarimizga o‘xshamang:

يَا قَوْمِ ادْخُلُوا الأَرْضَ المُقَدَّسَةَ الَّتِي كَتَبَ اللّهُ لَكُمْ وَلاَ تَرْتَدُّوا عَلَى أَدْبَارِكُمْ فَتَنقَلِبُوا خَاسِرِينَ  قَالُوا يَا مُوسَى إِنَّ فِيهَا قَوْماً جَبَّارِينَ وَإِنَّا لَن نَّدْخُلَهَا حَتَّىَ يَخْرُجُواْ مِنْهَا فَإِن يَخْرُجُواْ مِنْهَا فَإِنَّا دَاخِلُونَ  قَالَ رَجُلاَنِ مِنَ الَّذِينَ يَخَافُونَ أَنْعَمَ اللّهُ عَلَيْهِمَا ادْخُلُواْ عَلَيْهِمُ الْبَابَ فَإِذَا دَخَلْتُمُوهُ فَإِنَّكُمْ غَالِبُونَ وَعَلَى اللّهِ فَتَوَكَّلُواْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ  قَالُواْ يَا مُوسَى إِنَّا لَن نَّدْخُلَهَا أَبَداً مَّا دَامُواْ فِيهَا فَاذْهَبْ أَنتَ وَرَبُّكَ فَقَاتِلا إِنَّا هَاهُنَا قَاعِدُونَ

«Ey qavmim, Alloh sizlar uchun yozib qo‘ymish bu Muqaddas erga (shaharga) kiringiz! Ortlaringizga qaytib ketmangiz, aks holda ziyon ko‘rguvchilarga aylanib qolursiz», deganida ular: «Ey Muso, u erda zo‘ravon odamlar bor, to ular chiqmagunlaricha biz u erga zinhor kira olmagaymiz, agar ular chiqib ketsalargina biz kirurmiz», dedilar. Allohdan qo‘rqadigan va uning in’om-marhamatiga muyassar bo‘lgan ikki kishi: «Ularning ustiga darvozadan to‘satdan kiringiz, undan kirib olishingiz bilanoq shubhasiz g‘olib bo‘lursiz, agar mo‘min bo‘lsangizlar, yolg‘iz Allohgagina suyaninglar!» dedilar. (Qavm) – Ey Muso, modomiki ular shu joyda ekan, biz hech qachon kira olmagaymiz. Bas, borgin, sen o‘zing va Robbing ular bilan urishaveringlar, biz esa mana shu erda o‘tirib kuturmiz, dedi»   [Moida 21-24]

Ey musulmon qo‘shinlar!

Biz sizdan mana shu oddiy uch savolni so‘radik, javob beradiganingiz bormi?! Biz javobingizni eshitishni emas, balki ko‘zlarimiz bilan ko‘rishni istaymiz.

Roya gazetasining 2021 yil 9 iyun chorshanba kungi 342-sonidan

Izohlar yo'q