Evroittifoq O‘zbekiston agrar sektoriga 11 million evro ajratdi

212
0

Evroittifoq O‘zbekiston agrar sektoriga 11 million evro ajratdi

 Evropa ittifoqi qishloq xo‘jaligi jabhasi, xususan, agrar sektorda oziq-ovqat ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun O‘zbekistonga 11 million evro ajratdi. Bu haqda EI matbuot xizmati ma’lum qildi.

 Bu 2020 yil 1-choragidan buyon ajratilgan uchinchi moliyaviy ko‘mak sanaladi. Shu tariqa EI tomonidan ajratilgan grant miqdori 32 million evroga etdi.

 “Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va to‘qimachilik kabi sohalarda bandlikni ta’minlash imkoniyati yuqori. Bu nafaqat munosib ish o‘rinlari yaratish va xotin-qizlar hamda yoshlarning pul topishi uchun barqaror imkoniyatlarni paydo qilish jihatidan, balki oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda mas’uliyatni his etadigan oziq-ovqat tizimini vujudga keltirish jihatidan ham muhimdir. EI avvalgidek hukumatning iqlim o‘zgarishlarini inobatga olgan holda yashil va barqaror qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarini qo‘llab-quvvatlashga intilmoqda”, – dedi EIning O‘zbekistondagi elchisi Sharlott Adrian xonim.

 Diplomat, ayni choqda,  agrar jabhada asosiy ishlab chiqaruvchilardan sanalgan kichik fermerlarning bozorga chiqishi hamda raqobat talablariga muvofiq faoliyat yuritishiga alohida e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlagan.

Izoh: 2020-yilning mart oyida O‘zbekiston hukumati va Evropa Ittifoqi O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligiga byudjet tomonidan qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha yordam ko‘rsatish maqsadida 40 million evro miqdorida moliyalashtirish shartnomasini imzolagan edilar. Mazkur shartnomada “2020–2030 yillarga mo‘ljallangan yangi davlat strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashish, fermerlar va agrobiznes korxonalariga yordam berish uchun davlat xizmatlarini kuchaytirishga ko‘maklashish uchun yordam berilishi” nazarda tutilgan edi. EI ushbu shartnoma asosida bugungi kunga qadar o‘zbek hukumatiga 32 million evro grant ajratdi.

 Etakchi yoki rivojlangan davlatlar “rivojlanayotgan” davlatlarga beradigan qarzi yoki ajratadigan grantlariga e’tibor beriladigan bo‘lsa, ushbu qarz va grnatlar asosan qishloq xo‘jaligi, san’at, obodonlashtirish, madaniyat, sug‘orish tarmoqlarini kengaytirish va ta’mirlash kabilardan iborat. Bu sohalarga qancha mablag‘ sarflanishidan qat’iy nazar o‘zini oqlamaydi. Aksincha bu mablag‘lar davlatlarni qarz botqog‘iga botirish, qarz yoki yordam bergan davlatga qaram bo‘lishigagina xizmat qiladi xolos.

 Aslida davlatning iqtisodiy rivojlanishi faqat og‘ir sanoatni rivojlantirish yo‘li bilan amalga oshadi. Ya’ni davlatning iqtisodiy rivojlanishi ichki resurslardan o‘z manfaati yo‘lida to‘g‘ri foydalanishiga bog‘liq. Bu esa, ichki xom ashyo resurslarini qayta ishlash uchun xususiy og‘ir sanoatni davlat tomonidan yo‘lga qo‘yilishini talab qiladi. Ammo, og‘ir sanoat – qurolsozlik va stanoksozlik etakchi va rivojlangan davlatlar tomonidan monopoliya qilib olingan va xalqaro qonunlar bilan “rivojlanayotgan” va “uchinchi dunyo” davlatlarini og‘ir sanoat bilan shug‘ullanishi va rivojlantirishini taqiqlab qo‘yilgan.

 BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari AQSh, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya va Frantsiya kabi davlatlar og‘ir sanoatning qurolsozlik tarmog‘ini o‘z nazoratlari ostiga olishgan bo‘lsa, Yaponiya, Kanada… kabi rivojlangan davlatlarga stanoksozlik, mashinasozlik, kemasozlik… kabi tarmoqlarni rivojlantirishga ruxsat berilgan. “Uchinchi dunyo” davlatlariga esa faqat agrar soha va engil sanoat bilan mashg‘ul bo‘lish “huquqi” berilgan bo‘lib, ular hatto, shu sohalarda foydalanadigan texnika va asbob-uskunalarni ham ana shu monopolist davlatlardan olishga majburlar. Hatto, o‘z erlarida joylashgan er osti va usti tabiiy boyliklarni qazib olishni uddasidan chiqmay, bu konlarni “xorijiy investorlarga” suvtekinga berib yuboradilar. Keyinchalik hatto sudlashib bo‘lsada bu konlarni va boyliklarni qaytarib olomaydilar…

 Musulmonlar yana qayta avvalgi azizliklariga qaytishni, avlod-ajdodlariga qadar etib ortadigan qarz balosidan xalos bo‘lishni, o‘z boyliklariga o‘zlari ega chiqib, o‘z og‘ir va engil sanoatga ega bo‘lib, iqtisodiy rivojlanishni istasalar ustimizda hukm yuritayotgan, boyliklarimizga kanadek yopishib olgan mustamlakachi kapitalistik tuzumni uloqtirib tashlashlar zarur. Musulmonlar o‘z aqidalaridan kelib chiqadigan tuzumni hayotga tatbiq qilmas ekanlar xorlikdan qutula olmaydilar. Ushbu tuzumning hayotga tatbiq qilish tariqati esa Xalifalik davlatidir. Faqat Xalifalik davlatigina mustamlakachi davlatlar tomonidan boshqa xalq va davlatlarni ezish uchun ishlab chiqilgan xalqaro qonun va me’yorlarni yo‘q qilib, nafaqat musulmonlarga, balki butun insoniyatga xotirjam va faravon hayotni ta’minlab beradi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.