Aqsoni ozod qilish uchun armiyalarimizning Ummatga qo‘shilish vaqti kelmadimi?!

139
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Aqsoni ozod qilish uchun armiyalarimizning Ummatga qo‘shilish vaqti kelmadimi?!

Axir, yahudiylarning naqadar zaif ekanini, hukmdorlarning esa til biriktiruvini G‘azoning o‘zi ochib tashladi-ku!

Juma kuni tungi soat ikkida Misr rahnamoligida yahudiy vujudi bilan qarshilik harakatlari o‘rtasida sulh bitimi kuchga kirdi. So‘ng qarshilik harakatining yahudiylar da’vo qilgan «engilmas armiya»si ustidan g‘alaba qozonganini butun G‘azo sektori, G‘arbiy Sohil va bosib olingan rayonlar ahli bayram qila boshlashdi!

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini bu borada bayonot chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Yahudiy vujudi G‘azo sektoriga qilgan hujumlarini o‘zining og‘ir bir tupikka kirib qolganini anglagandan so‘ng to‘xtatdi. Chunki oz sonli imonli guruh o‘zining cheklangan hamda davlatlar va yahudiy vujudi imkoniyatlariga solishtirganda juda ham kichkina bo‘lgan imkoniyati bilan bosqinchilarga ziyon etkazishga va uning vujudini falajlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Qanday qilib butun Falastinning bir daf’adayoq uyg‘onganini va Ummu Fahm, Boqai G‘arbiya, Musallas, Lod, Romla, Hayfa, Akka, Quddus va boshqa Sohil shaharlarida odamlar ommasining oyoqqa turib ketganini yahudiy vujudi guvohi bo‘ldi. Yahudiy vujudi ayni hodisalar Islom Ummatini uyg‘otib yuborganiga, shuningdek, Falastinning g‘alabaga erishishini oldini olish uchun o‘rnatilgan to‘siqlarning olib tashlanishi musulmonlar tomonidan talab qilinayotganini guvohi bo‘ldi. Shuningdek, butun islomiy yurtlar ahli, ayniqsa, Iordaniya, Livan, Iroq kabi qo‘shni davlatlar aholisining yo‘lga tushib, Aqso masjidiga bostirib borishni talab qilayotganlarini, muborak zaminni ozod etish uchun jihod e’lon qilayotganlarini bu vujudi ko‘rdi».

Matbuot bayonotida bunday qo‘shimcha qilindi:

«Shu va boshqa hodisalar sababli Amerika yahudiy vujudi hujumlarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Chunki qarasa, o‘zining malay hukmdorlari taxti larzaga kela boshladi, yahudiy vujudini mudofaa qilib kelayotgan xoin hukmdorlar Ummatning qo‘zg‘olon qilib, ularni ag‘darishib tashlashidan qo‘rqib qolishdi.

Ha, so‘nggi voqea-hodisalar yahudiy vujudining juda zaif, armiyasi qo‘rqoq ekanini yana bir bor isbotladi. Tasavvur qiling, ozgina bir guruh yahudiy vujudini falaj qilib qo‘yishga qodir bo‘lgan ekan, agar butun Ummat armiyasi birlashsa nima bo‘lishi mumkin?! Demak, bu bosqinchilarni himoya qilib, saqlab turganlar anavi malay hukmdorlardir. Aynan shular Ummat va uning armiyalarini kishanlab, Falastin va Aqso masjidiga nusrat berishlariga yo‘l qo‘yishmayapti. Mabodo armiyalarini harakatga keltirishsa ham, mana shu yahudiylarni va o‘zlarining taxtlarini mudofaa qilish uchun harakatga keltirishyapti. Bu hodisalar musulmonlarning Falastin va Aqso masjidiga nusrat berish uchun o‘z armiyalarining harakatga kelishini qanchalar xohlayotganlarini, muborak Aqso masjidida namoz o‘qishga qanchalar oshufta ekanliklarini, ammo bunga faqat ularning hukmdorlari va xavfsizlik xizmatlari yo‘l qo‘yishmayotganini butun dunyoga namoyon qildi».

Bayonot so‘nggida bunday deyildi:

«Falastin va boshqa islomiy yurtlarning musibati, aslida, musulmonlarning xalifasi va davlatlarining yo‘qligidir. Xalifalik barpo etilguniga qadar, armiyalarni safarbarlikka chaqirish hamda Falastinni ozod etishga targ‘ib etish harakati davom etmog‘i lozim. Shuningdek, yahudiy vujudi xotirjam qaror qabul qila olmaydigan bo‘lib qolishi uchun unga qarshi Alloh yo‘lidagi jihod alangasini o‘chirmay saqlab qolish kerak.

Roya gazetasining 2021 yil 26 may chorshanba kungi 340-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.