Sharqiy Turkistonda musulmon bo‘lish nimani anglatadi?!

171
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sharqiy Turkistonda musulmon bo‘lish nimani anglatadi?!

Ustoz Osiyo xonim

Tuprog‘i mazlum musulmonlarning ko‘z-yoshlari va pokiza qonlari bilan sug‘orilgan bir o‘lka. Nomi aytilishi bilanoq ko‘z oldingizga repressiya, qiynoqlar, qatl va qirg‘inlar keladigan bir yurt. Xitoy rejimi «madaniyatlashtirish va qayta ta’lim berish» niqobi ostida musulmon aholiga qarshi eng dahshatli jinoyatlarni sodir etayotgan, batamom qamoq lageriga aylangan bir yurt. Bu qamoqqa olish va tahdid qilishlar to‘xtaydigan va aslo tugamayotgan, shu qamash va tahdidlarsiz odamlar go‘yo yashay olmaydigan, go‘yo ular uchun bu narsalar havo va emish kabi zaruriy ehtiyojga aylantirilgan bir o‘lka. Qachon sizga kommunist militsiya kelib, hibsga olib, qamoqqa tashlashini bilmaysiz… Bu qaysi yurt bo‘ldi?! Tanigan bo‘lsangiz kerak?! Shubhasiz, bu zolim Xitoy davlati bosib olgan, musulmonlar yurti – Sharqiy Turkistondir.

Shuncha zulmlar qanday sodir bo‘lishi mumkinligini inson tasavvuriga sig‘dira olmasa kerak?! U erda inson qanday yashashi mumkin?! Haqiqatdan ham, Sharqiy Turkistonda yashash bir dahshatdirki, uni tushingizda ko‘rishga ham qo‘rqasiz. Biroq millionlab uyg‘ur musulmonlar mana shunday og‘ir zulm ostida yashab kelmoqdalar.

Sharqiy Turkistondagi musulmon hayoti o‘lim bilan barobar. Siz musulmonmisiz, tamom, diningizni hatto qalbingizda ham saqlay olmaysiz. Chunki kommunistik rejim «din afyundir, u terrorist etishtirib chiqaradi», degan da’vo bilan Islomga ochiq urush e’lon qilmoqda. Shu asosda bu xudosiz hukumat Qur’onlarni yoqib yubordi, masjidlarni buzib, diskotekalarga aylantirdi va Islomning har qanday ko‘rinishini taqiqladi. U Islomga qarshi kurashish uchun har qanday uslubni qo‘llayapti… Musulmonlarni nafaqat masjidlarda, hatto uylarida ham namoz o‘qishdan mahrum qilyapti… Bir-birlari bilan uchrashganda islomiy salom (assalomu alaykum)ni qo‘llashni man qildi. Ramazon oyida ro‘za tutishni taqiqlab, musulmonlarni kunduzda rejim rasmiylari ko‘z oldida eb ichishga majburlamoqda. Bundan bosh tortganlarni «terrorist» ayblovi bilan qamamoqda. Qamoq lagerlarida esa, musulmon mahbuslarni turli uslub va vositalar bilan tinimsiz vahshiyona qiynoqlarga solmoqda. Hatto siz ushbu maqolani o‘qiyotgan paytingizda ham uyg‘ur musulmonlari dahshatli qiynoqlarni boshdan kechirmoqdalar.

Qamoq lagerlaridan tashqaridagi musulmonlar ahvoli ham ichkaridagilardan engil emas. Chunki ularning barchasi majburiy mehnatga jalb qilingan. Masalan, yirik zavodlarda yoki plantatsiyalarda arzimagan pulga yoki mutlaqo tekinga quldek ishlatilmoqda. Ta’lim borasida musulmonlar kommunistik nazariyani o‘qishga majburlanmoqdalar… Ko‘chalarda har ellik metrda kuzatuv kamerasi, har uch yuz metrda shaxsni tanituvchi hujjat tekshirish punktlari o‘rnatilgan… Musulmonlar o‘z uylariga kirishdan oldin ham, chiqqan paytda ham tintuv qilinadi.

Muslima ayollar ahvoliga kelsak, hammasidan og‘ir. Chunki har qanday vaqtda Xitoy rejimi istagan vaqtda muslimalarni ham qamoqqa oladi va «e’tiqodni to‘g‘rilash», iddaosi bilan lagerlarga jo‘natadi… U erda muslimalarni ham qiynoqqa tutib, hatto nomuslariga jamoiy tajovuz qiladi. Homiladorlikni oldini olish va pushtsiz qilish uchun ularga tabletka va vaktsinalarni majburan iste’mol qildiradi, erkaklar oldida avratlarini ko‘rsatishga majburlaydi. Lager tashqarisida hukumat muslimalarga ro‘mol o‘rashni taqiqlaydi, uzun libos kiygan bo‘lsalar, ko‘rgan paytdayoq qirqib tashlaydi. Hukumat erlarini qamoqqa olgandan so‘ng ularning xonadoniga xitoylik erkaklarni joylab, butun qamoq muddati bo‘yi ular orqali ayollarni nazorat qilib turadi.

Ha, bular yolg‘on ham, to‘qima ham, xayol yoki tarixiy afsona ham emas. Yo‘q, balki bular bizning mana shu asrimizda, ya’ni, G‘arb xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishini da’vo qilayotgan zamonda eng ko‘p sodir bo‘layotgan jinoyatlardir. Bu uyg‘ur muslimalar uchun asosiy huquqlarini topib bersa bo‘ladimi?!

Sharqiy Turkistondagi musulmon bolalar ahvoli ham juda og‘riqlidir. Ularni achchiq taqdir kutmoqda. Chunki ular tirik etimga aylanganlar… Ota-ona parvarishi va mehridan mahrum bo‘lganlar. Kimning ham qalbi bunday ahvolni ko‘tara olsin?! Ular ham bolalar uyida hibs qilinib, davlat tomonidan «xitoylashtirilmoqdalar». Boshqacha ibora bilan aytganda, Islom dinining dushmanlari qilib etishtirish uchun, o‘z dinlari va millatlari madaniyatini tanimaydigan kommunistik ruhda tarbiyalanmoqdalar… Xitoy rejimiga uning Islom va musulmonlarga qarshi jinoyatlarida yordam beruvchi qullarga aylantirilmoqdalar.

Yuqorida aytganimdek, bu ertak ham, tarixiy afsona ham emas. Balki bu sobir uyg‘ur mujohidlarining muborak yurtida va butun musulmonlarning hukmdorlari sukuti ostida sodir bo‘layotgan real hodisalardir. Darhaqiqat, ushbu yurt musulmonlari tortayotgan zulmlar har qanday insoniy chegaradan oshib ketdi, tasavvur qilib bo‘lmas darajaga etdi. Bas, bu azob-uqubatlar qachon tugaydi?! Kim tugatadi?! Kim zolim Xitoydan o‘ch oladi?! Anavi BMTmi, holbuki, u musulmonlarga qarshi genotsidni ko‘ra-bila turib, «ayni vaziyatdan xavotirda ekanini izhor qilish» bilan kifoyalandi-ku?! Nahotki, musulmonlar shu tashkilotdan biror yordam kutsalar, axir, yirik jinoyatchi davlatlarni qo‘llab-quvvatlab, sukut qilish bilan ularning zulmlariga yordam berayotgan, maxfiy ko‘mak ko‘rsatayotgan mana shu tashkilot-ku?! Bularning barchasi musulmonlar hukmdorlarining ko‘r, kar, soqov, aqllari ishlamas xoin ekanliklarini ko‘rsatib turibdi! Faqat o‘zlarining kursilaridan boshqa tashvishni bilmasliklarini hamda Xitoyning musulmonlarga qarshi jinoyatlarini himoya qilganda hech bir oriyatni sezmasliklarini ko‘rsatdi!

Musulmonlarning azob-uqubatiga chek qo‘yadigan ham, jinoyatchi kofirlar zo‘ravonligidan ularni himoya qilib, dinlariga amal qilish va ibodatlarini ado etish imkoniyatini yaratib beradigan ham Xalifalikdir. Rosululloh ﷺ xabar berganlaridek, imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi. Ya’ni, xalifa musulmonlarni zolimlar yomonligidan mudofaa qiladi. Shunday bo‘lgach, musulmonlar ushbu haqiqatni qachon tushunib etib, Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun harakat qiladilar?! Axir, Xalifalik Alloh Taoloning va’dasi bo‘lsa… Alloh o‘z va’dasiga hargiz xilof qilmas.

Roya gazetasining 2021 yil 19 may chorshanba kungi 339-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.