Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati yahudiylarning muborak Aqso masjidiga bostirib kirishlariga qarshi norozilik namoyishi uyushtirdi

187
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati yahudiylarning muborak Aqso masjidiga bostirib kirishlariga qarshi norozilik namoyishi uyushtirdi

Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati Dakkadagi katta masjid oldida yahudiylarning muborak Aqso masjidiga bostirib kirishlariga qarshi norozilik namoyishi uyushtirdi. Namoyishda so‘zga chiqqanlar bunday deya ta’kidlashdi:

«Musulmon yurtlaridagi xoin rejimlarning e’tiborsizligi va sukuti yahudiy vujudiga jinoyatlar sodir etishi va oshkora zo‘ravonlik qilishiga jur’at beryapti. Yahudiy vujudi malay hukmdorlarning Aqso masjidi nolalariga aslo javob bermasliklarini, balki munosabatlarni normallashtirish uchun bo‘lgan AQSh chaqirig‘iga javob berishlarini tushunib turibdi. Shuningdek, Erdogan va Imron Xon kabilarning tahdidi va qoralashlari ham, boshqa malay hukmdorlarning qoralashlari ham hech bir real jangovar zarbani anglatmasligini ham tushunib turibdi. Vaholanki, ularning zarbasi muborak zaminning har bir qarich erini, shu jumladan, Quddus va Aqsoni ozod etish uchun kifoyadir».

So‘zga chiqqanlar musulmonlarni undab, bunday dedilar:

«Bu vahshiy yahudiy vujudi qilmishiga munosib va yagona javob ularni ildizi bilan qo‘porib tashlashga tayyor va qodir armiyalarni safarbar qilishdir. Bundan boshqa har qanday kichik harakat yahudiylarning zulmini va muqaddas dargohni toptashini, Quddus bilan Aqsoning bosqinchilar olovida jizg‘inak bo‘lishini davom ettiradi… Ushbu munosib javob oldida turgan birdan-bir g‘ov musulmon armiyalarni kazarmalarda kishanlab turgan malay hukmdorlardir. Shuning uchun bu hukmdorlarni ag‘darib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishimiz vojibdir. Zero, Xalifalik armiyalarimizni nafaqat Falastinni, balki Kashmir kabi boshqa bosib olingan yurtlarimizni ham ozod etish sari etaklaydi».

So‘zga chiqqanlar armiya safidagi xolis zobitlarimizga murojaat qilib, bunday deyishdi:

«Ey Ummat armiyalarini safarbar qilayotgan, mashqlardan o‘tkazib, qo‘mondonlik qilayotgan Salohiddin nabiralari! Anavi qo‘rqoq rejimlarga itoat qilishni bas qilib, o‘z diningizga va Payg‘ambaringizning Isro maskanlariga, ikki qiblaning birinchisiga nusrat bering. Yo‘lingizga g‘ov bo‘layotgan har bir xoin rejimlarni yanchib o‘tib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat bering. Zero, Xalifalik davlati fathlar va yurtlarni ozod qilish janglarida sizlarga etakchilik qiladi.

Roya gazetasining 2021 yil 19 may chorshanba kungi 339-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.