Bafos uchrashuvi bosqinchi yahudiylarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashlangan jirkanch siyosiy qadamdir

118
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Bafos uchrashuvi bosqinchi yahudiylarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashlangan jirkanch siyosiy qadamdir

2021 yil 16 aprel juma kuni Kipr Amirliklar, yahudiy vujudi va Gretsiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuviga mezbonlik qildi. Uchrashuv davomida Yaqin Sharqning «o‘zgargan yuzi»ni aks ettiradi, deya baholangan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Yahudiy vujudi tashqi ishlar vaziri Gabi Ashkenazi Bafos sohilbo‘yi shahrida bergan matbuot konferentsiyasida «Ushbu yangi strategik shariklik Arab ko‘rfazidan boshlab O‘rta Er dengizi va Evropaga qadar cho‘ziladi», dedi.

Bunga izoh sifatida Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Bu uchrashuv yahudiy vujudiga xizmat qilib, Sharqiy O‘rta Er dengizida kashf etilgan gazni qazib olish bo‘yicha kelishuvlarga zamin tayyorlaydi hamda yahudiy vujudi foydasiga qaratilgan ayrim siyosiy, xavfsizlik va iqtisodiy masalalarni tartibga soladi. Haqiqatdan ham uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarining yahudiy vujudi xavfsizligi va manfaatlariga qanchalar qayg‘urishlarini ko‘rsatishdi. Zotan, ayni davlatlar va rejimlarining asl basharalari mana shu. Ularning yahudiy vujudiga yoqadigan va u bilan o‘rtoqlashadigan mentalitetlari ham shu. Musulmonlarning boyliklarini talash, ularga qarshi til biriktirish va mana shunday uchrashuvlar olib borish ham – Falastin masalasi va unga oid tinimsiz davom ettirishayotgan qator til biriktiruvlarga qo‘shimcha – navbatdagi til biriktiruvdan boshqa narsa emas.

Roya gazetasining 2021 yil 21 aprel chorshanba kungi 335-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.