Mo‘’minlar ahamiyat berishi zarur bo‘lgan ishlar (1)

327
0

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Mo‘’minlar ahamiyat berishi zarur bo‘lgan ishlar (1)

Mo‘’minlar shahodat kalimasini aytishlari bilan o‘zini Allohning bandasi-quli ekaniga guvohlik bergan. Lekin bu haqiqiymi yoki sohtami hammaga oshkor qilib qo‘yish uchun Alloh Taolo har hil sinovlarni ro‘paro‘ qiladi, Alloh Taolo aytadi:

وَأَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنْ الْكِتَابِ وَمُهَيْمِنًا عَلَيْهِ فَاحْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ عَمَّا جَاءَكَ مِنْ الْحَقِّ لِكُلٍّ جَعَلْنَا مِنْكُمْ شِرْعَةً وَمِنْهَاجًا وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَلَكِنْ لِيَبْلُوَكُمْ فِي مَا آتَاكُمْ فَاسْتَبِقُوا الْخَيْرَاتِ إِلَى اللَّهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُكُمْ بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

Sizga esa (ey Muhammad), o‘zidan oldingi kitob(larni) tasdiqlaguvchi va u (kitoblar) ustida guvoh bo‘lgan bu Kitobni haqqirost nozil qildik. Bas, odamlar o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling va Sizga kelgan Haqdan yuz o‘girib, ularning havoyi nafslariga ergashmang! Sizlardan har bir millat (ya’ni din) uchun (alohida) shariat va yo‘l qilib qo‘ydik. Agar Alloh xohlasa edi, hammangizni bir millat qilib qo‘ygan bo‘lur edi. Lekin o‘zi ato etgan narsalarda sizlarni imtihon qilish uchun (har bir millatga alohida shariat yo‘l qilib qo‘ydi). Bas, yaxshi amallarga shoshilingiz! Barchangiz Allohga qaytishingiz bor. So‘ng u zot sizlarga ixtilof qilguvchi bo‘lgan narsalaringizning xabarini berur. [5:48]

1.    Mo‘minlar uchun hozirgi kunlarimizdagi eng zarur bo‘lgan farz, ya’ni

Allohning amri – kufr-munkarlarga rozi bo‘lmasdan, uni o‘zgartirish uchun hamda Alloh bandalari uchun nozil qilgan ahvolga olib kelish uchun bosh qotirishi, bu ishni boshqa har qanday ishdan ustun qo‘yishi, uni amalga oshirish maqsadida mumkin qadar fidoiylik ko‘rsatishdir. Shunga beparvo bo‘layotganlarga Alloh Taoloning hukmini-farmonini eslatish ham shu ishga xissa qo‘shish hisoblanadi. Ammo munkarlar to‘lib toshib turgan voke’likka nisbatan jim turish, sukut saqlash yoki biror narsa qilayotgandek bo‘lib o‘zini ko‘rsatish mo‘min uchun harom, chunki “Haqdan yuz o‘girib, ular(o‘zlarining yoki kofirlar)ning havoyi nafslariga ergash”ish bo‘lib qoladi.

Sukut qilish shariatda voke’likda bo‘layotgan ishga rozilik belgisi bo‘lib, agar u ish munkar ish bo‘lsa, sukut qiluvchi ham unga o‘z xissasini qo‘shayotgan hisoblanadi. Quyida uning dalillarini keltirib o‘tamiz:

«مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ, فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ, فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيمَانِ»

«Sizlardan kimda-kim biror munkarni ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin. Agar (qo‘li bilan) qaytarolmasa, tili bilan (qaytarsin). Agar (tili bilan ham) qaytarolmasa, qalbi bilan (inkor qilsin, ya’ni rozi emasligi – yomon ko‘rgan narsasiga bo‘lgan munosabatidek – har bir harakatidan, ko‘rinishidan bilinib tursin.). Bu esa eng zaif iymondir». Bu hadisni Muslim Abu Said orqali rivoyat qilgan.(saytimizda chiqqan “sukut qilish – demokratiyani qo‘llab quvvatlashga dalildir” temasini o‘iqib chiqing). Alloh Taolo aytadi:

أَلَيْسَ اللَّهُ بِأَحْكَمِ الْحَاكِمِينَ

Axir Alloh hukm qilguvchilarning eng adolatlisi emasmi?! [95:8].

أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنْ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ

Dinsizlik hukmron bo‘lishini istaydilarmi?! Iymonlari komil bo‘lgan qavm uchun Allohdan ham go‘zalroq hukm qilguvchi kim bor?! [5:50].

Yana bir dalil: Muslim Nofe’ning shunday deganini rivoyat qildi: Ibn Umar menga bunday dedi: men Rosululloh(s.a.v)ning shunday deganini eshitdim:

«مَنْ خَلَعَ يَدَاً مِنْ طَاعَةٍ لَقِيَ اللَّهَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لاَ حُجَّةَ لَهُ، وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«Kimki itoatdan bosh tortsa qiyomat kuni Allohga hujjati yo‘q holda yo‘liqadi. Kimki bo‘ynida bay’at yo‘q holda o‘lsa johiliyat o‘limi bilan o‘libdi».

 (davomi bor)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.