«Livan echimi» degan doira atrofida aylanaverish o‘rniga rabboniy echimga olib boruvchi yo‘lni tutmoq lozim

115
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

«Livan echimi» degan doira atrofida aylanaverish o‘rniga rabboniy echimga olib boruvchi yo‘lni tutmoq lozim

Chorshanba kuni Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati nashr qilgan varaqada quyidagilar ta’kidlanadi:

«Livan hukumatini tuzish, ko‘rsatilgan muddatda va muddatidan ilgari saylovlar o‘tkazish, hukmdorlar basharasini o‘zgartirish, banklar aralashuvi va aralashmasligi, Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon banki tizimi bo‘yicha yurish, mintaqadagi turli davlatlar qo‘yniga kirish, bularning hech biri hargiz o‘zgarish paydo qilmaydi. Aksincha, ular xuddi og‘riq qoldiradigan ukol kabi bo‘lib, zum o‘tmay o‘z ta’sirini yo‘qotadi hamda vaziyat yana avvalgi ahvolga tushadi, hatto avvalgidan ham yomonlashadi. Mudom mana shu siyosatchilar, toifalar va rahbarlar doxil eski tizim doirasida yana aylanaverilar ekan, bularning barchasi davom etaveradi!».

Varaqada Livan ahliga quyidagicha murojaat qilindi:

«Agar siz etmishinchi yillardagi gazetalarga murojaat qilsangiz, xuddi bugungi alamlar, og‘riqlar va nolalarga guvoh bo‘lasiz! Botib qolganingiz botqoqdan chiqish uchun jiddiy pozitsiyani egallashingizga yuqorida bayon qilganlarimiz etarli bo‘lsa kerak. Buning uchun Alloh rozi bo‘ladigan o‘zgarish yo‘lini, ya’ni, Islomga asoslangan keng-qamrovli echimni tanlaganingizni e’lon qiling. Ayniqsa, Xalifalik qulatilishining yuz yilligida turgan ekanmiz, Allohning izni ila, yaqinlashib kelayotgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash yo‘liga qadam qo‘yib, Ummat karvoniga qo‘shilganingizni, anavi toifalar, rahbarlardan, korruptsiyachi siyosiy sinfdan voz kechganingizni ochiqlang. Ana shunda ularning kishanidan, ularning mintaqaviy va xalqaro xo‘jayinlariga qaramlikdan ozod bo‘lasiz.

Roya gazetasining 2021 yil 24 mart chorshanba kungi 331-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.