Hijriy 1442 yilning muborak ramazon hilolini kuzatish natijasi

169
0

Hijriy 1442 yilning muborak ramazon hilolini kuzatish natijasi

E’lon

Bashariyatni yaratgan, anbiyolarni risolalar ila yuborgan, zolimlarga qahr qiluvchi va bandalar ustidan hukmron bo‘lmish olamlar parvardigori Allohga hamdu sanolar bo‘lsin. Butun xalqlar sayyidi va risolat sohibi, Xalifalik tuzumiga asos solinishi to‘g‘risida vahi olgan, uning ag‘darilishidan ogohlantirgan va qayta barpo bo‘lishi haqida bashorat bergan sayyidimiz Muhammadga, u kishining ahli oilasi va ashoblariga salotu salomlar yog‘ilsin.

Buxoriy o‘zining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy ﷺ yoki Abu Qosim ﷺ aytdilar:

«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»

«Oyni ko‘rib ro‘zani boshlanglar, oyni ko‘rib ro‘zani tugatinglar. Agar havo bulut bo‘lsa, sha’bon oyining sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilinglar».

Bugun 2021 yil 11 aprel, yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechada muborak ramazon hiloli kuzatilgandan keyin hilolni shar’iy ko‘rish bilan ko‘rilgani o‘z isbotini topmadi. Shunga ko‘ra, ertaga dushanba kuni insha Alloh sha’bonni to‘liq oxiriga etkazilib, o‘ttiz kun qilinadi va ertasi seshanba kuni muborak ramazon oyining birinchi kuni bo‘ladi.

Shu munosabat bilan men Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi raisi va matbuot bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu muborak oy munosabati bilan yo‘llangan tabrikni Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga etkazar ekanman, Allohdan amirimizga yordam berishini, u kishining qo‘li bilan barchamizga nusrat va g‘oliblikni ato etishini so‘rab qolaman.

Bu yilgi Ramazon – dunyo tobora zalolatga yuz tutib, krizislar olovida qovurilayotgan bir paytda kirib kelmoqda. Kapitalistik tuzumning barbod bo‘layotgani ayni tuzum kelib chiqqan poytaxtlardagi hukmron doiralar va jamoatchilik fikrini boshqarib nazorat qiluvchilarga ham ayon bo‘lib qoldi. G‘arb davlatlari xalqlari o‘z hukumatlarining xatti-harakatlariga shubha bilan qarashmoqda. G‘arb tomonidan – bevosita yoki bilvosita – mustamlaka qilingan yurtlar esa, krizis, notinchliklar va beqarorlikka tobora botib bormoqda. Ayniqsa, buning quyida zikr qilingan ikki xil badalini musulmon yurtlaridagi xalqlar yuz yildan buyon ommatan to‘lab kelmoqdalar.

Birinchisi, Xalifalik qulatilgandan beri Islom Ummati xalqaro miqyosda tahqirlab kelinmoqda. Buning ramziy ko‘rinishi general Anri Guro Salohiddin Ayyubiyning qabrini toptagan paytdan boshlandi. Bugungi kunda Frantsiyaning sayyidimiz Muhammad mustafo ﷺni tahqirlashi Ummatga nisbatan qilinayotgan xalqaro tahqirlovning oxirgi emas. Zero, Alloh Taolo bunday dedi:

قَدْ بَدَتِ الْبَغْضَاء مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ

«Ularning sizlarni yomon ko‘rishlari og‘izlaridan oshkor bo‘ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir» [Oli Imron 118]

Ikkinchisi, hayotimiz krizis va azob-uqubatlarga to‘lib ketdi. Kapitalistik tuzum hukmronligi ostidagi musulmon yurtlarining aksari og‘ir krizislardan azob chekmoqda. Chunki iqtisodiy, ijtimoiy va xavfsizlik kabi barcha sohadagi krizislar yuz millionlab musulmonlarning turmush tarzini ostin-ustun qilib yubordi. O‘z yurtlaridan ko‘chib va qochib ketish Islom Ummati xalqlarida odatiy holga aylanib qoldi!

O‘tgan yuz yil shuni ko‘rsatdiki, mustamlakachi kofir G‘arb mudom Islom Ummati taqdiriga hukmron ekan, xorlik va baxtsizliklar yog‘dirishdan hargiz to‘xtamaydi. Alloh Taolo aytadi:

وَإِنْ يَظْهَرُوا عَلَيْكُمْ لاَ يَرْقُبُواْ فِيكُمْ إِلاًّ وَلاَ ذِمَّةً

«Agar ustingizdan g‘olib bo‘lsalar, sizlarning xususingizda na ahdga va na burchga boqadilar» [Tavba 8]

Rohingalarning qatli om qilinishi va uyg‘urlarning repressiyaga yuz tutishidan tortib, Shomni xonavayron etish va Aqsoni bosib olishgacha bo‘lgan barcha krizislar musulmonlarning o‘z manfaatlariga ega chiqolmay qolgani natijasida yuzaga keldi. Bunga esa, ayni manfaatlarga qayg‘uruvchi bir davlatning yo‘qligi sababchidir.

Lekin, ushbu yuz yillikdagi og‘ir azob-uqubatlar hamda da’vatni ko‘tarib chiqayotganlarning olib borayotgan faoliyati Ummatni o‘z Xalifaligini yo‘qotgan paytda kuch-qudratini ham yo‘qotganini ongli ravishda va aniq tarzda idrok etishga undadi. O‘z navbatida, ushbu idrok Xalifalikni musulmonlar orasida jamoatchilik fikriga aylantirdi. Endi ular Xalifalikka ko‘zlari mo‘ltirab intizor bo‘ladigan, uning qaytishini orziqib kutadigan bo‘ldilar.

Ummat tortgan og‘ir azob-uqubatlar natijasida yuzaga kelgan narsalardan yana biri shuki, Ummat o‘z hukmdorlarining malayligi va xoinligini tushunib etdi. Chunki hukmdorlarning bor-yo‘q tashvishi mustamlakachi kofir G‘arbning manfaatlariga xizmat qilishdir. Shuning uchun Ummat boyliklarini talash, yurtlarini vayron etish va Ummat farzandlarini qirg‘in qilishda G‘arbga yordam beradigan bo‘lishdi. Ayni shu narsa Ummatni o‘z hokimiyatining tortib olinganini va uni qayta ozod etmog‘i darkorligini anglab etishga undadi. Natijada bugun Ummat xalqlari o‘z hokimiyatini qaytarib olish yo‘lida jonlarini fido etishga tayyor, g‘azabdan portlovchi xalqlarga aylandi.

Shariat hukmronligi masalasiga kelsak, Ummat ushbu farz borasida biroz taraddudlanmoqda. Biz uni ko‘p voqea-hodisalar va pozitsiyalarda ozgina ikkilanib, xo‘jayinlikni xolis shariatga berish masalasida biroz taraddudlanayotganini ko‘ryapmiz. Shu bois, boshqaruv masalasida islomiy shariatga qo‘shimcha boshqa tuzumlarni ham qabul qilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Buning sababi shundaki, islomiy shariatning hayot ishlarini boshqarishga qodirligi borasidagi ishonch Ummatda komil emas. Bunga qo‘shimcha, Ummat mustamlakachi kofir G‘arbning zo‘ravonligi oldida o‘zini zaif his qilmoqda.

Shuning uchun minbarlar, majlislar, forumlar va ommaviy axborot vositalarini egallagan musulmonlarning muhim roli bor. Chunki Alloh Taolo ularga Islom Ummati orasida kuch, nufuz va imkoniyat berdi.

Ey minbarlar, majlislar, forumlar va ommaviy axborot vositalarini egallagan musulmonlar, ey Allohning bandalari!

Siz jamoatchilik fikrini to‘g‘ri shakllantirish mas’uliyatini zimmangizga olgansiz. Alloh ushbu ishlar to‘g‘risida albatta hisob so‘raydi. Shu bois, islomiy shariatning hayot ishlarini boshqarishga qodir ekani borasida Ummat ishonchini mustahkamlash sizning burchingizdir. Bundan tashqari, Allohning shariatiga boshqa qonunlarni sherik qilish haromligini tushuntirishga sizlar javobgarsiz. Alloh Taolo aytadi:

وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْرًا أَن يَكُونَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ

«Alloh va Rosuli bir ishni hukm qilgan-buyurgan vaqtida biron mo‘min va mo‘mina uchun (Allohning hukmini qo‘yib) o‘z ishlaridan ixtiyor qilish joiz emas» [Ahzob 36]

Ey kuch-qudrat va nufuz egalari, ey Allohning bandalari!

Ushbu muborakli oyda biz g‘ayratingizni qo‘zg‘ab, Alloh sizga ato etgan kuch va nufuzdan Uning shariatini qoim qilishda foydalanishga chaqiramiz. Sizning Hizb ut-Tahrirga nusrat berishingiz G‘arbning musulmon yurtlaridagi hukmronligiga barham berib, Ummatga o‘z hokimiyatini qaytarib beradi. Alloh Taolo bunday dedi:

إِن تَنصُرُوا اللَّهَ يَنصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ

«Agar Allohga yordam bersangiz, U ham sizga nusrat-yordam beradi va qadamlaringizni sobit qiladi» [Muhammad 7]

Ramazon oyingiz muborak bo‘lsin. Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Dushanbaga o‘tar kecha, hijriy 1442 yilning sha’bon oyining oxirgi o‘ttizinchi kuni

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.