Ramazonda fikr qiling

183
0

Ramazonda fikr qiling

 Qadrli musulmon birodarlar, mana orziqib kutgan ro‘za oyimiz ham kirib kelmoqda. Allohim barchamizga Ramazonni munosib kutib olishni, bu oyda solih amallar qilib, ajr-mukofotlarga ega bo‘lishni va munosib kuzatib olishni nasib etsin.

 Fursatdan foydalanib sizlarga bir nechta savollar bilan murojaat qilmoqchimiz, ularga to‘g‘ri javob berish orqali muborak oyning ulug‘ savoblariga erishib qolsangiz ajab emas.

 Mana dunyoning har bir burchagidagi butun Ummat ro‘za tutishga shaylanib turibdi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Bu Ummatning ro‘zasi bir bo‘lgan holda nega ularning davlatlari alohida? Faqat ro‘zasigina emas, Qur’oni, Payg‘ambari, shariati, qiblasi… barcha-barchasi bir Ummat nima uchun turli xil parchalangan davlatchalarga bo‘lingan?

 Bir vaqtda saharlik, bir vaqtda iftorlik qilib, bir vaqtda taroveh nomoziga saf tortgan qardosh qo‘shni islomiy o‘lkalar aholisining nima uchun chegara mojarolaridan boshi chiqmay kelmoqda?

 Nasib qilsa, Ramazon ichi Qur’onni xatm qilasiz. Shunda Alloh taolo faqatgina ro‘za tutishga emas, balki barcha amallarimizni shariat asosida bajarishimizni buyurganiga, bu shar’iy hukmlar Islomning ibodat, boshqaruv, siyosat, iqtisod, ta’lim, ijtimo, jazo nizomlarini qamrab olganiga, ularga qanchalik amal qilinayotganiga e’tibor berasizmi?

 Dunyoda tatbiq qilinayotgan konstitutsiya va qonunlar Qur’ondagi hukmlariga zid ekanligiga ahamiyat berasizmi?

 Ro‘za hukmlarini Qur’on va Sunnatdan olamiz, lekin nima uchun boshqaruv qonunlarini demokratik tuzumdan, iqtisodiy qonunlar kapitalistik tuzumdan olinmoqda?

 Qur’on va Sunnat bilan yashaymiz degan bir butun Ummatni nima uchun qirol, prezident yoki bosh vazirlar, amir yo sulton degan soxta nom ostidagi diktatorlar turli xil “dunyoviy” tuzumlar bilan boshqarib kelishmoqda?

 Imperialist davlatlarda bir mustamlakachi kapitalist itiga millionlab dollar meros qoldirayotgan bir vaqtda qochqinlarga aylangan musulmonlarning tuz totmay og‘iz yopishayotganining sababi nimada?

Suriya, Yaman, Liviya kabi mamlakatlarda nega odamlar bombalar tutunlari bilan “iftor” qilishga majbur bo‘lmoqdalar?

 Albatta, odamlar hozirdan boshlab ro‘za fitrlarini berish uchun mablag‘larini tayyorlay boshlashdi. Ularning juda ko‘pchiligi fitrni bug‘doy hisobi bilan berishadi. Aslida ularning o‘zlari fitr sadaqasini olishga haqli. Chunki, ko‘pchiligi emoq-ichmoq, kiyim-kechak va uy-joydan iborat asosiy ehtiyojlarini to‘liq qondira olishmaydi. Bundan farqli ravishda, birodarlar islomiy iqtisodiy siyosat har bir fuqaroning asosiy ehtiyojlari qondirilishini kafolatlab berishini bilishadimi?

 Hozir ro‘za hukmlarini o‘rganmoqdasizlar. Ayni vaqtda shu kabi ba’zi islomiy bilimlarni – shaxsiy holatda yoki madrasalarda – dunyoviy tuzumga moslashtirib qirqilgan va qisqartirilgan turini o‘rganmoqdasizlar. Agar Islomiy Davlat bo‘lganida buni madrasa-maktablarda – fizika va kimyo kabi ilmlar: jug‘rofiya, siyosat va iqtisod kabi fanlar bilan birgalikda – islomiy bilimlar qisqartirib-kesilmagan holatda to‘liq o‘tilar edi. Siz shuni bilasizmi?

 Bilasizmi… deya davom ettiraversak, bu savollarning oxiri ko‘rinmaydi. Agar bilsangiz, bilganingizga yarasha amal qiling. Chunki, ilm bilib qo‘yish uchun emas, balki amal uchun olinadi. Agar bilmasangiz, uning to‘g‘ri javobini topishga harakat qilishingiz kerak. Bunday holda siz kimdan ilm olishingiz kerak? E’tiborli bo‘ling, ataylab adashtiruvchilar va bilmasdan adashtiruvchilar bor. Ular bilan haqni aytuvchilar o‘rtasini ajratib olishinglar kerak, chunki, sizlarda aql bor…

 Mustamlakachi kofirlar Islomni demokratiyaga moslashtirib, o‘z malaylari orqali bizga “din”ni o‘rgatishmoqda. Uni “an’anaviy islom”, “mo‘’tadil islom” deb atashmoqda. Ey musulmonlar, sizlar dininglarni shu kofirlardan o‘rganasizlarmi?

 Siyosatchilaring hokimiyatga erishish uchun islomiy tuyg‘ularni qitiqlashni vosita qilib olishdi. Hokimiyatga erishganidan keyin “ekstremizm” bahonasi bilan odamlar va da’vatchilar o‘rtasiga to‘siq qo‘yishni boshlashadi. Dininglarni dinini dunyo matosiga almashtirgan sassiq siyosatchilardan o‘rganishinglar mumkinmi?

 Bu rahbarlaring qo‘l ostida saroy ulamolari bor. Ular rahbarlari nima desa, shariatdan shunga yo‘l topib berishadi. Ular muftiyotga yoki fond kabi tashkilotlarga da’vatni etkazish uchun kelgan emas (yaxshi niyatda kelganlari bundan mustasno). Ular u erlarga kapitalist amaldorlardek yashash uchun kelishgan. Ammo dinni niqob qilib olishgan. Bir misol: pandemiya boshlanmasidan avval: “Ramazon vaqtidan foydalanib, farz amallarni ko‘proq bajarishga ulgurib qolaylik” desak, “ekstremistlar og‘ziga kelganini aytaveradi, Ramazon ichi tarovehga qo‘shib uch marta hatm qilamiz” deb, odamlar e’tiborini shu tomonga burishar edi. Kofirlar pandemiya bahonasi bilan jamoat nomozlarini taqiqlashganida esa, eng birinchilardan bo‘lib tarovehni, xatmni tark qiluvchilar aynan mana shular bo‘lishdi. Hatto, boshqalarni ham tark qilishga chaqirishdi. Yana bir misol, hijobli qizlarimiz maktablarda kamsitishlarga duchor bo‘lishayotgan vaqtda bu “olimlar” kursi talashib qirpichoq bo‘lib yurishdi. Demak, ulardan to‘liq Islomni o‘rgatadi deb, hatto umid ham qilmaslik kerak.

Yana ularga ko‘r-ko‘rona ergashuvchi muridlar ham bor. Ular tushinib-tushinmay turib “unga ergashma, u adashgan, bunga ergashma, u falon sektadan” deb sayrab yuraverishadi. Bu orqali ular mustamlakachi kofirga xizmat qilishaayotgani bilishmaydi. Ularga quyidagi hadis juda to‘g‘ri keladi: “Odamlarning yomoni – oxiratini dunyoga almashtirgani, odamlarning eng johili – birovning dunyosini deb o‘z oxiratini sotgan kishi”.

 Bulardan tashqari, Islomni demokratik yo‘l bilan olib kelamiz degan guruhlar ham bor. Bu yuqorida aytib o‘tilgan “mo‘’tadil islom”ning aynan o‘zi. Faqat, uning ayrim tarafdorlari buni chin dildan Islomga xizmat qilish chorasi deb bilishadi. Biroq, ularning Qur’on va Sunnatdan hech qanday dalillari yo‘q. Ular ushbu modelni Turkiya kabi davlatlardan ko‘chirib olishgan. Demak, ulardan ham toza Islomni o‘rgatadi degan umid yo‘q.

 Biroq, sizlar noumid bo‘lmang. Hizb yigit-qizlari Ramazon savoblaridan umid qilib kunni tongga ulab, tikonzorlar oralab sizlarni da’vat qilib kelmoqda. Ular buning uchun yolg‘iz Allohning ajridan umidvordirlar. Sizlardan dunyo talashmaydi, sizlarni o‘zgalarga qul qilib berish uchun aldashmaydi. Agar yigit-qizlarimiz sizlarga etaolmay qolsa, o‘zinglar izlab topinglar. Chunki, sof Islomdan ta’lim olish va shunga yarasha amal qilish sizlarga ham farz, buning uchun Allohning oldida javob berasizlar. Agar yigit-qizlarimizni topa olmay qolsangiz saytimizga murojaat qilinglar. Unda aqidadan tortib, hozir duch kelayotgan barcha muammoning echimlarigacha topa olasizlar. Demak, fikrlang, keling, birgalikda Ramazon savoblariga intilaylik!

 Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.