Navruzni nishonlash otashparastlikdan qolgan shirkdir

217
0

Navruzni nishonlash otashparastlikdan qolgan shirkdir

Navruz fors tilidan olingan so‘z bo‘lib, “nav” – yangi,  “ruz” – kun degan ma’noni anglatadi. Bu kun yangi yilning boshlanishini ifodalaydigan va asosan fors va turk xalqlarining qadimiy shirk e’tiqodlari bilan bog‘liq bayramdir. Ushbu kun YuNESKO tomonidan 2009 yil 30 sentyabrda “Xalqaro kun” deb e’lon qilingan. Navruz bayramining tarixi taxminan 2500 yildan ortiqroq vaqtga borib taqaladi.  Zardushtiylikda bu kun yorug‘lik zulmat ustidan g‘olib bo‘lgan kun sifatida nishonlanadi.

Islom kelib, butlarning barcha shakllariga sig‘inish turlarini harom qildi va musulmonlar uchun navruzni nishonlash taqiqlandi. Biroq,  bugungi kunda demokratiya hamma odamlar uchun barcha ishlarni “muboh” qilib qo‘ygan.

Afsuski,  Ummatning ahvoli bugungi kunda shunday past darajaga tushib qoldiki, jahannam ahli bo‘lgan mushriklar va kofirlarning bayramlarini o‘zimizning bayramlardek qabul qilaligan bo‘lib qoldik. Ko‘chalarga chiqqanda, hokimiyat navruzga tayyorgarlik ko‘rayotganiga guvoh bo‘lamiz. O‘zlarini musulmon deb bilgan ba’zi bir fosiq kimsalar bu kufr bayramlarini – Nauzubillah – ikki hayit bayramidan ham ulug‘roq deb bilishadi. Hayit kunlarida esa, musulmonlar bayram qilish o‘rniga ta’ziya bildirish uchun uyma-uy yurish bilan ovora.

Ey musulmonlar! jahannam ahliga xayrixoh bo‘lib, ularning bayramlarini bayram qilish bilan kaltakesakning orqasidan ergashganingiz kabi ularning orqasidan jahannamga ergashib ketmang!

  Tafakkur qilib: “Men kimga ergashayapman? Allohga itoatsizlik qilayotgan, Uning la’natiga qolgan va oxiratda jazosi jahannam bo‘lgan kofir, mushriklargami? Unda, bizning ulardan qanday farqimiz bor?”, deya o‘zingizga savol berib ko‘ring.

Abdulloh ibn Osdan shunday rivoyat qilinadi:  “Kimki mushriklarning erida yashab, ularning navro‘z va mehrxijon bayramini bayram deb bilsa va o‘limigacha ularga ergashsa, Qiyomat kuni yutqazganlardan bo‘lib qoladi”. (Bayhaqiy rivoyati).

Shunday ekan, hamkasblaringiz yoki qo‘shnilaringiz bo‘lishidan qat’iy nazar,  ularning bayrami bilan tabriklash haromdir. Agar ular sizni ushbu bayramlar bilan tabriklasa, ularga javob berish ham haromdir. Chunki bu kunlar musulmonlarning bayramlari emas.  Alloh taolo aytadi: 

وَمَنْ يَبْتَغِ غَيْرَ الْإِسْلَامِ دِينًا فَلَنْ يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِي الْآخِرَةِ مِنْ الْخَاسِرِينَ

– Kimda-kim Islomdan o‘zga din istasa, bas (uning «dini» Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir.

Shuning uchun navro‘zda kofirlar tomonidan o‘tkaziladigan marosimlarda qatnashish harom va bu ularni tabriklashdan ham ko‘ra kattaroq gunohdir.

Al-Fataava as-Sug‘ro kitobida shunday deyiladi:  “Navruz kunida odatiy bo‘lmagan narsani shu kunni ulug‘lash uchun sotib olgan kishi katta gunoh qilgan kofirdir. Chunki u kofirlarning bayramlarini ulug‘lagan bo‘ladi”. (Imom A’zamning “Al-Fiqh al-Akbar” kitobining sharhi:  186).

Alloh Taolo barchamizni kofir qavmlarga ergashishdan va qiyomat kuni jahannamda ular bilan birga bo‘lib qolishdan saqlasin!

Mumtaz Maveranahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.