Al-Va’y guruhi Xalifalik ag‘darilishining yuz yilligi xotirasida o‘qituvchi va talabalar himmatini qo‘zg‘adi

0
378

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Al-Va’y guruhi Xalifalik ag‘darilishining yuz yilligi xotirasida o‘qituvchi va talabalar himmatini qo‘zg‘adi

Hizb ut-Tahrirning Falastin politexnika universiteti talabalari doirasidagi Al-Va’y guruhi Xalifalik qulatilishining yuz yilligi xotiralarida qator tadbirlar o‘tkazdi. Hizb ut-Tahrirning «Ey musulmonlar, Xalifalikni barpo qilinglar» nomli kampaniyasi doirasida boshlangan ushbu tadbirlarda Al-Va’y guruhi quyidagi so‘zlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib chiqdi: «Xalifalik haqiqiy zaxira va sanoatga ega davlat bo‘lib, Ummatni kuch-qudrat va mudofaa bilan ta’minlaydi. Faqat Xalifalik bilan ahkomlar tatbiq qilinib, fathlar qilinadi, yurtlarimiz va fuqarolarimiz kufr va ularning malaylaridan ozod etiladi», «Xalifalikkina insonlar ishlarini boshqaradi, manfaatlarini amalga oshirib, turmush tarzlarini engillashtiradi», «Xalifalik bilan adolat va ezgulik ulashiladi, Islom va uning ahli kuchga to‘lib, kufr va uning ahli xor bo‘ladi», «Bilasizmi, Xalifalik ma’lum avlodga, muayyan kishilarga xos emas, balki Islomdagi boshqaruv tuzumining nomi Xalifalikdir».

Al-Va’y guruhi o‘qituvchi va talabalar bilan qilgan suhbatida ularga musulmonlarning Xalifalik ag‘darilishi bilan nimalarni yutqazganini, Xalifalik faqat farzgina emas, balki farzlarning gultojisi ekanini ta’kidladi. Bunga Qur’on va Sunnatdan, sahobalar ijmosidan dalillar va bu haqdagi ulamolar so‘larini keltirdi. Xalifalik musulmonlarning har bir muammosiga echim ekanini, yurtlarning xaloskori, nomuslarni himoyachisi ekanini urg‘uladi.

Roya gazetasining 2021 yil 3 mart chorshanba kungi 328-sonidan

Izohlar yo'q