Sudan hukmdorlari Isro va Merojni bosib olgan dushmanga o‘z qurollarini topshirishmoqda

136
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudan hukmdorlari Isro va Merojni bosib olgan dushmanga o‘z qurollarini topshirishmoqda

Yaqinda Sudanga kelgan yahudiylarning razvedka vaziriga Sudan Mudofaa vazirining miltiq hadya qilishi ortidan, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati yurt hukmdorlari tomonidan sodir etilayotgan razil qilmishlardan Alloh Taologa poklik izhor qildi.

Hizb ut-Tahrirning Sudandagi rasmiy notig‘i Ibrohim Usmon (Abu Xalil) o‘zining matbuot bayonotida ushbu ramziy sovg‘ani taqdim etish haqida bunday dedi:

«Kimda-kim qurolini dushmanga bersa, bu taslim bo‘lganini va unga tiz cho‘kkanini anglatadi. Hatto manfur milliy o‘lchovdan qaraganda ham Sudan sharqida insonlarni o‘ldirgan mana shu yahudiy vujudi emasmidi?! Yaqindagi qilmishi Yarmuk qurol-aslaha arsenaliga raketa zarbasini yo‘llashdan iborat bo‘ldi va hech qanday javob olmadi. Mana, sobiqu hozirgi hukmdorlarning naqadar xor ekanliklari odamlarga yaqqol ayon bo‘lmoqda… Shunchalik ham sharmandalik bo‘ladimi, musulmonlar bunday razillikni eng zaif davrlarida ham ko‘rgan emaslar!».

Bayonot so‘nggida bunday dedi:

«To Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati barpo etilmagunicha Islom Ummati aziz-kuchli bo‘lolmaydi. Ushbu davlatda yahudiy vujudiga – anavi hukmdorlarga o‘xshab – aslo qurol hadya qilinmaydi. Bil’aks, Xalifalik davlati bosqinchi yahudiylarga qarshi jang qiladi, ularni muqaddas zaminimizdan quvib solib, iflosliklaridan poklaydi.

وَيَقُولُونَ مَتَى هُوَ قُلْ عَسَى أَن يَكُونَ قَرِيباً

«U kun qachon bo‘ladi? deydilar, (siz ularga) shoyadki yaqindir, deb ayting» [Isro 51]

Roya gazetasining 2021 yil 10 fevral chorshanba kungi 325-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.