Muslima ayol o‘z himoyachisi va qalqoni bo‘lgan Xalifalikning yo‘qligi sababli yuz yilni zulmat, umidsizlik va tahqirlovda o‘tkazdi

380
0

Muslima ayol o‘z himoyachisi va qalqoni bo‘lgan Xalifalikning yo‘qligi sababli yuz yilni zulmat, umidsizlik va tahqirlovda o‘tkazdi

Bu yilgi rajab oyi Islom Ummati tarixida juda ham muhim, alamli iz qoldirdi. Chunki Islom dushmani Mustafo Kamol va mustamlakachi G‘arb davlatlari qo‘li bilan Ummatning rahnamosi hisoblangan buyuk davlatning qulatilganiga bu oy hijriy taqvim bo‘yicha yuz yil bo‘ldi.

Muslimalar, ularning farzandlari va oilalari hayotiga ushbu halokatli voqeaning ta’siri kuchli bo‘ldi. Chunki ular uzoq vaqt davomida huquqlarini himoya qilgan, sihat-salomatligi uchun qayg‘urgan va farovon turmush bilan ta’minlagan davlatni yo‘qotdilar. Rosululloh ﷺ aytadi:

«الْإِمَامُ رَاعٍ وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

«Imom boshliqdir va u o‘z qo‘li ostidagilardan javobgardir». Xalifalik yo‘q bo‘lgan so‘nggi yuz yil mobaynida muslima ayollar o‘lim, vayronagarchilik, qashshoqlik va umidsizlikni boshdan kechirdilar. Mustamlakachilik urushlarining hamda islomiy yurtlardagi mavjud rejimlarning asosiy qurbonlari ayollar va ularning farzandlari bo‘ldi. Islom ahkomlari bilan hukm yuritgan davlatda esa, muslima ayol diqqat markazida bo‘lib, unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilgan va u himoya qilingan edi. zero, muslima ayol sharafini himoya qilish uchun xalifalar butun bir armiyani safarbar qilganlar. Bugun esa, Xalifalik davlati zavol topganidan buyon muslima ayol ta’qibga uchrab, hibsga olinmoqda, qiynoqqa solinib, zo‘rlanmoqda, Islom dushmanlari qo‘lida qatl etilmoqda. Muslimalarga nisbatan shunday jinoyatni sodir etganlarga hech qanday jazo qo‘llanayotgani yo‘q. Ularga yordam ko‘rsatish uchun armiyalar ham safarbar qilinmayapti va hech bir davlat tomonidan ularga boshpana berilmayapti.

Bundan tashqari, islomiy boshqaruv yo‘qligida musulmon yurtlarda ayolga nisbatan zo‘ravonlik qilinishi va uning nomusi poymol etilishi eng yuqori ko‘rsatgichga chiqdi. Shu bilan birga liberal G‘arb qadriyatlari tarqalishi tufayli axloqsizlik, materializm va buzg‘unchilikning kuchayishi ahvolni yanada qiyinlashtirdi. Chunki bu qadriyatlar yoshlar ongini zaharlab, dinidan adashtirdi va ularni vayron qiluvchi hayot tarziga boshladi. Shuningdek, ushbu liberal qadriyatlarning kirib kelishi, shu bilan birga Xalifalik qulatilganidan keyin saqlanib qolgan islomiy ijtimoiy qonunlarning ilmoniylashtirilishi oila buzilishi epidemiyasining tarqalishiga sabab bo‘ldi. Bu esa, ayollar uchun ham, erkaklar va bolalar uchun ham bir uyum muammolarni keltirib chiqardi.

Islomiy boshqaruv nizomi yo‘qligida ayollar Alloh ularga in’om etgan ta’lim olish va tibbiy xizmatdan foydalanish huquqidan mahrum qilindilar. Chunki korruptsiyalashgan layoqatsiz rejimlar davrida ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi emirilgani tufayli ayollar ehtiyojlariga e’tibor berilmadi.

Xalifalik qulatilishi bilan ayollar moliyaviy ta’minotini va xavfsizligini kafolatlagan davlatdan mahrum bo‘ldilar. Buning natijasida ular qarovsiz tashlab qo‘yildi. Ko‘pincha ekspluatatsiyachilar qo‘lida ishlashga va o‘z hayotini saqlab qolish uchun ko‘chalarda tilanchilik qilishga va axlat titishga majbur bo‘ldilar. Bularning barchasi katta boylikka ega bo‘lgan, qashshoqlikka barham bergan va odamlar uchun farovonlik yaratib kelgan Islom davlatida ayol foydalanib kelgan ko‘plab imtiyozlardan butunlay yiroqdir. Bundan tashqari, Islom davlati birinchi darajali ta’lim va sog‘liqni-saqlash muassasalarini barpo etgan ediki, bu maskanlardagi qulayliklardan erkagu-ayol bir xilda foydalanar edi.

Darhaqiqat, musulmonlarning ishlarini boshqaruvchi va ularni himoya qiluvchi qalqon hisoblanmish Xalifalik yo‘qligi sababli ayollar hisobsiz qiyinchiliklarni, g‘am-anduh va yo‘qotishlarni boshdan kechirdi.

Shunga ko‘ra, Hizb ut-Tahrir amiri, buyuk olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning (Alloh u kishini O‘z hifzu himoyasida asrasin) topshirig‘i bilan «Xalifalik qulatilganining yuz yilligi xotirasida… uni barpo etinglar, ey musulmonlar» nomi ostida Hizb ut-Tahrir boshlagan kampaniya doirasida, Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti ham rajab oyidagi ushbu kampaniyasini boshladi. Ayollar qanoti bu kampaniya orqali Xalifalikning qulatilishi sababli yuzaga kelgan butun dunyodagi muslima ayollar hayotidagi alamli oqibatlarni yoritib borishni ko‘zlagan. Bundan tashqari, markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti Islom davlatini (roshid Xalifalikni) zudlik bilan barpo etishga chaqirish bilan bir qatorda, Islom davlatida ayollar huquqlari, roli va mavqei qanday bo‘lishini bayon qilib boradi. Shuningdek, ushbu kampaniyada «Xalifalik davrida ayolga zulm qilingan», degan bir qator noto‘g‘ri tushunchalar va yolg‘onlarni yo‘qqa chiqarmoqchimiz. Hizb ut-Tahrir ayollari sifatida shuni aytamizki, yuz yil davom etgan chidab bo‘lmas azob-uqubat, xorlik va yo‘qotishlar biz uchun etarli! Biz Islom Ummati tarixidagi ushbu zulmatli kunlarga yakun yasashimiz lozim!

Ey musulmonlar! Sizlarni ushbu muhim kampaniyani qo‘llab-quvvatlashga hamda payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish orqali Allohning izni ila buyuk sharafga erishishga chaqiramiz!

Kampaniyani quyidagi adreslar orqali kuzatib borishingiz mumkin:

https://m.facebook.com/WomenandShariaAR/
http://www.hizb-ut-tahrir.info/ar/index.php/hizb-campaigns/73193.html

#أقيموا_الخلافة

#خلافت _ کو _ قائم _ کرو

#YenidenHilafet

#ReturnTheKhilafah

#Xalifalikni_barpo qilinglar

D. Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti mudirasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.