Islom energiya manbalarini umumiy mulk bo‘lishini vojib qilgan
Umumiy mulkni xususiylashtirish jamoat huquqini poymol qilib, manfaatlariga xavf soladi
Bajva-Imron rejimining «islohot» siyosati neftь mahsulotlari narxining oxirgi oyda uch barobarga, ya’ni o‘n rupiyaga oshishiga olib keldi. Odamlar 2020 yil sentyabrdan beri bir oyda ikki marta «yondiruvchi bombaga» (neftь narxining ko‘tarilishiga) duch kelmoqdalar. Bu esa, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi oshishidan tashqari oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ham ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Darhaqiqat, eksport tovarlarimiz xalqaro raqobatbardoshligini yo‘qotdi. Bu esa, hukumatni eksportchilarga ajnabiy valyuta tushumlari borasida subsidiyalar taqdim qilishga majbur qilmoqda. Hukumat bir necha oy ichida elektr energiyasi narxini 3.30 rupiyaga oshirmoqchi. Odamlar, dehqonlar, savdogarlar va ishchilar haqiqatda ezilgan. Xalqaro Valyuta Fondi esa, o‘z programmasi bo‘yicha ishlarni qayta tiklaganidan keyin yoqilg‘i va elektr energiyasi narxlarini oshirishni talab qilmoqda.
Albatta energiya sektori xususiylashtirilishini oqlash uchun eng avvalo davlat energetika tarmoqlarini ataylab noto‘g‘ri boshqaruvga tiqib qo‘yiladi. Natijada, xuddi suyultirilgan tabiiy gaz sektorida bo‘lganidek energetika ham xususiylashtiriladi. Shuning uchun energetika sektoridagi buzuq boshqaruv neftь, gaz, suyultirilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neftь gazi va elektr energiyasi kabi xom ashyolarning o‘g‘ri kapitalistlardan iborat mafiyaga – toki, bu mafiya odamlar hisobiga ulkan foydalarga erishishi uchun – xususiylashtirib berishni oqlaydimi? Axir davlat odamlarga ma’qul keladigan narxlarda energiya bilan ta’minlashi lozim emasmi? Yagona o‘lchov faqat moddiy manfaatdan iborat bo‘lgan hamda hech qanday insoniy qiymatlarga e’tibor berilmaydigan kapitalistik demokratiya soyasidagi xususiy sektorga qanday qilib energetika sektorini topshirish mumkin? Demokratiya inson hukmronligi tushunchasi orqali yirik kapitalistlarga boshqaruv nazorati uchun eshikni katta ochib beradi. Ularning qonunchilik va siyosat ishlariga to‘la hukmronlik qilishlari haqida aytmasa ham bo‘ladi. Demokratiyada rejim to‘laligicha elita qo‘lida bo‘ladi. Odamlarning huquqlari esa, bugun butun dunyoda bo‘layotganidek bir siqim kapitalistlar qo‘lida garovda bo‘ladi. Shunday holatda neftь, energiya, va suyultirilgan neftь gazi mahsulotlari jamoat mulki degan e’tiborda davlat ixtiyoriga berilishi, har qanday foydadan qat’iy nazar iloji boricha past narxlarda sotilishi, ishlab chiqarishdagi xarajatlar kamaytirilishi va inflyatsiyani pasaytirish zarur emasmi?!
Islom neftь mahsulotlari va elektr energiyasini jamoat mulki bo‘lishini vojib qilgan. Bu esa, biror shaxs, yoki shirkat, yoki davlat ularga egalik qilishi mumkin emas deganidir. Shuning uchun ularning haqiqiy va qonuniy egalari odamlardir, davlat esa odamlar nomidan ularni idora qiladi. Rosululloh ﷺ aytadilar:
«الْمُسْلِمُونَ شُرَكَاءُ فِي ثَلَاثٍ: فِي الْمَاءِ وَالْكَلَإِ وَالنَّارِ»
«Musulmonlar uchta narsada sherikdirlar: Suv, o‘t-o‘lan va olovda». Ibn Mojja rivoyati. Kapitalistik demokratiyada Islomning ushbu hukmini tatbiq qilib bo‘lmaydi. Chunki unda jamoat mulklari mulk erkinligi bahonasida xususiylashtiriladi. Islomning bu hukmini Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik soyasidagina tatbiq qilish mumkin. Chunki yolg‘iz Xalifalikkina Qur’on va Sunnat bilan hukm yuritadi. Ey musulmonlar yaqinlashib kelayotgan Rajab oyida, ya’ni Xalifalik qulatilganining yuz yilligida Xalifalikni barpo qiling.