Falastin rejimi ushoqlarni qo‘lga kiritish umidida mustamlakachilar ostonasida tilanchilik qilayotgan bir paytda, yahud vujudi G‘arbiy sohildagi qolgan erlarni kemirmoqda!

0
254

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin rejimi ushoqlarni qo‘lga kiritish umidida mustamlakachilar ostonasida tilanchilik qilayotgan bir paytda, yahud vujudi G‘arbiy sohildagi qolgan erlarni  kemirmoqda!

Yahudiy vujudi G‘arbiy sohilda 800ta aholi punktini barpo etish to‘g‘risida farmon chiqardi. Ayni vaqtda esa, Falastin rejimi bilan yahudiy vujudi o‘rtasida tinchlik muzokaralarini qayta boshlash bo‘yicha Frantsiya-Germaniya-Misr-Iordaniya ishtirokida va Falastin rejimi olqishi ostida Qohirada to‘rt tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu voqeaga nisbatan Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, qo‘yidagilarni ta’kidladi:

Yahudiy vujudi G‘arbiy Sohildagi boshqa erlarni ham, shu jumladan, mash’um Oslo shartnomasida Falastin aholisining demografik kengayishi ta’qiqlangan «SI» rayonlarini kemira boshlagan bir paytda, biz Falastin rejimining ayni shartnomaga qattiq amal qilayotganiga, u erlarni bosqinchilarning kengayishi uchun bo‘shatib berganiga guvoh bo‘lyapmiz. Shuningdek, rejimning ikki davlat echimiga erishish uchun har bir uchrashuv va yig‘inlarda yalinib yotganini ham ko‘ryapmiz. Qohiradagi to‘rt tomonlama uchrashuv ham o‘sha harakatlarning navbatdagisidir. Agar Falastin Ozodlik tashkiloti va uning mash’um shartnomasi bo‘lmaganda edi, yahudiy vujudi ham bunday kengaymagan bo‘lar edi. Zero, bu shartnomaning jinoiy sirlari voqeda his qilinadigan haqiqatga aylanib qoldi. Aslida, yangi saylovlar va bugungi kunda bo‘layotgani kabi «bosqinchiga qarshilik ko‘rsatish» shiorini ko‘tarayotgan guruhlardan tashkil topgan koalitsiyalarni tuzish orqali Ozodlik tashkilotini qayta tiklash emas, balki uni butunlay rad etish lozim. Falastin ahli Islom Ummatini oyoqqa turishga chaqirishi lozim-ki, toki, Ummat o‘z zimmasidagi Alloh buyurgan vazifani bajarib, yahudiy vujudini ildizi bilan qo‘porib tashlash va muborak zaminni uning yovuzligidan ozod etish uchun armiyalarini harakatga keltirsin.

Roya gazetasining 2020 yil 27 yanvar chorshanba kungi 323-sonidan

Izohlar yo'q