Ey Tunis ahli!

0
288

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Tunis ahli!

اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ

«Alloh va Uning Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar»

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati yurt ahli qo‘zg‘olonining o‘n yillik xotirasi munosabati bilan matbuot bayonoti chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Voqelik o‘zgargani yo‘q, rejim ag‘darilgani yo‘q, ba’zi basharalar o‘zgardi, xolos. Yangi kelgan basharalar esa, jinoyatkorlik va qabihlikda ulardan qolishmaydi!

Ilgari yurtimizni Burqiba va Ibn Ali orqali boshqargan mustamlakachi hozir ham mamlakatni boshqarib kelmoqda, hatto hukmronligi rejalashtirish, qonun chiqarish va ijro jihatidan yanada mustahkamlandi».

Bayonotda Tunis ahliga bunday deyildi:

«Bizning masalamiz bitta. U ham bo‘lsa, Islom hamda uni Alloh Subhanahu va Taolo buyurganidek tatbiq qilishdir. Biroq mustamlakachi kofir bizni mayda-mayda davlatchalardan tarkib topgan zaif vujudlarda tarqoq holatda ushlab turish hamda rahbarlar, deyilayotgan malaylarining ustimizga doimiy o‘rnatib qo‘yish ustida ishlayapti. U Islom davlatining qaytib kelishini oldini olishga harakat qilyapti. Buning uchun demokratiyani yoyib, Islomni chetlatmoqda, masalalarni qismlarga bo‘lib parchalamoqda va muammolar keltirib chiqarib, ularga o‘z echimlarini tiqishtirmoqda. Namoyishchilarni muammoning tub echimidan chalg‘itadigan ikkilamchi talablar bilan holdan toydirmoqda. Shuningdek, qo‘zg‘olonga bira to‘la yakun yasash uchun tarixiy, deya da’vo qilinayotgan yarashuvni e’lon qilish orqali milliy yarashuvni paydo qilishga harakat qilmoqda».

Bayonot so‘nggida bunday deyildi:

«Bugungi asosiy masala yurtimizda mustamlakachi kofirning hukmronlik qilayotganidir hamda tiz cho‘kib-itoat qilish va yurtni sotishdan boshqa narsani bilmaydigan va bunday ishlarni qoyilmaqom qilib bajaradigan ilmoniy siyosiy elitaning unga xizmat qilayotganidir. Shuningdek, Islomsiz hargiz odil bo‘lolmaydigan boshqaruv nizomi masalasidir. Shuning uchun barcha sa’y-harakatimizni Allohga xolis qullik qiladigan, Uning shariatini mahkam tutib, masalani anglab etgan, dushman va uning qopqonlarini biladigan xolis etakchilik ortiga birlashtirmog‘imiz darkor. Yurtimizga joylashib olgan dushmanni quvib solmog‘imiz, yurtimiz va uning taqdiri bilan o‘ynashayotgan rahbarlarning qo‘liga bolta urmog‘imiz darkor.

Roya gazetasining 2020 yil 6 yanvar chorshanba kungi 320-sonidan

Izohlar yo'q