Ma’rab neftь shahri Husiylar qo‘liga o‘tishga yaqin qoldimi?

0
318

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ma’rab neftь shahri Husiylar qo‘liga o‘tishga yaqin qoldimi?

Ustoz Shoyif Sharodiy qalamiga mansub

Zaif malaylarni kuchaytirish AQSh tashqi siyosatining o‘zgarmas asoslaridan biridir. Malaylarini kuchaytirishda, ularga katta harakatlarni qilishni buyuradi, shu harakatlari bilan haybatlarini oshirishni va o‘zlari nazorat qilayotgan erlardagi odamlar ko‘ngliga qo‘rquv solib, ularni raqiblari bilan birga mavjud hokimiyatga bo‘ysundirishni buyuradi. Husiylarni ham shunday uslub bilan kuchaytirish ana shunday modellardan biridir.

Husiylar 2012 yil Sa’da shahrini egallashdi va u erdagi ilmiy markazlar talabalarini boshqa mintaqalarga ko‘chirib yuborishdi. Aksari tashqaridan kelgan bu talabalarni ko‘chirib yuborishganiga sabab ularni eski rejimni qo‘llab-quvvatlovchilari, deb bilishgani bo‘ldi. 2013 yil Amron shahridan tashqari, butun Amron oblastida kengayishdi. 2014 yil San’oning shimoliy darvozasi bo‘lgan Amron shahrini o‘z nazoratlariga olishdi va brigada qo‘mondoni, o‘sha paytda shahar meri bo‘lgan Hamid Qushaybiyni qatl qilishdi. Qushaybiy ilgari Husiylarni Sa’dada qamal qilib, nafaslarini bo‘g‘ib kelgandi. O‘sha yili Husiylar Solih bilan kelishgan holda San’oga kirishdi va Hadida portini nazorat ostiga olishdi. Bu port Husiylarga nafas oluvchi o‘pkaga aylandi. 2015 yil Hodiyga qarshi ko‘tarilishdi va Hodiy Adanga qochib o‘tdi. 2016 yil Husiylar Saudiya yordamida Solihning ko‘plab lagerlarini bosib oldi, Saudiya lagerlarga tunda o‘z samolyotlari yordamida zarba berdi, kunduzi Husiylar ularni egallashdi. 2017 yil oxirida Solihni o‘ldirishdi va nufuzlari ortib, Solihning qo‘l ostidagi boyliklarga ega chiqishdi, Yaman Xalq Kongressi ularga bo‘ysunadigan bo‘ldi va partiyaning ko‘plab etakchilari va tarafdorlari Husiylar tomonga o‘tdi. 2018 yil Husiylar Hajja shahridagi Hujur rayonlarini nazoratga olishdi. Hajja Husiylar nazoratida bo‘lmay, uning uchun bir necha oy quturib jang qilishdi, so‘ng u erdagi odamlar qalbiga qutqu solish uchun uy-joylarni bombardimon qilishdi. 2019 yil Husiylar San’o sharqidagi Nihm shahri bilan butun Javf viloyatini qaytarib olishdi, u erlarni bir necha yil burun qo‘ldan boy berishgandi. Joriy 2020 yilda Husiylar Ma’rab frontidagi janglarini kuchaytirib, u erga bostirib kirishdi va Yaman Shimolini to‘liq nazoratga olishdi.

Ma’rab frontida kechayotgan janglarda Husiylar ko‘p talafot berayotgan bo‘lishlariga qaramay, ushbu neftь shahri tomon siljishda qat’iy davom etishyapti. Katta qurbonliklar berib bo‘lsa ham, u erga bostirib kirishga qattiq turishibdi. Darhaqiqat, bu ularning taqdiriy masalalariga aylandi. Bundan tashqari, Ma’rabga kirib borishga Husiylarni yanada shijoatlantirgan narsa, Saudiya etakchiligidagi «qonuniy», deyilayotgan koalitsiya samolyotlari tomonidan bir necha marta xato yo‘llangan zarbalar bo‘ldi. Bu zarbalar Hodiy hukumati qanotini qirqishga va Husiylar foydasiga xizmat qildi. Zarbalar yordamida ular oldinga siljib, muhim harbiy lagerlarni qo‘lga kiritishga, ba’zilarini qamal qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Nihoyat, Ma’rab neftь shahrining mag‘lub bo‘lishiga qosh bilan qovoqcha vaqt qoldi.

Ma’rab Husiylar qo‘liga o‘tsa, Amerika ikkala kurashayotgan tomonlarga taqdim etmoqchi bo‘layotgan o‘zining siyosiy echimini tiqishtiradi. Bu echim bo‘yicha, Husiylarga katta ulush tegadi va Amerika «Keskinlik bo‘roni» orqali ularni hokimiyatga o‘rnatishga va mustahkamlashga, inglizlar qal’asini butunlay yoki aksarini vayron etishga muvaffaq bo‘lgan bo‘ladi va ularning qolgan qal’alarini yo‘q qilishda davom etadi.

Yaman ustida Amerika bilan Britaniyaning o‘z malaylari yordamida kurash olib borishayotgani juda yovuz ish bo‘lmoqda. Buni to‘xtatib qolishga faqat ongli Yaman ahlidan boshqasi qodir emas. Yaman ahli ushbu kurash mohiyatini anglab etmoqlari, malaylardan voz kechmoqlari va Hizb ut-Tahrir etakchilik qilayotgan karvonga qo‘shilmoqlari vojibdir. Zero, bu Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo qilish karvonidir. Chunki aynan ushbu Xalifalikkina G‘arb nufuzini Yamanning janubiyu shimolidan butunlay qo‘porib tashlashga va Yamanni mustamlakachi kofirlar qadami tegmagan, ularning jinoyatkor malaylari boshqarmagan sobiq islomiy qal’alardan biriga aylantirishga qodirdir.

Roya gazetasining 2020 yil 16 dekabr chorshanba kungi 317-sonidan

Izohlar yo'q