Bishkekda bosh qonunni o‘zgartirilishiga qarshi yurish bo‘lib o‘tdi

330
0

Bishkekda bosh qonunni o‘zgartirilishiga qarshi yurish bo‘lib o‘tdi

8 –nayabr kuni Bishkekda «bash mыyzam uchun» deb atalgan norozilik yurishi bo‘lib o‘tdi. Namoishda 20 dan ziyod jamoiy faollar qatnashib, ular “Konstitutsiyaga tegmang” deb yozib olishgan varaqalar bilan markaziy maydonga kirib kelishdi. Shuningdek 2020-yili 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan parlament saylovini o‘z vaqtida o‘tishini talab qilishdi.

22-oktyabrda “jogoru kenesh” konstitutsiyani o‘zgartirish va prezidentlik, parlamentlik saylovlari vaqtini ortga jildirish haqida qonun qabul qilishgan edi.

Qirg‘iziston yana prezident boshqaruv sistemasi tomon yo‘nala boshladi. Parlament boshqaruv sistemasi inqirozga yuz tutib, bu tizim ham, mamlakatimiz uchun hech qanday manfaat keltira olmadi. Bizning siyosiy doira parlament boshqaruv tizimini G‘arb (Evropa) davlatlaridan ko‘chirib olgan edi. Ko‘chirib olayotib ularning iqtisodiy rivojlanish tizimiga, aholisining yashash darajasi, demokratiyaga moillik darajasi va shuningdek ularning dini va mintalitetiga e’tibor berishmadi. Natijada G‘arb bilan Rossiya o‘rtasida fuqorolarimiz ikki toifaga bo‘linib, ular o‘rtasida hozircha fikriy keskinliklar paydo bo‘lib, toboro kuchab borayapti.

Sobiq rejim vakillari “Prezidentlik boshqaruv tizimiga qaytishimiz, mamlakatimizni G‘arb saqofiy ekspantsiyasidan saqlab qolishi mumkin” deb umid qilishyapti. G‘arb dunyoqarashidan tas’sirlangan g‘arbparast kuchlar esa, aksincha, parlamentlik boshqaruv tizimini saqlab qolmoqchi.

Qirg‘iziston xalqi har ikki rejim ostida yashab ko‘rdi. Har ikki rejim mamlakatimiz uchun ulkan iqtisodiy zarar, siyosiy inqirozdan boshqa hech qanday manfaat olib kelmadi. Endi bu rejim tarafdorlari yana xalqni jumbushga keltirib, ikki dunyoqarash o‘rtasida Qirg‘iziston halqini saqofiy bo‘linishga tortib borishyapti

Aslida prezident boshqaruvi ham, parlament boshqaruvi ham demokratiya aqidasiga asoslangan kapitalistik mabdaning ikki butog‘i bo‘lib, har ikki boshqaruv tizimi bizning mamlakatimiz uchun mustaqillik, xotirjamlik, osoyishtalik va iqtisodiy farovonlik olib kela olmaydi.

Fuqorolarni bir biri bilan fikriy va moddiy hatto harbiy to‘qnashuvlarga olib borayotgan bu robitalar, aslida xalqaro siyosatdagi ikki yirik (sharqiy va g‘arbiy) lagerdan qolgan siyosiy doiralar o‘rtasidagi siyosiy kurash va saqofiy talashuvdan o‘zga narsa emas. Ular bizning yurtlarimizda saqofiy ta’sir quvvatlarini kuchaytirib olish yo‘li bilan mamlakatimizni siyosiy, iqtisodiy mustamlaka qilishadi. (Yugoslaviya, Ukraina… singari)

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi, undan keyin konstitutsiyani o‘zgartirish referendumi, uning ortidan yana parlament saylovi o‘tishi kutilyapti. Saylovlar har safar keskinliklar, davlat ag‘darish bilan yakun topayotganiga karaganda, vaziyat yana keskinlashish xavotiri bor. Lekin bu safar gabparast kuchlar jiddiyroq bosh ko‘tarishi kutilyapti. Ularda hozircha hokimiyatni egallab olishga yaroqli siyosiy doira to‘la shakllanib bitmagan bo‘lsa ham, ular davlatda salmoqli siyosiy mavqelarni egallab borishyapti.

Ukraina va Belorusiya boshidan kechirib kelayotgan bu keskinliklar, endi bizning yurtlarimizga ham kirib kelyapti. G‘arb mustamlakachilari Rossiya yoki Xitoy singari yirik davlatlar bilan o‘lja talashishlari, ya’ni bizning yurtlarimizdagi manfaat talashish kurashlarida biz Musulmonlar uchun hech qanday xayr yoki manfaat yo‘q! Faqat xatar va har tomonlama zarar, talon-tarojlik, diniy, irqiy, milliy keskinliklar, fuqorolar urushi kabi betayinliklardan boshqa narsa ko‘rinmaydi.

Birodarlar, har ikkisi ham kufr bo‘lgan bu taraflarning biror tomonida turib qolishdan ehtiyot bo‘laylik. Jamiyatda Islomiy mabdaiy ongni tarqatib borish orqali islomiy siyosiy doira paydo qilib, kufr manfaatlarini yurtlarimizdan shu doira va iymoniy muhit quvvati bilan quvib chiqarishga hissa qo‘shishga shoshilaylik. Yurtlarimiz islomiy siyosiy doira etakchiligiga muhtoj! Barcha etakchilikni boshimizdan kechirib ko‘rdik. Ularning birortasida ofiyat, xayr topa olmadik! Har qanday kufr boshqaruvi bir-bilarimizning obro‘yimiz, qonimizni to‘kishimizga arzimaydi. Alloh va uning Rosulining yo‘lidan boshqa yo‘llardan umid qilishdan Allohning o‘zi asrasin!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.