Islom falsafasi

0
502

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Islom falsafasi

Falsafa – hikmatni yaxshi ko‘rish. Hikmat – aqliy hujjat. Demak, falsafa aqliy hujjatlashishni yaxshi ko‘rish. Falsafiy bahslarda o‘z fikrini to‘g‘riligi uchun ham, qarshi fikrlarni xatoligini ham aqliy dalillash asosidagi bahslar bo‘ladi. Bu faylasuflarning falsafaga bergan ta’rifi. Bunday hujjatlashish Islomga zid emas, balki Islom talab qilgan asoslardandir, Alloh Taolo aytadi:

أَمْ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِهِ آلِهَةً قُلْ هَاتُوا بُرْهَانَكُمْ هَذَا ذِكْرُ مَنْ مَعِي وَذِكْرُ مَنْ قَبْلِي بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ الْحَقَّ فَهُمْ مُعْرِضُونَ

Yoki U (Alloh)dan yuz o‘girib (boshqa) «xudolarni» topib oldilarmi?! (Ey Muhammad), ayting: («Ey, Allohning hukmlariga qaytmagan  mushrik(demokrat)lar, mana shu shirklaringiz haq ekanligiga) hujjat-dalillaringizni ko‘rsatingiz! Mana men bilan birga bo‘lgan (mo‘minlarning) eslatmasi (ya’ni Qur’on) va mendan avvalgilarning eslatmalari (ya’ni Tavrot, Injil, Mana shu kitoblarning qaysi birida Allohdan o‘zga ham qonun chiqaruvchilar mavjud ekanligiga hujjat-dalil bor?!)» Yo‘q, ularning aksariyati Haqikatni bilmay turib, (Undan) yuz o‘giruvchilardir.[21:24]

وَمَنْ يَدْعُ مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ لَا بُرْهَانَ لَهُ بِهِ فَإِنَّمَا حِسَابُهُ عِنْدَ رَبِّهِ إِنَّهُ لَا يُفْلِحُ الْكَافِرُونَ

Kim o‘zi uchun hech qanday hujjat bo‘lmagan holda Alloh bilan birga boshqa biron iloh-qonun chiqaruvchiga murojaat qilsa, bas uning hisob-kitobi Parvardigorining huzurida bo‘lur. Albatta kofir bo‘lgan kimsalar najot topmaslar. [23:117].

Falsafani tushunishni osonlashtirish uchun uyni, oddiy uyni, masalan o‘zingiz yashab turgan yoki qurmoqchi bo‘lgan uyni misol qilib keltiraman. Siz yashab turgan uyingiz o‘z o‘rnida turibdi. Ushbu uyingizning kamchiliklarini to‘g‘rilash yoki unga qo‘shimcha qilish haqida maslahat olish uchun uyingizning suratini, videosini yoki planini mutahassislarga ko‘rsatishingiz mumkin. Bular qo‘lingizda bo‘lmaganda esa, ya’ni hali qurib bitilmagan, endi qurmoqchi bo‘lgan uyga nisbatan maslahat olmoqchi bo‘lganingizda, mutahassislarga uyingizni aqlan tasvirlab berasiz. Agar fikrlarda kelishmovchiliklar bo‘lsa, har bir taraf o‘z rayini to‘g‘ri ekaniga, hamda qarshi tarafning rayini noro‘g‘ri ekaniga dalil-hujjat keltirish talab qilinadi. Agar qurmoqchi bo‘lgan uyingiz nuqson va kamchiliklardan holi bo‘lishini xohlasangiz, qurilishi ko‘zlanayotgan uy haqida ham, uni qanday qurish to‘g‘risida ham ishongan mutaxassislar bilan maslahatlashib, qarama-qarshi bo‘lgan o‘rinlarda dalil-xujjatlariga asoslanib, aniq bir echimga kelishingiz tabiiy hol. Aksincha, ahmaqona yo‘l tutgan bo‘lasiz, to‘g‘rimi?! Kanday uy qurishni planini chizma shakilda ifodalash mumkin bo‘lsa-da, lekin uni qanday qurib, bitkazishni falsafiy tushunamiz. 

Endi gap jamiyat haqida borganda – bu juda ham mas’uliyatli mavzu – o‘zingiz bir fikrlab ko‘ring, bir uyni qurish uchun qancha sarf-xarajat, qanchadan-qancha qurilish materiallari va mehnat sarf etiladi. Jamiyatni o‘nglash yoki qurish uchun esa, uyga nibatan bir necha ming-ming barobar ko‘p sarf-xarajat, mol-mulk va mehnat talab qilinadi. O‘zingizga kelib, yana bir bor fikrlab ko‘ring! Fikrlang, brodar! Keyin dalil-xujjatingizni keltiring! Mutuxassislarning ish rejasini o‘rganmasdan jamiyatni qurishdek mas’uliyatli ishni o‘z mas’uliyatiga olgan insonni kim deb o‘ylaysiz?! Ummat o‘shandaylar dastidan behol bo‘lib qolmadimi, noumid ahvolga kelib qolmadimi?!

Jamiyatni sog‘lom yoki buzuq ekanini isbotlash faqat aqliy hajjatlashish asosida bo‘ladi, ya’ni falsafiy asosda bo‘ladi. Buzuq jamiyatni buzuq ekanini ko‘rsatish ham, qurmoqchi bo‘lgan jamiyatimizni to‘g‘ri va mukammal ekanini isbotlash ham aqliy hujjatlashish asosida tushuntiriladi. Biz yashab turgan jamiyatdagi tuzumlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi, agar buzuq jamiyat bo‘lsa, uning qaysi sohasi yoki nimalari buzuq ekani faqat aqliy hujjat keltirish yo‘li bilangina isbotlanadi. Chunki jamiyat asoslari to‘rtta (insonlar, fikrlar, tuyg‘ular, hamda qonunlar) bo‘lib, ularni buzuq yoki sog‘lom ekanini rasm yoki video orqali ifodalash mumkin emas. Faqat aqliy hujjat qeltirish yo‘li bilangina tushuntirish, isbotlash mumkin. Jamiyat qanday bo‘lishi haqidagi tasavvur, hamda uni voqeda muvjud qilish va buzulib ketishini oldini olish yoki boshka yurtlarga ham ko‘chirish to‘risidagi tasavvur falsafa deyiladi. Falsafaning ta’rifi hamda voqe’ligi  mana shu, tushunarli bo‘ldimi?!

Jamiyat haqida bosh qotirayotgan, uni to‘g‘ri, sog‘lom yoki noto‘g‘ri, buzuq jamiyat ekanini tekshirmoqchi bo‘lgan, hamda jamiyat buzuq bo‘lsa, isloh qilish uchun harakat qiluvchi yoki noto‘g‘ri bo‘lsa, to‘g‘rilaguvchilar o‘zlari xohlab turgan jamiyat haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lishlari yoki shu sohani yaxshi bilgan insonlarga ergashishlari kerak, aksincha behuda kuch sarflovchi ahmoqlar kabi bo‘lib qolishadi. Qanday uy qurishni yoki tuzatishni bilmagan inson uy qurishga kirishsa, unday insonga qanday baho berasiz?! O‘shanday qallob “usta”ga yig‘ib qo‘ygan qurilish materiallaringizni ishonib topshirasizmi?! Yo‘q, albatta. Uy qurishdan avval ustani yaxshilab tekshirasiz. Jamiyat ham hayotimizga chambarchas bog‘langan umumiy “uyimiz”dir. Uni isloh qilish, to‘g‘rilash ko‘pchilik bilan amalga oshadi. Shuning uchun qanday jamiyatda yashashimiz haqida bir fikrga kelmasdan turib o‘z jamiyatimizni kurolmaymiz. Chunki jamiyatga hamma ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Insonlar uni buzish uchun emas, isloh qilishga, farovonligiga va yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shishlari uchun barkamol jamiyatni to‘liq tasavvur qilishlari lozim, loaqal o‘zlari ergashayotgan etakchilarida bu tasavvur bo‘lishi kerak. Biz o‘zimiz uchun rozi bo‘ladigan jamiyat to‘g‘risida fikrlarimiz bir xil bo‘lishi zarur. Mana shu bilan kim jamiyatni buzmoqchi, kim yuksaltirmoqchi ekanini ajratish asosi mavjud bo‘ladi, hamda jamiyatni yuksaltirish uchun jonbozlik ko‘rsatayotganlar “xalq qahromoni” degan nomga sazovor bo‘lib, xalq olqishi bilan quvvatlanadigan, jamiyatni buzishga harakat qilayotgan hudbinlar esa, xalq dushmanlari, xoinlar ekani ma’lum bo‘lib, jamiyatdan quviladigan bir xil tuyg‘ular jamiyatda hukumron bo‘ladi. Shu fikr va tuyg‘ular hukumron bo‘lgan jamiyatni tartibga solib turuvchi qonunlar ham aynan shu fikrlarga asoslanishi shart. Shundagina hamma jamiyatni yuksaltirish uchun bir jasaddek harakatga keladi, jamiyatni yuksaltirish uchun o‘z hissasini qo‘shishga shoshiladilar. Chunki jamiyatdagi hukmron fikr va tuyg‘ular har qanday insonni befarq bo‘lishiga tek tashlab qo‘ymaydi. Qonunlar esa, yaxshilik qiluvchilarga yordam beradi, buzg‘unchilarni temir tuzum bilan tiyib qo‘yadi.

Biz xozirgi jamiyatdan rozi emasmiz, uni to‘g‘rilash kerak, chunki u noto‘g‘ri asosga: insonlar o‘ylab topgan tuzumlarga asoslangan g‘oyri islomiy jamiyatlardir. Bu jamiyatlarning asosi – Demokratiya – kufr bo‘lib, unga e’tiqod qilganlar kofirlardir. Ularning taomlari harom, ular bilan mo‘minlar qudachilik qilishlarini Alloh Taolo man qilgan. Demak, ular bilan nikoh bitimlari sahih bo‘lmaydi, tug‘ulgan farzandlari “valadizino” (zinodan dunyoga kelgan farzandlar) bo‘ladilar. Termiziy chiqargan hadisda Adiy ibn Hotam aytdi: «Men Nabiy (s.a.v)ning oldilariga keldim – bo‘ynimda tilla xoch bor edi – u zot menga butni olib tashla dedilar. Va «Baroat» surasidan mana bu:

اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ

Ular Allohni qo‘yib o‘zlarining donishmandlarini va rohiblarini Parvardigor deb bildilar. [9:31] oyatni o‘qib, … shunday deganlarini eshitdim: «To‘g‘ri, odamlar rohiblarga ibodat qilishmagan, lekin rohiblar biror narsani halol deyishsa, odamlar ularni halol sanashgan, biror narsani harom deyishsa, uni harom deyishgan ... ».

Demokratiyadan voz kechib, Alloh Taoloning hukmlariga qaytish mo‘minlikdir. Demokratlar kofirlar ekanini men uylab topganim yo‘q, Alloh Taolo aytmoqda:

وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الْكَافِرُونَ

Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir. [5:44].

Biz qabul qilgan fikrlar ham, rozi-norozi bo‘lishimiz asosi bo‘lgan tuyg‘ularimiz ham, o‘zaro ishlarimizni tartibga solib turuvchi qonunlarimiz ham Rosululloh (s.a.v) keltirgan risolat asosida bo‘lishi mo‘minlik shartlaridandir. Alloh Taolo aytadi:

فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

– „Yo‘q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha-bo‘yinsunmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘la olmaydilar“. [4:65].

Alloh Taolo hamma narsani bayon qiluvchi risolatni nozil qilgan, bunda shubha qilish ham kufrdir:

وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ

“Biz sizga Kitob-Qur’onni barcha narsani bayon qilib beruvchi qilib nozil qildik”. [16:89].

Dorqutniy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v) shunday deydi:

«كُلُّ أَمْرٍ لَيْسَ عَلَيْهِ أَمْرُنَا فَهُوَ رَدٌّ»

“Bizning unga amrimiz bo‘lmagan xar bir ish rad etilgandir”.

Bu dalillarga ko‘ra, ishlarimiz to‘g‘ri bo‘lishi, jamiyatimiz farovon bo‘lishi hamda yuksalishimiz uchun Islomni o‘rganishimiz shart. Bu bilan inson muayyan bir ishni qilayotgan va Allohga bo‘lgan aloqasini idrok etayotgan paytda shu idrokka muvofiq o‘sha ishga qadam qo‘yish yoki undan bosh tortish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki u ishning turini, sifatini va qiymatini biladi. Biz shahodat kalimasini keltirayotgan vaqtimizda nafaqat Yaratguvchini tan olishga, balki hayotdagi barcha ishlarning echimini U Zotdan olishni bo‘ynimizga olganmiz. Sahobai kiromlar mo‘minlikning asosi bo‘lgan “IYMON”ni aniqlab olish uchun Rosululloh (s.a.v)dan so‘raganlarida quydagicha javob berganlar: “Iymon etmish necha yoki oltmish necha bo‘lak bo‘ladi, eng yuqorisi “la ilha illoloh” so‘zi va eng quyisi yo‘ldan ozorni ketkazish,  hayo (ham) iymonning bir bo‘lagi”- deganlar.

Mana shundan ayon bo‘ladiki, Islom falsafasi moddani ruhga – Allohni bilib turishga – qorishtirishdan, ya’ni ishlarni Allohning amru nahiylariga muvofiq yurgiziladigan qilishdan iboratdir. Bu falsafa har bir ish uchun – u qanchalar oz yo ko‘p, kichik yo katta bo‘lmasin – lozim va doimiy falsafadir. Bu falsafa ayni paytda hayotning tasviri hamdir. Islomiy aqida hayotning asosi, falsafasining asosi bo‘lgani uchun islomiy dunyoqarash, ya’ni Islom nuqtai nazaridagi hayot haqidagi tushunchalar majmuasi yagona ruhiy asosga, ya’ni aqidaga quriladi. Uning hayotni tasvirlashi moddani ruhga qorishtirishdir. Uning nazarida saodatning ma’nosi Allohning roziligidir.

G‘arib Muslim

Izohlar yo'q