Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati joriy oyda o‘tkazgan ayrim tadbirlar

231
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati joriy oyda o‘tkazgan ayrim tadbirlar

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati o‘tgan hafta bir necha tadbirlar o‘tkazdi. Masalan, 2020 yil 11 sentyabr kuni haftani Ummu Do‘rmon shimolida ommaviy murojaat yo‘llash bilan boshladi. «Ilmoniylikni tan olish Islomning yurtdagi qolgan ahkomlarini ham yo‘q qilishni, musulmonlar tuyg‘usini o‘ldirishni… anglatadi», nomli ushbu murojaatda Hizb ut-Tahrir a’zosi ustoz Rizo Muhammad nutq so‘zladi. Ummu Do‘rmonning «Qo‘zg‘olon 17 mahallasi»da ham ayni nom ostida murojaat tadbiri o‘tkazilib, unda ustoz Mujohid Odam nutq so‘zladi. Tadbirga odamlar juda qizg‘in munosabat bildirdilar. Ayniqsa, yig‘ilganlardan biri bunday dedi: «Biz musulmonlarmiz va bizga ilmoniylik tatbiq etilishiga aslo rozi bo‘lmaymiz, chunki Islom tatbiq etilgan vaqtda adolat bor edi. Bu hukumat har qancha urinmasin, aqllarimizdagi Islom haqidagi tasavvurni buzolmaydi», dedi.

15 sentyabr seshanba kuni Daxinot mahallasidagi Bilol ibn Raboh nomli masjidda majlis uyushtirildi. قُلْ إِنَّ صَلاَتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَاي وَمَمَاتِي لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ Ayting: Albatta, namozim, ibodatlarim, hayotu mamotim butun olamlar Parvardigori Alloh uchundir), nomli ushbu murojaatda Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi muvofiqlashtiruvchisi ustoz Abdulloh Husayn nutq so‘zladi.

Bahriy mahallasida o‘tkazilgan murojaatda Hizb ut-Tahrir a’zosi doktor Ali Abbos «Dinni davlatdan ajratish Alloh va Rosuliga qarshi urush e’lon qilishdir», nomli nutq so‘zladi.

17 sentyabr payshanba kuni «Qo‘zg‘olon 9 mahallasi»da «Payg‘ambarimiz hijratlari, darslar va ibratlar» nomli murojaat tadbiri o‘tkazildi. Unda Hizb ut-Tahrir a’zosi ustoz Fazlulloh Ali nutq so‘ladi.

O‘sha kuni Kalakla mahallasida «Ilmoniylik haqiqat bilan adashtirish o‘rtasida» nomli tadbir o‘tkazilib, unda Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi a’zosi ustoz Abdulqodir Abdurrohim nutq so‘zladi. Nutq ishtirokchilar tomonidan a’lo darajada qabul qilindi.

O‘sha kuni parallel ravishda Kalakladagi Lafa bozorida Hizb ut-Tahrir a’zosi ustoz Fotih Muhammad «Ilmoniylik Sudan ahli aqidasiga zid tuzumdir» nomli murojaat yo‘lladi.

Poytaxt va boshqa shaharlardagi har bir mahallada varaqa tarqatildi. «Bugun Arab Amirliklari va Bahrayn yahudiy vujudi bilan Rosululloh ﷺning me’roj maskani bo‘lmish Falastinga qarshi ulkan xoinlik hisoblangan kelishuvni imzolashmoqda» nomli ushbu varaqa odamlarda juda boshqacha taassurot qoldirdi. Odamlar Hizbga murojaat qilib, varaqaning ostidagi raqamga o‘nlab marta telefon qilishdi va takbir va tahlillar qoldirishdi. Ba’zilar Quddusni ozod etish uchun kelayotgan roshid Xalifalik armiyasiga o‘z ismlarini tirkab qo‘yishni talab qildilar va buning yo‘lida molu jonlarini qurbon etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Varaqa tarqatilayotganda ko‘pchilik odamlar uni takbirlar bilan qarshi oldi hamda musulmon yurtlar hukmdorlari Quddus masalasini sotib yuborayotgan bir paytda Hizb ut-Tahrir uni ko‘tarib chiqayotganini aytib, Hizbni olqishladilar.

Sudan sharqidagi Qazorif shahri ham ushbu tadbirlardan chetda qolmadi. U erda ham o‘tkazilgan murojaat yo‘llash tadbirida omma oldida Uqob bayroqlari va royalar ko‘tarib chiqildi. Tadbirda yig‘ilganlarga Hizb ut-Tahrir a’zosi ustoz Avaz Muhojir «Narx-navoning oshishi sabablari va echimlari» nomli murojaat nutqini so‘zladi. Murojaatni omma a’lo darajada qarshilab, unga ijobiy baho berdi.

Hafta nihoyasida 18 sentyabr juma kuni Ummu Do‘rmon shimolida «Sudan valyutasining qadrsizlanishi va o‘tish davri hukumatining dollar oqimini jilovlash qo‘lidan kelmayotgani» nomli murojaat tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Hizb ut-Tahrir a’zosi ustoz Ahmad Abu Bakr nutq so‘zlab, dollar inqiroziga ajnabiy kompaniyalarning oltin kabi yurt boyliklarini talon-toroj qilishi sababli bo‘layotgani haqida so‘z yuritdi. So‘ng buning tub echimi oltin va kumush sistemasiga o‘tish va dollar hukmronligidan xalos bo‘lishdan iboratligini bayon qildi.

Roya gazetasining 2020 yil 30 sentyabr chorshanba kungi 306-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.