Falastin rejimining Arab davlatlari Ligasiga nisbatan pozitsiyasi uning xiyonatda qat’iy ekanini anglatadi!

0
345

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin rejimining Arab davlatlari Ligasiga nisbatan pozitsiyasi uning xiyonatda qat’iy ekanini anglatadi!

Mahmud Abbos rejimi o‘zining Arab davlatlari Ligasidagi hozirgi davrdagi raisligidan voz kechish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Falastin rahbariyati tashqi ishlar vaziri Riyoz Molikiy biz bu qarorni Liga bosh kotibiyatining Amirliklar va Bahraynni qo‘llab-quvvatlovchi pozitsiyani egallagani sababli qabul qildik, dedi. Liga kotibi nomiga yuborgan maktubida Molikiy Liganing bo‘lgan hodisaga nisbatan orqa o‘girganini ta’kidladi. Biroq u Falastin rejimi «o‘zining Ligadagi o‘rnidan voz kechmaydi, chunki bu turli stsenarilarni keltirib chiqaruvchi bo‘shliq paydo qiladi, bizga esa ayni nozik bosqichda bunday stsenarilar kerak emas», dedi.

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi bunga nisbatan matbuot izohi nashr qilib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Falastin Ozodlik Tashkiloti va uning razil rejimining Amerikadan, Arab davlatlari Ligasidan va xoin arablardan egan tarsakilariga qaramay, mash’um arab davlatlari tashabbusiga hamda Amerikaning ikki davlat echimiga qattiq yopishib olishi, xoinlik va malaylikka yopishib olishdir. Bunday pozitsiya Ozodlik Tashkilotining qanchalar itoatgo‘yligini ko‘rsatmoqda hamda Liga raisligidan voz kechish va u erdagi o‘z o‘rnini saqlab qolish qarori ko‘zbo‘yamachilik va o‘zining razil obro‘sini tiklashdan o‘zga narsa emasligini anglatmoqda. Ozodlik Tashkilotining barcha pozitsiyalaridan shuni ko‘rish mumkinki, u xo‘jayinlari tomonidan ketiga tepki esa ham, xiyonat botqog‘iga bo‘g‘zigacha botdi. Falastin masalasidan qo‘lini tiyish o‘rniga, hanuz uni yo‘q qilish uchun jon olib-jon bermoqda. To‘nini o‘zgartirib, yangicha tusga kirishga urinmoqda, G‘arb va uning Liga etovidagi qo‘g‘irchoqlari loyihasini bajarishga rioya qilmoqda!».

Roya gazetasining 2020 yil 30 sentyabr chorshanba kungi 306-sonidan

Izohlar yo'q