Qirg‘izistonda yana “koronavirus” kuchaya boshladi, lekin saylov arafasida hech qanday karantin rejimi kiritilmaydi
Oxirgi kunlarda Qirg‘izistonda “koronavirus”ga chalinganlar soni keskin ko‘paya boshladi. Shunga qaramay hukumat mamlakatda hech qanday karantin rejimini kiritmadi, hatto ehtiyot choralari ham qo‘llayotgani yo‘q!
O‘zbekistonda shu kunlarda virus rekord darajasida ko‘payib borayotganiga qaramay, chegarani ochilishiga ruxsat berildi. Mamlakatda mintaqalararo birorta rasmiy post to‘siqlari yo‘q. Partiyalar xalq bilan hech qanday cheklovsiz, ehtiyot choralari ko‘rilmagan holda yig‘inlar, uchrashuvlar o‘tkazib kelishayapti. Karantindan keyin ham ochilmagan masjidlar juma namoziga ochildi. Masjidlarda maskasiz, oralarimizni ochmay to‘g‘ri namoz o‘qiy boshladik. Bularning hammasi saylov oldidan hukumat partiyasiga nafrat paydo qilmaslik uchun vaqtinchalik ko‘rinishlardir! Bu ko‘rinishlar yaqinda sarob singari yana yo‘qoladi.
Kapitalizm tuzumi mabda yoki xalqni kasallik va balodan saqlash asosiga emas, balki manfaat asosiga qurilgan! Shuning uchun xalqi ustiga vabo kelishidan ham manfaat izlashadi yoki manfaat uchun hatto vaboni ham atayin olib kelishadi!
Qirg‘iz hukumatining hukmron partiyalari ham, xalq boshiga tushgan yoki o‘zlari olib kelishayotgan yuqumli kasallikdan, saylov oldi kompaniyalarida foydalanishga harakat qilishadi. Shu kunlarda virusning yana yangidan start ola boshlagani shuni ko‘rsatadiki, saylovdan keyingi norozilik namoishlarida virusdan foydalanish uchun u atayin asta sekinlik bilan kuchaytirib borilyapti. Qirg‘izistonda saylovdan keyin yana masjidlarning yopilishi, mintaqalararo to‘siqlar qo‘yilishi, chegaralar va bozorlarning yopilishi kutiladi.
Pandemiya yana kuchayib borishiga qaramay, saylov oldi yig‘inlarida odamlarga hech qanday cheklov va to‘siq qo‘llanilmayotgani mantiqqa yotmaydi. Yuzlagan balki minglagan odamlar jips holda namoishlarga chiqishsa ham, ularga virus yuqayotgani haqida deyarli hech qanday gap yo‘q. Oddiy fuqoro masjidga borgani, bozorga chiqqani uchun kasallikka chalinyapti. Bu nimadan darak berishi mumkin? Balki virus hukumatlar bilan hamkorlik qilayotgandir. Balki virusni hukumatlar siyosiy vaziyat va manfaatlariga muvofiq o‘zlari tarqatishayotgandir? Mantiqqa solib qaralsa bundan boshqa faraz ko‘rinmaydi!
Abdurazzoq Mo‘’min.