Amerika hamda parchalanishning turli xil yangi omillari

254
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika hamda parchalanishning turli xil yangi omillari

(To‘rtinchi qism)

Ustoz Hamd Tobib – Baytul Maqdis

Biz Amerikadagi jamiyat tanini qurt kabi kemirayotgan va federal hukumatni butunlay vayron bo‘lish bilan tahdid solayotgan, hatto ayni hukumatdagi ko‘plab shtatlar uchun bo‘linish xavfini tug‘dirayotgan uchinchi omil haqida so‘z yuritishni davom ettiramiz. Aynan shu omil mavjud iqtisodiy buzilishdir hamda milliy ishlab chiqarish hajmi bilan daromad va xarajat hajmi o‘rtasidagi, ya’ni, AQShdagi davlat qarzi hajmi bilan byudjet va savdo byudjeti o‘rtasidagi katta jarlikdir.

Iqtisodiy emirilish, ya’ni, rasmiy tashkilotlar chiqargan iqtisod, raqamlar va statistika jihatidan qaralsa, iqtisodiy emirilish Amerikada haqiqatda yuz bermoqda. Masalan, AQSh moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yil uchun davlat qarzining hajmi 22 trillion dollardan oshdi. Shuningdek, davlat qarzi 17 trillion dollarni va hukumat idoralarining qarzlari 6 trillion dollarni tashkil qilmoqda. AQSh Kongressi ma’muriyati 2019 yil chiqargan ma’lumotda aytilishicha, yillik byudjet kamomadi 897 milliard dollarni tashkil qilgan va bu 15.1 foizga oshdi demakdir. Joriy 2020 yilning ikkinchi choragida yalpi ichki mahsulot 41.9 foizga kamaydi. Atlanta Federal rezerv banki tomonidan 2020 yilda e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, byudjet taqchilligi bu yil to‘rt milliard dollarga yaqinlashdi. Ishsizlik darajasi umumiy aholining 14.7 foizini tashkil qildi. AQSh Savdo vazirligining 2018 yilgi statistik ma’lumotiga ko‘ra, AQSh savdo balansidagi defitsit 621 milliard dollarga etdi. BMTning qashshoqlik masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Filip Alьston chiqargan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda 2019 yil uchun qashshoqlik darajasi 41 millionga etdi. Ya’ni, taxminan 12.7 million shaxs qashshoqlikda, 18.5 million shaxs o‘ta qashshoqlikda yashaydi.

Ushbu buzilish va emirilishni Amerika bir necha siyosatlar bilan hal qilishga urinyapti: Xorijiy siyosat: ba’zi javobgarliklarni xorijga yuklash. Bu ishni Amerika valyuta hukmronligi siyosatiga amal qilgan holda, ayniqsa, o‘zi jahon valyuta tizimining hukmroni bo‘lgani uchun, dollar bilan shantaj qilish orqali amalga oshiryapti. Bu siyosatlardan yana biri, ba’zi davlatlar va hukumatlarga bosimlar qilish. Yana biri, milliardlab dollar qiymatida qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va ularni vaqti-vaqti bilan bozorga kiritish. Yana bir siyosat, rivojlanayotgan davlatlarni, ayniqsa, neftь qazib oluvchi davlatlarni shantaj qilish va o‘zining siyosiy nufuzi ostidagi hududlarda zo‘ravonlik bilan qurol sotish. Bu siyosatlaridan yana biri, dunyoning turli mintaqalarda tarang vaziyatlar va urushlar qo‘zg‘ash hamda siyosiy krizisni avj oldirish. Bundan tashqari, Amerikaning iqtisodiy provokatsion uslublari ham borki, bu o‘rinda ularga kirishmoqchi emasmiz.

Biroq bu nuqsonlarni yashirish uchun AQSh federal hukumati tomonidan shuncha harakatlar qilinayotganiga qaramay, ular vaqti-vaqti bilan oshkor bo‘lib qolmoqda, yashirishning iloji bo‘lmayapti. Yuqorida aytganimizdek, koronavirus pandemiyasi AQSh jamiyatidagi ko‘p narsalarni ochib tashladi. Ularning eng muhimi iqtisodiy tanazzuldir. Buni xalqaro iqtisod boshdan kechirayotgan vaziyat yanada murakkablashtirmoqda. AQSh iqtisodiyotining yomon ahvoldaligi bilan parallel ravishda, koronavirus pandemiyasi global miqyosda bo‘lib, boshqa davlatlarsiz bitta davlatga xos bo‘lmayapti. Bu esa, pandemiya tufayli global iqtisodiy muhit yomonlashayotgan bir paytda, krizisning xorijga chiqib ketishini qiyinlashtirdi va faqat muayyan ishlarga cheklanib qoldi.

Ha, koronavirus pandemiyasi 2020 yilda AQSh iqtisodiyotiga qattiq ta’sir qildi, ishlar tobora murakkablashayotgani yaqqol namoyon bo‘ldi. Masalan, statistik ma’lumotlar koronavirus pandemiyasi paytida AQSh iqtisodiyotiga etgan zararlar hajmini ko‘rsatib berdi. Kompaniyalar faoliyati to‘xtab qolgani, ishsizlar soni ortgani, ichki va tashqi savdo hamda AQSh milliy mahsuloti qisqargani tufayli federal hukumat qiyin ahvolda qoldi.

Ushbu iqtisodiy tanazzul yurt birligiga jiddiy xavf soladi. Ayniqsa, ish to‘xtashi tufayli ishsizlar soni ortib borayotgan, dollar bilan qimmatbaho qog‘ozlar keskin kamaygan, binobarin, davlat qarzi yanada ortib, har qanday qizil chiziqni bosib o‘tib ketayotgan bir paytda, federal hukumatning vaziyatni nazorat qilish imkoniyatini yo‘q qiladi.

Yana bir jiddiy xavf shuki, kambag‘al shtatlarning yuki ayrim boy shtatlar bo‘yniga tushayotganidan boy shtatlar malollanib, ularda norozilik kayfiyati ko‘rinmoqda. Bunga kapitalistik mafkuradan kelib chiqqan egoistik manfaatparastlik va mabda asosida aloqa qilmaslik sabab albatta. Shubhasiz, birin-ketin sodir bo‘layotgan krizislar manzarasida AQSh iqtisodi tanazzulining to‘xtamayotganligi uning jamiyatida bir qo‘zg‘olon yuz berishi mumkinligidan, Qo‘shma Shtatlar orasida qo‘zg‘olon chiqib, bo‘linish va federatsiyadan butunlay voz kechish talablari alanga olishidan ogohlantirmoqda.

4 – AQShdaga federatsiyaning parchalayotgan omillardan to‘rtinchisi, asosiy ikki partiya o‘rtasidagi siyosiy kurash hamda hozirgi prezident Trampning ayni siyosiy krizislarga qarshi siyosatlari, shuningdek, amerikalik xalq orasida ziddiyat va nizo urug‘ining avj olishidir. Xususan, bu narsa bugungi saylovoldi bosqichda ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda:

Bu ikki yirik partiyalar o‘rtasida yuzaga kelgan kurash bugungi kunda, ayniqsa, 2020 yil saylovlari muhitida juda xavfli tusga kirdi. Hatto bu kurash, xususan 2016 yil saylovlari masalasi bo‘yicha, xoinlik qilish va ajnabiy doiralar bilan til biriktirishgacha etib bordi. Prezident Trampga kelsak, uning ayniqsa, qora tanlilarga qarshi, emigrantlar va Osiyo yurtlaridan kelgan millatlarga nisbatan irqchilik siyosati sababli Amerika xalqining yirik qatlami orasida keskin norozilik kelib chiqdi.

Shubhasiz, amerikalik xalq boshdan kechirayotgan bunday tuzilma xarakteri har qachon bir portlash yuz berishi mumkinligidan darak bermoqda. Ayniqsa, Amerika tashkil topganidan beri uning tarixi bu kabi qo‘zg‘olonlarga boy. Haqiqatda ham, ma’lum millatlar yashovchi ba’zi Shtatlarda bo‘linish talablari boshlanib ketdi. Bunga bir tomondan Trampning bolalarcha va ahmoqona siyosatlari sabab bo‘layotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iqtisodiy tanazzul bahona bo‘lmoqda. Bunday voqelik, ayniqsa, kelasi saylovlar manzarasida hamda unda Tarmp g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, kelajakda tobora murkkablashaveradi.

5 – AQShdaga federatsiyaning parchalayotgan omillardan yana biri, sinfiy ofat va iqtisodiy zo‘ravonlikning butun Amerika jamiyatini qamrab olayotganligidir. Xususan, boyliklar, bozorlar va yirik iqtisodiy institutlar ustidan faqat bir foiz sinfning hukmronlik qilayotganidir.

(Davomi bor)

Roya gazetasining 2020 yil 2 sentyabr chorshanba kungi 302-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.