Oxirgi kunlarda Qirizistonda koronavirusdan bir odam vafot qildi

0
285

Oxirgi kunlarda Qirizistonda koronavirusdan bir odam vafot qildi

Respublika shtabi xabariga ko‘ra oxirgi kunlar mobaynida koronavirusdan mamlakatda faqat bir odam vafot etgan. Pandemiya boshlanganidan shu kungacha mamlakatda rasman 1059 odam halok bo‘lgan.

Qiriz hukumati virus noyabr oyida yana avj olishi kutilatgani haqida vahimali xabarlar tarqatib borayapti. Bosh vazir Boronov kutilayotgan pandemiyaning ikkinchi to‘lqini 4 million 200 ming odamga yuqishi kutilayotgani haqida aytdi.

Savol tugiladi, shu kunlarda virus nega chekindi va nega aynan noyabrda yana qaytib kelishi kutilayapti? Hukumat koronavirusni aynan noyabr oyida qayta kelishini qaerdan bilib oldi?

Odamlar orasida pnevmaniya va koronavirus qandaydir kuchlar tomonidan atayin tarqatildi degan gaplar tarqab boryapti. Hukumat tomonidan atayin uyushtirilib jamoatchilik joylarga va aholi yashash punktlariga piyoda va vertolyotdan sepilgan sanitariyalik (antiseptik) moslamalar aks ta’sir ko‘rsatdi yoki atayin kasallikni avj olishiga sabab bo‘ldi degan gumonlar kuchayib bormoqda.

Bosh vazirning aytganidek noyabrda virus yangicha quvvat bilan kelib, hatto yosh bolalarga ham yuqishi kutilayotgan emish. Demak biz virusni atayin tarqatayotgan kuchlarni fosh qilishga jiddiyroq kirishmasak bo‘lmaydi. Ular bir chetdan barchamizni “virus siyosati” bilan qo‘rquvga solishni odatga aylantirib borishayapti.

Dastlab matbuot orqali vahima tarqatishdi. Odamlar vahimaga tushmagach virus ommaviy tarqab odamlarni qo‘rquvga soldi. Agar virus tabiiy tarqab borayotgan bo‘lsa, virus saylov oldidan chekinib, so‘ng saylov g‘irromliklariga qarshi noroziliklar boshlanish arafasida yana qaytib kelishi mumkin emas! Virus bilan hukumat kelishib olishi ham mumkin emas! Faqat bir gumon g‘olib bo‘lib turibdi, etakchi guruh virusni atayin tarqatyapti yoki tarqatayotgan kuchlarga sukut qilib ularga sharoit yaratib beryapti.

Karantindan keyin hukumat odamlarni virus bilan o‘z holimizga tashlab qo‘ydi. Virus deyarli 50% odamga yuqib o‘tdi. Karantin va keyingi atayin rejimlar vaqtida davom etgan antiseptik sanitariyalik dezinfektsiyalash amaliyotlar to‘xtatilishi bilan, kasallar sog‘ayib, virusning tarqalishi ham zaiflashdi, deyarli tugab borayapti. Barchamiz guvoh bo‘lib turgan bu holat, yuqoridagi gumonimizni yanada kuchaytiradi.

Demak, biz hozirdan ziyrak turib, davlatni muhosaba qilib, imkoniyatimiz boricha tekshirib, taftish qilib bormasak, ular noyabrdan yana boshlashadi. Endi ularning ta’kidlashlaricha yangicha virus hatto farzandlarimizni ham, ayamas emish. Ustimizdagi siyosiy etakchilik o‘zlarining siyosiy maqsadi, manfaati va xavfsizligi yo‘lida hech kimni hatto yosh bolalarni ham ayab o‘tirishmaydi.

Ogoh bo‘laylik! Beparvo bo‘lmaylik! Ustimizga yangicha, virus-siyosati bostirib kelyapti! Endi biz beparvo bo‘lsak ular yangi va yana yangicha viruslar chiqarib, siyosatdan uzoqda turishimiz uchun bizni doimiy vahimada ushlab turishmoqchi! Minglagan odamlar qirilib borayotgani, kasallarning nochor ahvoli ularni qiziqtirmaydi. Shuning uchun o‘zimizni, yaqinlarimiz, farzandlarimiz salomatchiligini saqlab qolish uchun o‘zimiz harakat qilmasak, ziyrak turmasak bo‘lmaydi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Izohlar yo'q