Shom qo‘zg‘olonini yo‘q qilish uchun Turkiya-Rossiya hamkorligi

285
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shom qo‘zg‘olonini yo‘q qilish uchun Turkiya-Rossiya hamkorligi

«RT Arabic» veb-saytida (hijriy 1441 yil 15 zulhijja, milodiy 2020 yil 5 avgust chorshanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Rossiya Oliy Kengashining xalqaro masalalar bo‘yicha eksperti Yuriy Semyonov «Kommersant» gazetasiga bunday dedi: « Idlibdagi yangi voqelikka qarshi turish uchun Anqara bilan kelishilmagan har qanday harbiy operatsiya mintaqada turk kuchlari joylashtirilishidan oldingi holatga qaraganda ancha katta xatarlarga olib keladi. Shu sababdan, Rossiyaning Suriya armiyasiga qo‘shimcha kuchlar yuborishi va Idlibga havo zarbalarini berishi, Turkiya uchun hamon signal vazifasini o‘tamoqda. Shunga qarab, Turkiya xavfsizlik zonasini yaratish uchun imkon boricha harakat qilmoqda». Semyonov – Rossiya-Turkiya patrul xizmatlarining «M4» avtomagistralida duch kelayotgan qiyinchiliklarini e’tiborga olgan holda, xavfsizlik tasmasini yaratish Tahriri Shom va muxolafat nazoratidagi hududlarni ham qamrab olishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, xavfsizlik tasmasini hech qanday kuch ishlatmasdan aslo yaratib bo‘lmaydi. Biroq harbiy amaliyot har doim ham Damashq uchun manzur bo‘lmayapti. Semyonov yana bunday dedi: «Darhaqiqat, sobiq harbiy amaliyot tajribasidan shu narsa isbotlandiki, hatto Turkiya armiyasining muxolafatni qo‘llab-quvvatlashi orqali cheklangan darajada hamkorlik qilishi bilan ham o‘zaro kuchlar muvozanati tub o‘zgarishni amalga oshirishi mumkin. Taxminimizcha, Turkiya «M4» avtomagistrali hududini Suriya rejimiga topshirishni istamayapti. Chunki u kelajakda Sharqiy Furotdagi joylashuvini mustahkamlashda yoki Liviya masalasida Rossiya bilan kelishib olishda mana shu hududdan kafolat sifatida foydalanmoqchi ko‘rinadi»».

Roya gazetasi sharhi:

Erdogan Turkiyasi bilan Rossiyaning Amerika farmonlarini ijro etishga o‘zaro kelishib olib, hamkorlik qilishayotganini tasdiqlovchi dalillar kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Ular o‘rtasidagi hamkorlikdan maqsad, Amerikaning siyosiy echimini tatbiq qilish va amerikaparast qonxo‘r Bashir rejimini mudofaa qilish orqali Ummatning Shomdagi qo‘zg‘olonini bo‘g‘izlab, yo‘q qilishdir. Agar Erdogan Turkiyasi bilan Islom va musulmonlarni qattiq yomon ko‘ruvchi Rossiya o‘rtasida mana shunday to‘liq kelishuv bo‘lmaganda edi, anavi tugab borayotgan rejim ham, kofir Rossiya ham ozod etilgan erlarga bir metr ham ichkari kirolmagan bo‘lar edi. Hatto Turkiya ular bilan mana shunday hamkorlik qilmaganda edi, ozod etilgan erlarga bir metr kirish ham ularga juda qimmatga tushgan bo‘lardi va buni o‘zlari ham tan olishmoqda. Bu ko‘pchilikka oydek ravshan bo‘lgan, izoh va bayon talab qilmaydigan haqiqatdir. Ha, haqiqatdan ham salibchi Amerika Suriyaning to‘rtdan uch qismini qonxo‘r rejimga qayta olib berishga muvaffaq bo‘ldi. Agar o‘zlarini Shom qo‘zg‘olonining siyosiy va harbiy vakillari ekanini da’vo qilayotganlar qo‘zg‘olon qarorini o‘g‘irlab olishmaganda edi, Amerika bunga muvaffaq bo‘lolmasdi. Ular konferentsiyalarda ishtirok etib, buyuk qo‘zg‘olonga qarshi til biriktiruvlarga guvoh bo‘la turib, unga nisbatan xorlik va sharmandalik pozitsiyasida turishdan boshqa ish qilishmadi. Ular egallagan bunday pozitsiya Amerikaning qo‘zg‘olonni yo‘q qilish rejalariga rozi bo‘lishlarida namoyon bo‘ldi. Oxir oqibat, siyosiy quldorlik bozorida qo‘zg‘olonning qurbonu shahidlari qonining sotilishining yolg‘on guvohlariga aylanishdi. Biroq Shom qo‘zg‘oloni va qo‘zg‘olonchilari shuncha alam va jarohatlarni tortayotganlariga qaramay, qo‘zg‘olon o‘zining ilk bosqichiga qaytadi, degan umid hamon saqlanib qolmoqda. Buning uchun avvalo Shom qo‘zg‘olonining siyosiy va harbiy qarorini qayta qo‘lga kiritib, barcha xalqaro konferentsiya va kelishuvlarni rad etish hamda barchasini oyoqlar bilan depsab, dushman davlatlar bilan til biriktirayotgan etakchilarni chetga chiqarib tashlash kerak. So‘ng Islom, uning tuzumi va ahkomlari haqida sof-tiniq loyihaga ega bo‘lgan va ushbu qo‘zg‘olonning siyosiy va harbiy jihatdan xolis farzandlari hisoblangan kishilar qo‘zg‘olon safining birinchi chizig‘iga o‘tib, unga etakchilik qilmoqlari kerak. ular yolg‘iz Allohga tavakkal qilib, Damashqdagi rejimni ag‘darish va uning xarobalari uzra Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish bilan qo‘zg‘olonni kamoliga etkazmoqlari lozim. Bu Allohga aslo mushkul emas.

Roya gazetasining 2020 yil 12 iyul chorshanba kungi 299-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.