بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ikkinchi avgust va birlikning to‘g‘ri asosi
Ustoz Usoma Suvayniy
Hizb ut-Tahrirning Kuvaytdagi matbuot bo‘limi
Ikkinchi avgustni har yili butun musulmonlar, xususan, Fors Ko‘rfazi ahli Iroq sobiq prezidenti Saddam Husayn tomonidan Kuvaytning ishg‘ol etilgan kun sifatida xotirlaydilar. Bu hodisa Iroq va uning potentsiallarining vayron bo‘lishiga va AQSh kuchlarining mintaqaga joylashib olishiga sabab bo‘lganini eslaydilar.
Shu nuqtai nazardan, ko‘plab mintaqa farzandlarida keskin tushunchalar qo‘zg‘alib, birlashish asosiga nisbatan turli orzulari namoyon bo‘lmoqda. Zotan, bu ko‘plab omillarda o‘zaro mushtarak bo‘lgan mintaqa davlatlari o‘rtasidagi munosib birlashish asosidir.
Xo‘sh, ushbu birlashish masalasining to‘g‘ri ramkasi qanday va bu masalaning to‘g‘ri echimi nimadan iborat?
Masalaning to‘g‘ri ramkasi, ta’bir joiz bo‘lsa, uchta haqiqatda o‘z aksini topadi:
Shar’iy haqiqat;
Tarixiy haqiqat;
Kelajak haqiqati.
Shar’iy haqiqatga kelsak, izohga hojat yo‘q, aniq narsa. Chunki musulmon kishi hayotiy ishlarining barchasida o‘z pozitsiyasini islomiy shariat ahkomlaridan kelib chiqqan holda belgilamog‘i darkor. Alloh Taolo bunday degan:
فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّىٰ يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجاً مِّمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيماً
«Yo‘q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘lolmaydilar» [Niso 65]
Musulmon yurtlarini birlashtirishga nisbatan shar’iy pozitsiya shundan iboratki, shubhasiz ular bitta davlat soyasida to‘liq birlashmog‘i shart, alohida vujudlar va turli davlatlar sifatida bo‘linishi haromdir. Rosululloh ﷺ
«إِذَا بُويِعَ لِخَلِيفَتَيْنِ فَاقْتُلُوا الْآخَرَ مِنْهُمَا»
«Qachon ikki xalifaga bay’at berilsa, ikkinchisini qatl qilinglar», dedilar. (Imom Muslim rivoyati). Yana bunday dedilar:
«كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ تَسُوسُهُمُ الأَنْبِيَاءُ، كُلَّمَا هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ، وَإِنَّهُ لاَ نَبِيَّ بَعْدِي، وَسَتَكُونُ خُلَفَاءُ فَتَكْثُرُ، قَالُوا: فَمَا تَأْمُرُنَا؟ قَالَ: فُوا بِبَيْعَةِ الأَوَّلِ فَالأَوَّلِ، وَأَعْطُوهُمْ حَقَّهُمْ فَإِنَّ اللَّهَ سَائِلُهُمْ عَمَّا اسْتَرْعَاهُمْ»
«Banu Isroilga payg‘ambarlar siyosat yurgizardi. Qachon bir payg‘ambar halok bo‘lsa, ortidan boshqa bir payg‘ambar kelardi. Mendan keyin esa payg‘ambar kelmaydi. Xalifalar bo‘ladi va ular ko‘payib ketadi. Shunda: bizga nimani buyurasiz? – deyishgan edi, aytdilarki: birinchisining, faqatgina birinchisining bay’atiga vafo qilinglar va ularning haqlarini beringlar. Zero Alloh ulardan fuqaroni qanday boshqarganlari haqida so‘raydi». (Imom Buxoriy rivoyati). Yana Rosululloh ﷺ bunday dedilar:
«وَمَنْ بَايَعَ إِمَامًا فَأَعْطَاهُ صَفْقَةَ يَدِهِ وَثَمَرَةَ قَلْبِهِ فَلْيُطِعْهُ إِنِ اسْتَطَاعَ، فَإِنْ جَاءَ آَخَرُ يُنَازِعُهُ فَاضْرِبُوا عُنُقَ الآخَرِ»
«Kimki bitta imom bilan bay’atlashib unga qo‘lini va qalbi qo‘rini bersa qo‘lidan kelganicha unga itoat qilsin. Endi agar boshqa birov kelib u bilan imomlikni talashsa, uning bo‘yniga uringlar». Rosululloh ﷺ yana bunday dedilar:
«إِنَّهُ سَتَكُونُ هَنَاتٌ وَهَنَاتٌ، فَمَنْ أَرَادَ أَنْ يُفَرِّقَ أَمْرَ هَذِهِ الْأُمَّةِ وَهِيَ جَمِيعٌ فَاضْرِبُوهُ بِالسَّيْفِ كَائِنًا مَنْ كَانَ»
«Kelajakda hanotlar va hanotlar bo‘ladi. Bas, kim birdam bo‘lib turgan ushbu Ummatni bo‘lishni istasa, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, uni o‘ldiringlar». (Imom Muslim rivoyati). Hadisdagi «هَنَاتٌ» so‘zining ma’nosi fitnalar bo‘lib, uning mufradi «هَنَّةٌ»dir. Rosululloh ﷺ yana marhamat qiladilar:
«لَا يَحِلُّ لِثَلَاثَةِ نَفَرٍ يَكُونُونَ بِأَرْضِ فَلَاةٍ إِلَّا أَمَّرُوا عَلَيْهِمْ أَحَدَهُمْ»
«Uch kishining sahroda safar qilib, oralaridan birini o‘zlariga amir qilmasliklari halol emasdir». (Imom Ahmad musnadi).
Ushbu oyat-hadislarning matnlari musulmonlar misolidagi siyosiy vujud bitta bo‘lishi shartligiga hamda musulmonlarning davlatlari bittadan ziyod bo‘lishi nojoiz ekanligiga dalolat qilmoqda.
Shuni ta’kidlamoq lozimki, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ham musulmonlarning siyosiy jihatdan bo‘linishlaridan ogohlantirib, bunday deganlar: «Musulmonlarning ikki amiri bo‘lishi halol emas. Chunki shunday bo‘lsa ham, ishlari va ahkomlari ixtilofli bo‘ladi, jamoalari tarqaydi, bir-birlari bilan nizolashadilar, ana shunda sunnat tark etilib, bid’at paydo bo‘ladi, fitna ko‘payadi. Hech kimning bunday qilishga salohiyati yo‘q». (Bayhaqiy sunnatlari). Bu shar’iy hukmga taalluqli.
Tarixiy haqiqatga kelsak, bu ham izohga hojat yo‘q-aniq narsa. Zero, mustamlakachi kofir Xalifalikning ag‘darilishi ortidan Sayks-Piko shartnomasi asosida musulmonlar uchun yangi davlatchalar chegaralarini belgilab berdi.
«Arab inqilobi», degan narsani keltirib chiqargan taniqli britaniyalik josus Tomas Lourens o‘zining xotira kitobida bunday yozadi: «Men Suriyaga borganimda ham, hajga borganimda ham yo‘lda o‘z-o‘zimga savol berardim: bir kun kelib millatchilik diniy mayl ustidan g‘olib kelarmikin? Milliy e’tiqod diniy e’tiqoddan g‘olib kelarmikin? Ochiqroq aytadigan bo‘lsak, siyosiy ulkan muammolar vahining o‘rnini egallarmikin, Suriya o‘zining diniy oliy qadriyatini milliy oliy qadriyatga almashtirarmikin? Butun yo‘l bo‘yi mana shular xayolimni band qildi».
Mustamlakachi G‘arb musulmon yurtlarida hafsala bilan «mina»lar ko‘mib chiqdi. «Mustaqil chegara», «milliy g‘urur» va «tarixiy inqilob» kabi ushbu «mina»lar tahdid, janjal va urushlar shaklida muntazam ravishda avj olib turdi. Ustiga-ustak, Sayks-Piko chegaralari xaritadagi siyohlargina bo‘lib qolmay, hatto ko‘plab musulmonlar buni aqlan va qalban his qilmoqdalar! Musulmonlarning gaplarida, qo‘shiqlarida, bayroqlarida, tarix va pasportlarida millat so‘zi paydo bo‘ldi! Boyliklarni taqsimlash, tashqi siyosat, ittifoq tuzish, urushlar olib borish, hatto shahid bo‘lishlar ham millat-vatan yo‘lida bo‘lib qoldi!
Bizning alamli voqeligimiz mana shu! Yaman ochlikdan o‘layotgan bo‘lsa, yonida Amirliklarda boylik toshib yotibdi! Kuvayt qo‘rqayotgan bo‘lsa, uning yonidagi davlatlar tish-tirnog‘igacha qurollangan! Liviya qurg‘oqchilikdan qiynalayotgan bo‘lsa, yonidagi Misr shodlikka to‘la! Eron bilan Iroq bir-birini eb yotgan bo‘lsa, Qatar bilan Saudiya bir-biriga boykot e’lon qilmoqda va Yaman ichkarisida musulmonlar bir-biri bilan qirpichoq bo‘lyapti! Bas, bu davlatlar o‘rtasidagi chegaralarga la’nat bo‘lsin!
Kelajak haqiqatiga kelsa, Allohning izni ila, kelajak porloq bo‘ladi, Islom barcha dinlardan g‘olib bo‘lib, musulmon yurtlar o‘rtasidagi bunday yomon vaziyat hargiz davom etmaydi. Iroq bilan Kuvayt, Iroq bilan Eron, Saudiya bilan Qatar, Hindiston bilan Pokiston, Bangladesh, Yaman, Marokash, Jazoir va boshqa davlatlar o‘rtasidagi ixtiloflar mutlaqo qolmaydi! Bo‘linib ketgan musulmonlar o‘rtasida shunday mabdaga asoslangan bir loyiha bunyodga keladiki, u anavi o‘zining irqiy ko‘rinishlari bilan ajralib turgan millatchilik va vatanparvarlik, degan narsalarni mutlaqo depsab o‘tadi. Allohning izni ila, tez orada ushbu loyiha Payg‘ambarlik minhoji asosida gavdalanadi. Ha, o‘zini sher qilib ko‘rsatuvchi mayda-mayda davlatchalar emas, balki, birgina Xalifalik haybat sola oladi! Zero, Xalifalik musulmonlarni qaytadan bir-birlarini yaxshi ko‘radigan, bir bo‘lib Ummat rivoji yo‘lida harakat qiladigan hamda Islomni butun dunyoga risolat sifatida ko‘tarib chiqadigan siyosiy jamoaga aylantiradi.
Rosululloh ﷺ bunday marhamat qildilar:
«تَكُونُ النُّبُوَّةُ فِيكُمْ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ اللهُ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا عَاضًّا، فَيَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ يَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ. ثُمَّ سَكَتَ».
«Sizlarning orangizda Alloh xohlaganicha payg‘ambarlik davom etadi. So‘ng Alloh xohlagan paytda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng raiyatiga zulm va adolatsizliklar etadigan podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng zolim-zo‘ravon podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi. Keyin Payg‘ambar ﷺ sukutga cho‘mdilar».
Roya gazetasining 2020 yil 12 avgust chorshanba kungi 299-sonidan