Livan ikki o‘t orasida, AQSh va Frantsiya

367
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Livan ikki o‘t orasida, AQSh va Frantsiya

Ularga malay hukmdorlar esa, Ummatni ezish va tanalarini chor atrofga sochish bilan mashg‘ul

Eronning Livandagi Hizbi Bayrut portlashlariga o‘zining aloqasi borligini rad etdi. Juma kuni Livan prezidenti Mishelь Aun hodisa bo‘yicha xalqaro tekshiruv o‘tkazilishiga ruxsat bermadi. Livan partiyalari etakchilari va siyosatchilari xalqaro tekshiruvga bo‘lgan chaqiriqni «amaldagi sud hokimiyatiga nisbatan ishonchsizlik» ekani bilan izohladilar. Frantsiya prezidentining payshanba kuni Livanda yangi siyosiy rejim qurish talabi to‘g‘risida berilgan savolga Aun «biz rejimimizning falaj ahvoldaligi ma’lum bo‘lishi ortidan, uni o‘zaro rozilik asosida o‘zgartirish va qayta ko‘rib chiqish bo‘sag‘asida turibmiz», deb javob berdi.

Roya gazetasi sharhi:

Eng muhimi, ushbu inqiroz davrida Livan ahli o‘z azob-uqubatlariga sababchi Frantsiya, Britaniya va Amerika ekanini anglamoqlari lozim. Agar ular ayni davlatlar bizga marhamat ko‘rsatishadi, degan fikrda bo‘lsalar, u holda, biz ularga avval Livandagi mayda etnik millatlarni himoya qilish kerak, deya ko‘z yosh to‘kilgach, so‘ng 1860 yil tog‘ fitnasiga olov yoqqanlar mana shu Britaniya bilan Frantsiya bo‘lganini eslatib qo‘yaylik.

Ha, Livan ahliga allaqachon vaqti etdi, bu illatli toifachilik va badbo‘y millatchilik fikrlaridan voz kechsinlar hamda anavi korruptsiyachi rahbarlarni danak kabi tuflab tashlab, o‘z ishlarini o‘z qo‘llariga olib, o‘z manfaatlaridan boshqa tashvishni bilmaydigan mustamlakachi g‘arblik bo‘rilardan yordam so‘rashdan uzoq tursinlar. Kim o‘z qo‘ylarini emoqchi bo‘layotgan bo‘rilarga ishonsa, demak, u yo aqlan nosog‘lom bo‘ladi yoki ochiq xoin hisoblanadi.

Roya gazetasining 2020 yil 12 iyul chorshanba kungi 299-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.