Turli xil o‘zgartishlar to‘g‘risidagi qonun botilni g‘olib qilish uchun haq bilan botil o‘rtasini muvofiqlashtirishdir

0
362

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Turli xil o‘zgartishlar to‘g‘risidagi qonun botilni g‘olib qilish uchun haq bilan botil o‘rtasini muvofiqlashtirishdir

Advokat Hotim Ja’far qalamiga mansub

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyat majlisi a’zosi

2020 yil 10 iyulda o‘tish davri Harbiy kengashi raisi Abdulfattoh Burhon turli xil o‘zgartishlar (erkinliklarni cheklovchi qonunlarni bekor qilish va o‘zgartirish) to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. «Jarida rasmiya»ning 2020 yil 13 iyul 1904 sonini o‘qisak, aksar o‘zgartishlar quyidagilarni o‘z ichiga olganiga guvoh bo‘lamiz. Jinoyat kodeksining o‘ttiz beshta moddasiga, jinoyat-protsessual kodeksining uchta moddasiga, partiyalar to‘g‘risidagi qonunning bitta moddasiga, milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunning beshta moddasiga, yo‘l harakati qoidalariga oid qonunning bitta moddasiga, xorijiy pasportlar va emigratsiya qonunining uchta moddasiga, prokuratura qonunining ikkita moddasiga, kiber jinoyatlar qonunining o‘ttiz to‘rtta moddasiga o‘zgartishi kiritilgan. Bundan tashqari, 2020 yil uchun sud va adliya tizimini isloh qilish bo‘yicha komissiya qonuni ham chiqarildi.

Biroq aslida bu o‘zgartishlar ortida 126-modda, ya’ni murtadlikka qo‘llanuvchi jazoni bekor qilish, degan narsa turibdi. Shu bilan birga, balog‘at yoshini o‘n sakkiz yosh qilib belgilash va jazodan tashqari darralash jazosini (hatto voyaga etgan bolaga ham) qo‘llanilishini o‘rganib chiqib, uni jinoiy qonun, yo‘l harakati qoidalari va boshqa barcha qonunlardan bekor qilish, xun pulining shar’iy o‘lchovini bekor qilish, qo‘lni kesishni bekor qilish, spirtli ichimliklar oldi-sotdisi, ularni ishlab chiqarish, saqlash va eltish kabi muomalalarni faqat musulmonlarga cheklash, uchinchi marta Lut qavmining qilmishi bilan shug‘ullangan jinoyatchiga o‘lim hukmini bekor qilish, fohishalik jinoyati ayblovini faqat shu ishga xos joylarga cheklash… va boshqa moddalar. Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga kelsak, unda ayblangan fuqarolarni Xalqaro Jinoyat Sudi kabi xalqaro yuridik muassasalarga topshirishga ruxsat berish aytilgan. Xorijga chiqish pasporti to‘g‘risidagi qonunga kelsak, unda asosan, ayol kishi o‘z farzandlari bilan birga farzandlarining otasining ruxsatisiz safarga chiqishi mumkinligi, bunda u erkak bilan teng huquqliligi aytilgan.

Ushbu o‘zgartishlar haqida gapirar ekan, bosh vazir Abdulloh Hamduk Sudandagi barcha huquqiy tizimlardagi buzilishlarni bartaraf etish uchun qonunlarni qayta ko‘rib chiqishni va ularga tuzatish kiritishni davom ettirishga va’da berdi.

Shubhasiz, Hamdukning bu gaplari haqiqatni aniq ifodalamoqda. Zero, huquqiy tizimlardagi buzilishlarni to‘g‘rilash to‘g‘risidagi gaplar aslida botil narsa iroda qilingan to‘g‘ri gap. Chunki bunday buzilish aslida, mazkur moddalarning (ya’ni, amaldagi shar’iy ahkomlarning) asosiy qonunlarga-konstitutsiyaviy hujjatlarga zid kelayotganidadir. Vaholanki, bu asosiy qonunlar kofir G‘arb hazoratiga, ya’ni, dinni hayotdan ajratish mafkurasi asosidagi g‘ayriilohiy qonunlar hisoblanadi. Ammo bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan moddalar esa, ular shar’iy ahkomlar bo‘lib, Islom aqidasiga asoslangan. Masalan, balog‘atga etgan shaxs ta’rifi, ta’zir sifatida darra urish, Lut qavmining qilmishi bilan shug‘ullangan jinoyatchini o‘limga hukm qilish, murtadni qatl qilish, erkakning ayolga valiy bo‘lishi va boshqa moddalar kabi. Shuning uchun mavjud ziddiyat buzilishni keltirib chiqardi. Chunki xalqaro xartiyalarni, inson huquqlarini, umumiy erkinliklarni va ayolning erkak bilan tengligini o‘z ichiga olgan konstitutsiya shar’iy ahkomlarni o‘z ichiga olishi mumkin emas. Aksincha, ular shar’iy ahkomlarga hargiz rozi bo‘lmaydi. Faqat ikki ziddiyatni jamlash uchungina rozi bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun illatning asli va baloning sababchisi davlatning g‘ayriilohiy botil konstitutsiyaga, ya’ni, dinni hayotdan ajratadigan va islomiy hayotga qarshi elementlarga ega bo‘lgan konstitutsiyaga asoslanganidadir. Men elementlar deganda umumiy erkinliklar, inson huquqlari va ayolning erkak bilan tenghuquqliligi doxil uchta fikrni nazarda tutyapman. Bular shu darajada yaltiroq fikrlarki, odamlar ularga havas bilan qarab, ko‘r bo‘lishdi. Hatto bu fikrlar odamlar uchun oddiy ko‘nikilgan narsalarga aylanib qoldi, farovon hayotni mana shu fikrlarsiz tasavvur qilisholmaydigan, ularni o‘z konstitutsiya va ommaviy hayotlarida bo‘lishi shart deb hisoblashadigan bo‘lib qoldi. Xo‘sh, aslida bular qanday fikrlar, qaerdan, qaysi manbadan kelib chiqqan?!

O‘rta asrlarda, ayniqsa, qari qit’a hisoblangan Evropa uchun tarixiy bo‘lgan davrda podshohlar evropalik xalqlarni qul qilishdi va bunda ruhoniylar hukmronligidan foydalanib, ilohiy huquq, degan dastak bilan xalqlarni qattiq azob-uqubatlarga giriftor etishdi. Ana shunda mufakkirlar va xalqlar ayni zulmga, quldorlikka qarshi ko‘tarilib, erkinlik talab qilishdi. Qonli kurashdan so‘ng tomonlar o‘rtacha echimga, ya’ni, dinni hayotdan ajratishga kelishib olishdi va umumiy erkinliklarni hayotga asos qilib olishdi. Shuning uchun erkinliklarning qadr-qiymati tobora yuksalib bordi. Biroq har qanday cheklovdan qochish ma’nosida mutlaq erkinlik bo‘lmaydi. Shu sababdan erkinliklarni cheklashga to‘g‘ri keldi. Ana shunda erkinliklarni g‘ayriilohiy qonun va qonunchiliklar bilan cheklashga kelishib olishdi. Bu qonunlarni xalq hokimiyat manbai degan e’tiborda insonlardan vakillar tuzishdi. Hukumatlar ayni erkinliklarga daxl qilmasligi uchun kafolat sifatida inson huquqlari, degan narsani o‘ylab topishdi. BMT inson huquqlariga «Shaxslar va jamoalarni shaxsiy erkinliklar va inson qadr-qiymatiga ta’sir qiluvchi hukumatlar harakatlaridan himoya qilishning global huquqiy kafolatlari», deb ta’rif bergan. 1948 yil 15 dekabrda Umumjahon qonun loyihasi sifatida, xalqaro inson huquqlari deklaratsiyasi e’lon qilindi. Keyin erkinlik targ‘ibotchilari G‘arb jamiyatlarida ayol kishining ayanchli vaziyatda yashab, kamsitilayotganiga e’tibor berishdi. Ikkita Jahon urushlarida erkaklar o‘limidan so‘ng ayol kishiga ishchi kuchi sifatida muhtoj bo‘lishdi. Mana shularning barchasi ayol kishini erkak kishi bilan teng huquqli qilishga undadi. Shuning uchun inson huquqlari va ayolning teng huquqligi mafkurasi erkinliklar mafkurasini kafolati bo‘lib qoldi. Xususan, hukmdor ularning nazdida xalq oldida ish haqi oluvchi hisoblanadi. Shu sababdan o‘zlari iddao qilgan erkinliklar qisqa bo‘lib qolmasligi uchun ijara shartnomasiga etarli kafolatlarni qo‘yish kerak bo‘ldi.

G‘arbda qonunchilik dinni hayotdan ajratishga asoslangan. Ushbu asos-poydevorni, ya’ni, konstitutsiyani bino bilan, ya’ni qonunlar bilan tartibga solishdagi o‘lchov, erkinliklar mafkurasidir. Hamda inson huquqlari va ayol kishini erkak kishi bilan teng huquqligi mafkurasidir.

Biz Sudanda hukm yuritgan konstitutsiyalarning hammasiga nazar soladigan bo‘lsak, ular asosan dinni hayotdan ajratishga asoslanganini guvohi bo‘lamiz. Shuning uchun konstitutsiya ko‘pchilik ovozi bilan ishlab chiqiladi. Bu yo referendum orqali xalqning ko‘pchilik ovozi bilan yoki «xalq vakillari» bo‘lgan deputatlarning ko‘pchilik ovozi bilan amalga oshadi. Konstitutsiyaning manbai mutlaqo vahi bo‘lmagan. Balki ularning hammasi, ayniqsa, 2005 yilgi konstitutsiya hamda 2019 yilgi konstitutsion hujjat umumiy erkinliklar, inson huquqlari va ayolni erkak bilan teng huquqliligini o‘z ichiga olgan. Bu shuni anglatadiki, g‘ayriislomiy asosga qurilgan hayot osiylikka asoslangan bo‘lib, na shar’iy ahkomlarni va na halol-haromni e’tiborga oladi.

Kofir G‘arb hazoratidagi qonunchilik asosi mana shu. Erkinliklar, inson huquqlari va ayol kishining erkak kishi bilan teng huquqligi… Shuning uchun ularning mana shu fikrlari mudom musulmon yurtlaridagi konstitutsiyada, ya’ni, asosiy qonunda mavjud ekan, har qanday shar’iy hukmning biror qonun qismida mavjud bo‘lishini oldini olishyapti va buni qonunlar buzilishi, deb hisoblashyapti. Misol uchun bu qonunlarda zino qilish shaxsiy erkinlik, murtadlik e’tiqod erkinligi hisoblanadi, pokiza mo‘minalarni badnom qilish, ilohiy zotni so‘kish va Nabiy ﷺni tahqirlash… bularning barchasi fikr erkinligi sanaladi. Mast qiluvchi ichimliklarni ichish va gomoseksualizm shaxs erkinligi hisoblansa, bitta o‘g‘ilga ikki qizning ulushi tegishi, ko‘pxotinlik, oilada erning rahbar bo‘lishi, bularning barchasi ayolning erkak bilan teng huquqligiga zid baholanadi.

Inqoz hukumati kuni kecha Islom shiorlarini ko‘tarib chiqish va jazo choralari bo‘yicha ba’zi ikkilamchi ahkomlarni tatbiq qilish bilan musulmonlarga munofiqlik qilgan bo‘lsa, bugun G‘arb 1998 va 2005 yillardagi konstitutsiya matniga inson huquqlari, ayolning erkak bilan teng huquqliligi kabi fikrlarni joylash bilan ikkiyuzlamachilik qilmoqda. Kechagi va bugungi ushbu voqelik juda yomon ziddiyatni keltirib chiqardi, ya’ni, Islom ahkomlari yaroqsiz qilib ko‘rsatildi.

Islom faqatgina jazo qonunlariga ega tuzum emas. Ya’ni, bugun kofir G‘arbning chirik-buzuq hazorati odamlar ustidan tatbiq qilinyapti-da, so‘ng odamlardan kimda-kim G‘arbning bu kufr tuzumiga qarshi chiqsa, uni jazolashda foydalaniladigan tuzum emas. Yo‘q, Islom hayot tuzumi sifatida to‘la tatbiq etilmog‘i lozim va kimda-kim Islom qonunlariga qarshi chiqsa, Islom ahkomlari bilan jazolanadi. Mana shunday voqelik, yaqinda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida albatta tatbiq etiladi. Yolg‘iz ushbu davlatgina kofir G‘arbning tuzumi, qonun va hazorati bilan to‘qnashib, ularni er bilan yakson etib, supurib tashlaydi. Musulmon yurtlariga farovon islomiy hayot olib kelib, ushbu ezgulikni butun olamga ko‘tarib chiqadi.

Roya gazetasining 2020 yil 29 iyul chorshanba kungi 297-sonidan

Izohlar yo'q