O‘shda koronavirusdan davolanayotgan ayol o‘z joniga qasd qildi

386
0

O‘shda koronavirusdan davolanayotgan ayol o‘z joniga qasd qildi

O‘sh shahar kasalxonasida koronavirusdan davolanayotgan 34 yoshli ayol 1 iyulь kuni o‘zini kasalxonaning uchinchi qavatidan erga tashlab, halok bo‘ldi.

O‘sh shahar militsiyasining bildirishicha, ayol 29 iyundan beri koronavirusdan davolanayotgan edi. Hozircha uni o‘z joniga qasd qilishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. Bu borada tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xabarda aytilishicha, ayolning 25 iyunda ko‘zi yorgan. O‘zi kasalxonada bo‘lgani sababli, chaqaloq onasining qaramog‘ida bo‘lgan.

Ayni paytda Qirg‘izistonda koronavirus avjiga chiqmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishicha, so‘nggi bir sutkada 526 kishida koronavirus aniqlandi. Bu bilan bemorlar umumiy soni 6261 kishiga etdi. Ulardan 2530 nafari sog‘aydi.

2 iyulda xabar qilinishicha, bir sutkada koronavirusdan Qirg‘izistonda 4 odam o‘ldi. Bu bilan koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 66 kishiga etdi.

Izoh:  Qirg‘iziston koronavirus bilan kurash usulini noto‘g‘ri belgilab oldi. Natijada, odamlar ruhiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolarga kirib chorasiz ahvollarga giriftor bo‘lib borishyapti.

Koronavirus keng tarqay boshladi. Lekin chora tadbir, muolajalar noto‘g‘ri olib borilayotgani sababli, hukumatning o‘zi ham esankiray boshladi. Mamlakatdagi imkoniyatlar ham, o‘z oldiga qo‘ygan kurash uslubi shartlarini davomiy olib borishga javob bermaydi. Tashqi qarzlarga ishonib belgilab olingan karantin joriy qilish va kasallarni majburiy abservatsiyaga olish uslubi, mamlakatdagi mavjud imkoniyatlarni hisobga olmagan. Chunki olinayotgan tashqi moliyaviy qarzlar mamlakat infrastrukturasini rivojlantirishga ishlatilgan emas. Bundan tashqari karantin usuli “inson salomatligini himoya qilish” asosida olib borilayotganini da’vo qilgani bilan, odamlarni boshqa insoniy ehtiyojlarini umuman hisobga olgan emas. Minglagan odam qashshoqlik holatida, yana minglagani ishsizlik va yana boshqa qiyinchiliklarga giriftor bo‘lib borishyapti.

Bosh vazir Boronov partiyalarga “saylov oldidan ishlatiladigan pullarni koronavirusga qarshi sarflanglar” dedi. Demak Qirg‘iziston hukumati tashqi qarzlar bilan vaziyatni to‘g‘rilay olmayotganini tan olib, imkoniyati borlardan ichki qarz olish haqida bosh qotira boshladi. Hukumatning bu harakatlari yuqoridagi uslubni noto‘g‘ri belgilab oldi degan gapimizni tasdiqlaydi.

Hozirda hukumat “agar biz karantin qilmaganimizda bundan battar bo‘lar edi” degan fikrni ilgari surishyapti. Aslida bundan battar bo‘lishi mumkin emas edi. Bular vaziyatga faqat virusni bartaraf etish asosidan qarashyapti. “Inson salomatligi avvalgi o‘rinda” degan balandparvoz shiorlar bilan kelishyapti. Yuqoridagi o‘z joniga qasd qilgan ayolga yoki shunga o‘xshagan bechora holda qolib, qiyinchilikdan o‘lgan fuqorolar uchun salomatlikning keragi bormi?! Yo‘q albatta. Demak muammolar inson farovonligi asosiga qurilishi kerak! Undagi bir juziy tarmoq qolganlarini tepalab o‘tib ketishi to‘g‘ri emas.

Masalan insonni o‘z joniga qasd qilishi ruhiy holatini zaifligiga dalolat qiladi. Demak jamiyatda ruhiy manaviyat zaiflashish paydo bo‘lib boryapti. Hukumat esa yana masjidlar va diniy maorif ishlariga to‘sqinlik qilib, davatchi ayollarni qamab borayapti! Bu hukumatning savodsizligi va insonga insoniy muomala tartibini bilmasligidan dalolat qiladi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.