Hukumat odamlar hayotini saqlashni hujjat qilib, karantin vaqtini uzaytirmoqda

0
453

Hukumat odamlar hayotini saqlashni hujjat qilib, karantin vaqtini uzaytirmoqda va ilgari qo‘llashga jur’at qilolmagan choralarni qo‘llamoqda

Koronavirus epidemiyasi milliy mudofaa qonunini joriy qilinishiga sabab emas, balki u karantinga aloqasi bo‘lmagan choralarni qo‘llash uchun hukumat anchadan beri kutayotgan imkoniyatdir. Bu narsa hukumatning tabiiy hayotga sekin asta qaytish uchun vaqti-vaqti bilan chiqarayotgan mudofaa qonunlari va qarorlaridagi shoshmashosharlik va ziddiyatlardan ko‘rinib turibdi.

Boshida to‘la karantin joriy qilish, odamlarni uylariga qamash hamda hayot va rizq topishni to‘xtatish kabi choralar qo‘llash uchun epidemiyadan qo‘rqitish avj oldi. Vaqti-vaqtida va joyiga qarab ayrim engilliklar ham bo‘ldi. Lekin qattiq ehtiyotkorliksiz muammo echilmasligi haqida tinimsiz eslatib turildi. Mana bir oy ham o‘tdiki, bosh vazir kasallanish holatlari kamayishiga va kasallik ustidan to‘la nazorat o‘rnatilishiga qaramay, krizis hafta va oylarga cho‘zilishi haqida gapirmoqda. Bu esa, Iordaniya rejimi odamlarga qarshi chora qo‘llashdan to‘xtamayotgani hamda buni koronavirusdan oldin amalga oshira olmagan repressiyasini qo‘llash uchun fursat deb bilayotganiga dalildir.

Rosululloh ﷺ aytadilar:

«اللَّهُمَّ مَنْ وَلِيَ مِنْ أَمْرِ أُمَّتِي شَيْئًا فَشَقَّ عَلَيْهِمْ فَاشْقُقْ عَلَيْهِ وَمَنْ وَلِيَ مِنْ أَمْرِ أُمَّتِي شَيْئًا فَرَفَقَ بِهِمْ فَارْفُقْ بِهِ»

«Allohim, kim Ummatim ishidan biror narsani boshqarib, ularga mashaqqat tug‘dirsa, Sen ham unga mashaqqat qil. Kimki Ummatim ishidan bir narsani boshqarib, ularga shafqatli bo‘lsa, Sen ham unga rahm ayla». Ammo rejim va uning hukumati odamlarni rizq topish, mahallalarini ochish va savdo-sotiq qilishdan to‘syapti, karantin muddatini uzaytiryapti. Bu holat hukumat rasmiy notig‘i tinmay takrorlayotgan birdamlik va g‘amxo‘rlikdan yiroqdir. Bundan tashqari, hukumat juda xunuk suratda shantaj qilmoqda. Masalan, kimda kim badanga yuq bo‘lmaydigan va ochlikdan xalos qilmaydigan davlat yordamini olishni hamda do‘konini ochib, o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lishni istasa, ijtimoiy ta’minot bo‘limida ro‘yxatdan o‘tishi shart qilinmoqda. Holbuki, ro‘yxatdan o‘tish ixtiyoriy bo‘lib, yuz minglagan muassasalar ro‘yxatdan o‘tgan emas.

Keyin, hukumat ishchilar maoshini to‘lamayapti… To‘lagan taqdirda ham faqat ishchilarning mobil telefonidagi elektron to‘lov hisoblariga «o‘tkazish» orqali amalga oshiradi. Buni bankda hisob ochmagan ishchilarga naqd pul bermaslik bahonasida qilyapti. Buning uchun, albatta, onlayn ravishda abonent to‘lovini to‘lash shart bo‘ladi. Ushbu shartlarni bajarmagan kishilarga esa, ishlashga ruxsat berilmaydi. Bundan ham yomonroq ekspluatatsiya bormi? Rejim bu shartlar va choralar ortidan shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, ro‘yxat tuzish, fuqarolarni cheklash, ularning moliyaviy faoliyatlarini tekshirish, hamyonlarini bo‘shatish, adolatsiz to‘lov va soliqlar tizimini faollashtirishni ko‘zlamoqda. Bundan tashqari, hukumat joriy yilda oddiy fuqarolar, harbiylar va o‘qituvchilarning qo‘shimcha haqlarini bekor qilish orqali ishchilarning arzimas maoshlari borasida zulm o‘tkazmoqda. Holbuki, hukumat yangi o‘quv yili boshida har qanday shart va choralardan qat’iy nazar, bizning g‘oyamiz o‘qituvchilarning qo‘shimcha haqlarini oshirishdir, deya xabar tarqatgan edi.

Iordaniyaning alohida ajratib qo‘yilgan kasallik o‘chog‘idan tashqari aksariyat mintaqalarida virus ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida ishonchli xabarlar bo‘lishiga qaramay, hukumat odamlar bilan bo‘lgan muomalasida zolim tog‘utlarcha fikr yuritmoqda. Chunki odamlarni jamoat va juma namozlarini o‘qishga hamda imkoniyat bermayapti. Shuningdek, masjidlarni ochmasdan u erlarda ro‘za tutish, qiyomda turish va Allohga iltijo qilish kabi ibodatlarni chiroyli suratda amalga oshirishlariga yo‘l qo‘ymayapti. Hukumat sodir etayotgan jinoyat barchaga ayon bo‘lib, keltirayotgan bahonalari o‘rgimchak uyidan ham zaifligi ko‘rinib qoldi. Rosululloh ﷺ bu haqda bunday deydilar:

«مَا مِنْ عَبْدٍ يَسْتَرْعِيهِ اللَّهُ رَعِيَّةً، يَمُوتُ يَوْمَ يَمُوتُ وَهُوَ غَاشٌّ لِرَعِيَّتِهِ، إِلَّا حَرَّمَ اللَّهُ عَلَيْهِ الْجَنَّةَ»

«Alloh bir kishini odamlar ustidan etakchi qilib qo‘ysa-yu, u qo‘l ostidagilarni aldagan holda vafot etsa, Alloh unga jannatni harom qiladi».

Rejim va hukumat bugun iqtisodiy va soliqqa oid ishlarni hamda shantaj ishlarini qilar ekan, shartlarga ko‘ngan kishilargagina virus krizisidan chiqishga ruxsat bermoqda. Shuningdek, odamlarning huquqlarini poymol qiladigan, riboga asoslangan kapitalistik nizom bilan yashashga majburlaydigan va elektron to‘lovga o‘rgatadigan mudofaa qonunlarini joriy qilmoqda. Bundan tashqari masjidlarni ochish uchun lozim bo‘lgan choralar qo‘llash imkoniyati bo‘la turib, ularni yopiq holatda qoldirmoqda va iftordan oldin komendantlik soatini joriy qilish orqali ro‘zadorlarga bosim o‘tkazmoqda. Hukumat koronavirus vabosidan oldin bu kabi ishlarga jur’at qila olmas edi. U bugun bu ishlarni zo‘ravonlik va repressiya orqali amalga oshirmoqda. Bu choralar odamlar sog‘lig‘ini saqlash uchun ko‘riladigan choralardan yiroqdir. Holbuki, hukumat va uning vazirlari har qanday yangi chorani qo‘llash oldidan odamlar sog‘lig‘ini saqlashni da’vo qilishmoqda.

Darhaqiqat, Ummat rejimning o‘yinlari, yolg‘onlari va faqat o‘zini o‘ylashini yaxshi biladi. Shuning uchun bu «g‘amxo‘rlik»larning barchasi Xalqaro Valyuta Fondi programmalarini ijro qilish va Tramp kelishuvi bandlarini bajarishdan boshqa narsa emas. Hukumat bu ishlarni odamlarning hayoti va sog‘ligiga qayg‘urganidan emas, balki ularni shantaj qilish va o‘ziga itoat qildirish uchun amalga oshirmoqda. Mana masalan rejim bosqinchi yahudiy vujudi bilan gaz borasida yashirincha shartnoma boshlaganiga bir necha oylar bo‘ldi. Holbuki, odamlarning barchasi uni inkor qilishgan edi.

Ushbu rejimlarning mustamlakachi kofir G‘arbga xizmat qilish va Ummatning islomiy hazorat siymosini yanchish uchun paydo bo‘lgani haqida musulmonlar ongi qanchalik yuksalsa, roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun faoliyat qilayotganlar bilan ishlashga bo‘lgan g‘ayratlari ham shunchalik yuksaladi. Bu davlat Allohning namoz, zakot va ro‘za kabi shiorlarini tiklash orqali Ummatga imkoniyat yaratadi, uning qadriyatlari va boyliklarini himoya qiladi hamda ularni mustamlakachi kofirlar va ularning malaylaridan qaytarib oladi.

الَّذِينَ يَسْتَحِبُّونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا عَلَى الْآخِرَةِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجاً ۚ أُولَٰئِكَ فِي ضَلَالٍ بَعِيدٍ

«Ular hayoti dunyoni oxiratdan afzal biladigan, (odamlarni) Allohning yo‘lidan to‘sadigan va uni (egishni-buzishni istaydigan) kimsalardir. Ular (haq yo‘ldan) yiroq bo‘lgan gumrohlikdadirlar» [Ibrohim 3]

Izohlar yo'q