Qozog‘istonda koronavirus yuqqanlar 4 mingga yaqinlashdi, Qirg‘izistonda koronavirusdan shifokor vafot etdi

0
408

Qozog‘istonda koronavirus yuqqanlar 4 mingga yaqinlashdi, Qirg‘izistonda koronavirusdan shifokor vafot etdi

 Qozog‘istonda so‘nggi bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni yana 44 kishiga ko‘paydi. Bu bilan mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni rasman 3 964 kishini tashkil qildi.

Bemorlarning 1190 nafari tuzaldi, 27 nafari vafot etdi. Rasmiylarning bildirishicha, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlarning 50 foizga yaqini, ya’ni 1989 nafari Olmaotada, 698 nafari poytaxt Nur-Sultonda.

 Qirg‘izistonda esa 4 may holatiga ko‘ra, koronavirus yana 35 kishida aniqlanib, bemorlar soni 830 kishiga etdi.

 Qirg‘izistonda bemorlardan 575 nafari tuzaldi, o‘n nafari vafot etdi. Vafot etganlardan biri Bishkekdagi 3-sonli poliklinika bosh shifokoridir.

Tahlil: Qozog‘iston ham, Qirg‘iziston ham, karantinni imkon qadar uzoq muddatga cho‘zishmoqchi.

Har ikki davlatda ham, o‘ziga xos siyosiy va iqtisodiy muammolar mavjud bo‘lib, hukumatlar muammolarni karanavirus qalbaki pandemiyasi ortidan echib olishmoqchi. Rossiyaning test o‘lchagichlari, bu ishda ularga juda qo‘l keldi. Bu o‘lchagichlar vaziyatga ko‘ra ular xohlagan sanoqda koronaviruslarni aniqlab bera oladi. Kasallik alomatlari ham, badandagi muayyan darajada davomli saqlanib turishi kerak bo‘lgan isitmani ham keragi yo‘q.

 Koronavirus allaqachon olamiy siyosiy muammoga aylanib bo‘ldi. Hukumatlar xalqaro siyosatning qo‘llovi va va’da qilgan moliyaviy ko‘maklari ilinjida o‘z davlatlarining iqtisodiy mexanizmlarini izdan chiqarib borishyapti.

Muammo shundaki, ilgari G‘arb etakchiligi ostidagi olamiy matbuot tizimi bilan SSSRdan qolgan Rossiyaparast matbuot tizimlari bir-birlariga qarshi yo‘naltirilar edi. Pandemiya masalasida har ikki lager manfaati bir-birlariga parallel kelib qolganidan, butun olam bir tomonga harakatlana boshladi. Shu sababdan mayda davlatlar ham, yirik davlatlar ortidan pandemiya masalasida qo‘rqmay, ochiqchasiga yolg‘on ma’lumotlar tarqatib borishyapti.

Abdurazzoq Mo‘’min.       

Izohlar yo'q